Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Tuyog'ingni shiqillat»

.
- Yuklab olish

Stadion.uz avvalroq “Manchester Yunayted”ni tark etishi kerak bo'lgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishtirib o'tgan edi. Endi navbat Italiyaning so'nggi yillardagi eng kuchli klubi “Yuventus”ga!

Ayni damda, Turin superklubi musobaqalarda ishtirok etish uchu 23 futbolchini aniqlab olgandek tuyulgan edi. Shunga qaramay, ayni damda klubda ijrochilar soni keragidan ortib ketgani rost. Bejizga jamoa qishda Emre Janni “Borussiya Dortmund”ga qo'yib yubormadi. Qaysidir ma'noda jamoani tushunsa bo'ladi. Gap shundaki, mavsum so'nggida klub ijaraga bergan futbolchilari ortga qaytariladi. Bundan tashqari Kulushevski, Luka Pellegrini va Kristian Romero singari kelajagi porloq futbolchilar uchun ham o'yin amaliyotini taqdim etish juda muhim. Boz ustiga, klub yozda yangi ijrochilarni (Sarrining talabiga binoan) xarid qilishni reja qilgan. Shunday ekan, klub bir nechta futbolchini sotishga majbur. Xo'sh,ular kimlar? Kim Turinni tark etish uchun birinchi raqamli nomzod bo'lib turibdi? Bugun shu savollarga qisqacha javob berib o'tamiz.

Mattia Perin

Mattia Buffonning o'rnini egallashi mumkin edi. Hatto klub unga etarlicha o'yin amaliyotini ham taqdim etdi. Afsuski, undagi surunkali jarohat barchasini barbod etdi. Bechora darvozabon ketma-ket 4 ta operatsiyani boshidan o'tkazgach, futbol bilan xayrlashmoqchi ham bo'ldi, biroq millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish kuchlilik qildi. Ayni damda, uni klub o'zining jonajon “Jenoa” klubiga ijaraga berib yubordi.

Qahramonimiz qishda borib qo'shilgan jamoasida o'zini chakki namoyish etmadi. Ajoyib seyvlar va quruq o'yinlardan so'ng, unda o'z kuchiga bo'lgan ishonch qaytgan ko'rinadi. Shunday ekan, “Yuve” o'z futbolchisini sotib yuborishi mumkin. Boz ustiga, tez orada Buffonningo'rnini egallashga qodir darvozabon sotib olish kerak. Shunday ekan, Perinni jamoada olib qolishdan hech qanday naf yo'q.

Daniel Rugani

Birinchilardan bo'lib koronavirusga chalingan himoyachi uzoq yillardan beri “zebra”lar sharafini himoya qilganiga qaramay, hech qachon asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Bonuchchi, Kellini, De Ligt, Demirel singari ijrochilar bilan raqobatda engilgan himoyachini chempion klub olib qolishi mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

Allaqachon 25 yoshni qarshilgan qahramonimiz bu mavsumda A Seriyaning atigi 3 ta o'yinida maydonda ko'rinish berdi xolos. U “Yuventus”ning beshinchi raqamli himoyachisiga aylanib bo'lganini shundan ham anglash mumkin. Bundan tashqari, Ruganiga bo'lgan talab boshqa klublarda mavjud. Misol uchun “Zenit” uni o'z tarkibida ko'rish uchun kichik bo'lmagan summani to'lashga rasman tayyor ekanligini e'lon qildi. Eng muhimi,yozda “Jenoa”da ijara asosida to'p surayotgan Romero ortga qaytadi. Klub yosh iqtidorga imkon berishi uchun ham Ruganini transferga qo'yishi shart.

Mattia De Shilo

Abadiy kelajagi porloq futbolchilar qatorida qayd etiluvchi qanot himoyachisi allaqachon 27 yoshga chiqib bo'ldi. Uning futbolchi sifatida o'sishiga ishonish juda mushkul. To'g'ri, Mattia o'zi ishtirok etgan uchrashuvlarda qo'pol xatolarga yo'l qo'ymaydi, biroq maydonda yarq etib ko'zga tashlanib ham turmaydi. Soddaroq qilib aytganda, o'rtacha klassdagi futbolchi.

Agar, mavsum so'ngida ijaradagi Pellegrini ortga qaytmaganida, De Shiloga boshqa jamoaga o'tishni maslahat bermagan bo'lar edik. Agar Turin klubi tarkibni yoshartirishni, jismonan baquvvat tajavuzkor futbolchini qo'lga kiritishni istasa Pellegriniga imkon berishi kerak. Buning uchun esa o'z fulbeklaridan bo'lmish De Shiloni transferga qo'yish talab etiladi. Qahramonimiz o'zining eng gullagan davrlarida ham almashtirib bo'lmas futbolchi statusida bo'lmaganini inobatga olsak, undan kelajakda mo''jiza kutishning hojati yo'q.

Miralem Pyanich

“Yuventus”da maydon markazidagi futbolchilar tanlovi borasida imkoniyat juda katta. Hatto Emre Janning “Dortmund”ga o'tib ketishi ham variantlar soniga salbiy ta'sir o'tkaza olmadi. Remzi, Bentankur, Matyudi, Xedira va Rabioklubda o'z o'yin paytini kutmoqda. Boz ustiga, “zebralar” yozda “Barselona”dan Arturni, “Latsio”dan Sergey Milenkovich-Savichni jamoaga jalb etishni reja qilishgan. Bundan tashqari, Kante, PolPogba, va hatto Veratti borasida ham mish-mishlar urchib bormoqda.

Nima uchun effekt berayotganyarim himoyachi? O'rinli savol. Gap shundaki, Miralem 30 yoshdan o'tib ketdi. Endilikda uning o'yinida ham transfer qiymatida ham faqat va faqat pasayish kuzatiladi. U “Yuventus” uchun o'zining eng yaxshi yillarini berib bo'ldi. Boshqacharoq qilb aytganda,u qayta ishlab chiqarishning iloji yo'q mahsulotga o'xshab qoldi. Uning shartnomasi 2023-yilda qadar mo'ljallanganini inobatga olsak, nafi kamroq tegishini bilib turib katta maosh oluvchi futbolchini transferga qo'ymaslikning iloji yo'q. Pyanich, uzog'i bilan yana bir mavsumgina o'rtacha mavsum o'tkazishi mumkin. Keyin uni 50 million uyoqda tursin, hatto 20 millionga ham pullashning iloji bo'lmay qoladi. Bugun unga futbol bozorida ehtiyoj bor. Demak,transferdan yaxshigina pul ishlab olish orqali jamoaga yangi “qon quyish” kerak.

Duglas Kosta

“Yuventus” safidagi billur futbolchi. Oxiriga etmay qolgan mavsumning o'zida naqd 3 bor jarohat olib safdan uzoq muddatga tushib qolgan braziliyalik futbolchi koronavirusdan so'ng yaqinlashib kelishi kutilayotgan krizis chog'ida jamoaga ortiqcha yukka aylanishi turgan gap.

Uning jamoaga keltirayotgan nafi juda kam. Maoshi esa juda baland. Braziliyalik kreativ yarim himoyachini hozir ham grand jamoalar o'z safida ko'rish uchun yaxshigina summa to'lashga tayyor. Xo'sh,nima uchun Kostani Turinda olib qolish kerak? Albatta, sotuvga qo'yish orqali yozda kattaroq transferlar uchunpul yig'ish o'rinli qaror bo'ladi. Qo'shimchasiga, “Parma”da juda ishonchli mavsum o'tkazayotgan yosh, kuchga to'la va g'alabalarga o'ch Deyan Kuleshevskiy katta ishtiyoq bilan Turinga etib keladi. Bundan ko'rinib turibdiki, mavsumning yarmini jarohatlar bilan o'tkazadigan futbolchini sotib yuborishning ayti payti.

Gonsalo Iguain

Bonuslarsiz ham yiliga 7,5 million evro maosh olayotgan zamonaviy futboldagi eng omadsiz futbolchiga Turin klubi chidab kelishda davom etmoqda. Argentinalik hujumchi allaqachon ortiqcha vazn bilan muammolarga o'ralashib qolgan. Boz ustiga, 32dan oshib ketgan hujumchidan endi tezkorlik yoki chaqqonlikni kutishdan hech qanday naf yo'q. O'tgan mavsum boshida klub uni sotib yuborishni istasa ham ketmagan hujumchi yozda yana yangi “hunar” ko'rsatishga tayyorlanmoqda.

Uning otasi va agenti bergan xabarlarga qaraganda, Gansalo shartnomasining yakuniga qadar jamoada qolmoqchi ekan. Turin klubi nima qilib bo'lsada bunga yo'l qoldirishi kerak emas. Agar Chempionlar ligasida zafar quchishni va sifatli hujumchiga ega bo'lishni istasa, Iguainni sotib yuborish shart! U bugungi ro'yxatimizdagilar ichida klubdan ketishi kerak bo'lgan birinchi raqamli nomzod!

Kishtianu Ronaldu

Bu mavzuda ancha oldin suhbatlashgan edik( Ronaldu qolishi kerekmi? Yoki Ketishi?.) O'ylashimizcha “Yuventus”ning Ronalduni olib qolishi uchun ham, ketkazib yuborishi uchun ham etarlicha sabablari mavjud. Besh bor “Oltin to'p”ga ega chiqqan portugaliyalik futbolchining Turinda qolishi yoki qolmasligi borasida fikr almashganimiz bois, alohida to'xtalib o'tishga hojat yo'q.

 

BestMaster
30 Aprel 2020, 19:00
«tuyogingni, shiqillat»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads