Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Galaktikos"ning qaytishi. "Real" yangi super tarkib to'plamoqchi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres hukmronligining 20 yilligini yangi super tarkib yaratish bilan "yuvish" niyatida.

.
- Yuklab olish

Tarixdagi uchinchi "galaktikos" hujum chizig'ida Xoland va Mbappesi bo'lib, 2022 yil ushbu tarkib to'liq jamlanishi kerak. Peresning orzulari bu safar ham amalga osharmikin?

Buyuk rejalar

Erling Xoland — "Real"ning bugungi kundagi asosiy transfer maqsadi. Peresning rejalariga binoan, klub norvegiyalikni shu yilning o'zida qo'lga kiritishi kerak. Forvardning "Borussiya" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan, lekin germaniyalik klub xaridor kimligiga qarab, hujumchini 75 million evro tovon puliga ham sotib yuborishga rozi bo'lishi mumkin. O'sha tanlanganlar qatoriga "Real" ham kiradi. "Madrid" hozirgi holatda ham bunday transferga qodir, ammo Dortmund moliyaviy qiyinchiliklar davrida bu summadan voz kechishi oson bo'lmaydi.

Ammo ushbu transferga 19 yoshli hujumchining agenti to'siq sifatida gavdalanishi mumkin. Mino Rayola avval boshidan norvegiyalik Dortmundda kamida yana bir yil qolishini malum qilgandi. Yaqinda esa ispan OAV xabarlariga ko'ra, "Real"ni ochiqchasiga Xoland transferi amalga oshirilsa, o'zi uchun to'lanishi kerak bo'lgan tovon pullari bilan qo'rqitdi, Rayolaning ishtahasi bir marta Xolandni "Manchester Yunayted"ga o'tishini cheklab qo'ygandi, endi "Real Madrid"ga transferni kechikishiga sabab bo'lishi mumkin.

Mbappening xaridini esa "Real" 2021 yilga mo'ljallagan, lekin klubga bu transferni amalga oshirish undanda qiyin bo'ladi. PSJ o'z hujumchisini raqobatchilarga sotish niyatida emas, kamida shartnoma muddati yakuni 2022 yilga qadar. Parij klubi Kilianni sotgandan tekinga qo'yvorishni maqul ko'rmoqda. Ular uchun pul muhim emas. SHunday bo'lsa ham, klubdagilar nima qilib bo'lsa-da, yangi shartnoma imzolash niyatida. Buni klubning egasi istamoqda va kerak bo'lsa, 21 yoshli futbolchining maoshini sezilarli ravishda oshirishga ham tayyor.

Amirning istagi — Mbappe transferi uchun oxirgi to'siq ham emas. PSJ uni sotishga rozi bo'lishini juda qiyinlashtiruvchi yana bir omil bu boshqa bir etakchi Neymar klubni tark etishi bo'lishi mumkin. Braziliyalik shu ketishda ertami-kechmi Parijni tark etadi. Agar ketidan Mbappe ham klubdan ketsa (u yoqda Kavani ham ketmoqchi) francuzlar hujumidan hech nima qolmaydi. Masalaning yana bir tomoni "Real" qolgan transferlardan tashqari, Mbappe uchun 170-200 mln evro berishga tayyor, ekspertlar esa ushbu transferni 300 mlnga baholashmoqda.

Yoshlarga qaratilgan etibor

Yangi "galaktikos"ning yana bir azosi boshqa bir norvegiyalik — Martin Edegor bo'lishi kerak. Futbolchi "Real"ga tegishli, lekin ijarada "Sosedad"da o'ynamoqda. "Madrid" futbolchini 2015 yil 16 yoshligida xarid qilgan va ko'plab tanqidlarga sabab bo'lgandi. "Sosedad" tarkibida Edegor bilan oxirgi o'n yillikdagi eng yaxshi natijalaridan birini qayd etmoqda: tanaffusdan avval jamoa 4-o'rinda borayotgandi va CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun "Sevilya" va "Atletiko" bilan rostmana talashayotgandi. 21 yoshli yarim himoyachi jamoasining etakchisiga aylana oldi hamda mavsum davomida reyting ballari bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich qayd etdi.

"Real"ning yana bir umidi — yosh braziliyalik Vinisius. Futbolchi bundan ikki yil oldin Madridga ko'chib o'tgandi. 19 yoshli futbolchi asosiy jamoa tarkibida 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda, ammo hali o'z ustida ko'p va xo'p ishlashi kerak. 

La Ligada ikki mavsum davomida braziliyalik 4 a gol urdi va 1 golli uzatma berdi — tabiiyki asosiy tarkibdan hali muqim joy egallay bilmadi. Ammo Zidan ham, klub rahbariyati ham futbolchi salohiyatiga ishonishadi.

Birinchi urinish o'xshamagandek...

"Real"ning hujum chizig'idagi oxirgi yirik transferi Luka Yovich bo'ldi va ushbu transferni hozircha omadli deb bo'lmaydi. 22 yoshli serbni o'tgan yozda "Ayntraxt"dan 60 mln evro evaziga sotib olindi. O'tgan vaqt davomida u jamoada o'z o'rnini topib keta olmagandek. CHempionatda o'zini ko'rsatish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'ldi, lekin o'yinchi ulardan foydalana olmadi: 15 o'yinda serbiyalik bor yo'g'i 2ta gol urdi — markaziy hujumchi uchun maqtanarli natija emas. Qirol Kubogi va CHempionlar Ligasida Yovich ko'rsatkichlari undanda dahshat — 0 gol, 0 golli uzatma!

"Real"ni Rodrigo borasidagi rejalari ham hozircha o'zini oqlagani yo'q. 2019 yil futbolchi "Real Madrid"ga Braziliyadan xuddi Vinisius kabi 45 mln evro evaziga ko'chib o'tdi va u ham hozircha tajribaliroq akalari soyasidan chiqa olganicha yo'q. Bu mavsum 19 yoshli futbolchi asosiy tarkibda Yovichdan ko'ra ikki barobar ko'proq maydonga tushdi, lekin ikki borgina o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Ammo CHempionlar Ligasi Rodrigo skautlar xato qilmaganini isbotlab qo'ydi: "Galatasaray"ga qarshi o'yinda yosh futbolchi xet-trik qayd etdi. Evrokubokning 4 o'yinida 4ta gol urdi va 2 golli uzatma etkazib berdi.

Avlodlar almashinuvi

Hujum chizig'idagi yangilash ishlarini "Real" bir necha yillardan buyon davom ettirmoqda. Rahbariyat hamon Ronalduga o'rinbosar topish ilinjida. 2022 yilga kelib Benzema–Ronaldu–Beyl triosi butunlay tarixda qolishi mumkin: francuz 35 yoshga to'ladi, uelslik to'liqligicha golfga o'tib ketadi yoki klubdan ketadi. Oxirgi ikki yilda "Madrid" ayniqsa to'purar markaziy hujumchiga muhtoj. SHu sababli ham "Qirollik klubi" uchun asosiy maqsad Xoland. U Bundesligada 14 uchrashuvda 16ta gol urdi. SHu kabi gapni Mbappe haqida ham aytish mumkin. Liga 1  eng yaxshi to'purari: 20 o'yinda 18ta gol urdi.

Yarim himoyada ham o'zgarishlar vaqti keldi. 34 yoshli Luka Modrich asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib bormoqda. 2022 yilga kelib u ham butsasini "mixga ilishi" mumkin. 30 yoshli Toni Kroos ham vaqt o'tishi bilan yosharayotgani yo'q. Ushbu mavsum bor yo'g'i 7 o'yinda maydonga tushgan Xames Rodriges Zidanga kerak emasligini "Real"ga muxlis bo'lmagan ishqibozlar ham tushunib bo'ldi. Yozda u ham o'ziga boshqa jamoa topsa ajab emas. Yarim himoyachi xizmatlariga "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "Everton" qiziqish bildirmoqda. Qishda "Real" kelajak uchun yana bir xaridni amalga oshirdi — 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi Reynier "qaymoqranglilar" safiga kelib qo'shildi. Lekin bu transferga baho berishga hali erta, sababi futbolchi o'zini ko'rsatishga ulgurmadi.

Uchinchi "chaqiruv"

Yangi super tarkib ishini Peres avvalroq Eden Azarning xaridi bilan boshladi. Belgiyalik yaqin vaqtlar ichida jamoa etakchisiga aylanishi kerak. Ushbu transfer ispaniyaliklarga 100 mln evroga tushdi. Umumiy hisobda "Madrid" o'tgan yoz transferlarga 300 mln sarfladi — bu "Real" uchun ham rekord summa. Klub prezidenti bu bilan to'xtab qolish niyatida emas, ammo bu kabi strategiya muvaffaqiyat keltirarmikan?

"Galaktikos" birinchi chaqiruvi futbol tomondan olsak, u qadar omadli bo'lmagandi. "Real" asrimizning dastlabki yillarining yorqin yulduzlari — Bekxem, Ronaldo, Figu va Zidan — xarid qiladi. Lekin bu to'rtlik bor yo'g'i ikki mavsum birgalikda harakat qildi (2003/04 va 2004/05). Bu vaqt ichida "Real" bor yo'g'i bitta sovrin — Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi! SHu bilan birga, Figu kelishidan to Bekxem ketguniga qadar (2000–2007) "Real" faqat bir marta CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi.

"Ikkinchi" "galaktikos" deb boshqa bir to'rtlik davri yodga olinadi. Ularni Peres ikkinchi bor "Real" prezidenti etib saylanganida olib keldi. 2009 yil yozida "Real" Ronaldu, Benzema, Alonso va Kakani olib keldi. Faqatgina braziliyalikning xaridini o'ta omadli deb bo'lmaydi. Afsonaviy braziliyalik jamoada o'rnini topa olmadi. Qolgan uch futbolchi esa klub tarixidagi yangi davrni boshlab berdi. Yulduzli kvartet birgalikda 4 mavsum o'tkazishdi, "Real" bu orada bir martadan Qirol Kubogi, Ispaniya Superkubogi va Ispaniya chempionatida hamda yana uch bor CHempionlar Ligasi yarim finaliga qadar etib borishni uddaladi.

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
30 Aprel 2020, 22:00
galaktikosning, qaytishi, real, yangi, super, tarkib, toplamoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads