Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zamonamizning eng yaxshi penaltichilari reytingi e'lon qilindi (top-10)

Ispaniyalik jurnalistlar zamonaviy futbolda penaltini eng yaxshi bajaradigan o'yinchilar reytingini tuzib chiqishdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniyalik jurnalistlar zamonaviy futbolda penaltini eng yaxshi bajaradigan o'yinchilar reytingini tuzib chiqishdi.

Bunda futbolchilarning o'zlari tepgan penaltidan necha foizini golga aylantirgani inobatga olingan. Bu ko'rsatkich bo'yicha «Real» yarim himoyachisi Eden Azar yaxshi natijani qayd etgan. Belgiyalik futbolchi faoliyati davomida 56 marta penalti tepib, 49tasini golga aylantirgan — 88%.

Ikkinchi pog'onani esa "Qirollik klubi"ning yana bir a'zosi Karim Benzema zabt etdi: 17ta urinishdan 15ta gol — 88%.

11 metrli jarima zarbalari ustasi — «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu esa uchinchi o'rinni band etdi. U naq 143 marta zarba yo'llab, 121 marta gol urgan — 85%.

Xarri Keyn («Tottenxem») va Luis Suares («Barselona») kuchli beshlikka kirishdi.

«Barselona» sardori Lionel Messi esa bor-yo'g'i 9-o'rinda. U 115ta penaltining 89tasini golga aylantirgan — 77%.

Zamonamizning eng yaxshi penaltichilari reytingi:

1. Eden Azar («Real») — 56 zarba / 49 gol, 88% samaradorlik
2. Karim Benzema («Real») — 17 / 15, 88%.
3. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 143 / 121, 85%.
4. Xarri Keyn («Tottenxem») — 44 / 37, 84%.
5. Luis Suares («Barselona») — 49 / 40, 82%.
6. Muhammad Saloh («Liverpul») — 16 / 13, 81%.
7. Neymar («PSJ») — 64 / 51, 80%.
8. Serxio Aguero («Manchester Siti») — 59 / 46, 78%.
9. Lionel Messi («Barselona») — 115 / 89, 77%.
10. Antuan Grizmann («Barselona») — 25 / 17, 68%.

BestMaster
1 May 2020, 10:30
zamonamizning, yaxshi, penaltichilari, reytingi, elon, qilindi, top-10,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Зур
2 May 2020, 14:24
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads