Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov: "Katta o'yin"

29 aprel jahon futbolida katta kun hisoblanadi. 1933 yili Angliya kubogi finalida "Everton" "ManSiti" bilan o'ynagan va 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

.
- Yuklab olish

29 aprel jahon futbolida katta kun hisoblanadi. 1933 yili Angliya kubogi finalida "Everton" "ManSiti" bilan o'ynagan va 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Yo'q, yo'q, bu natija bilan qolmagan tarixda. Balki ikki jamoa vakillari ilk bora maydonga liboslariga raqam yozib tushishgani bilan. "Everton" 1dan 11 gacha tartib bilan yozdirgan bo'lsa, manchesterliklar darvozaboni 22-raqamda va pastga qarab, 12-raqamgacha ketgan.

Shuningdek, 2014 yili EChL doirasida o'nyillikning eng zo'r o'yinlaridan biri bo'lib o'tgan. Birinchi uchrashuvda Santyagoda 1:0 hisobida enggan “Real” “Bavariya” uyiga qo'rquv bilan borgandi. Biroq, uchrashuvning avvalida Serxio Ramosning bir xil uslubda Noyer darvozasini ishg'ol etishi final masalasini boshidanoq hal qilib qo'ygan. Oxirida tabloda 0:4 hisobi porlab turardi. Bir yil oldingi furor ko'targan "Bavariya"ning o'zi ham ispanlarga shu hisobda engilmoqda. "Barsa" alamini Madrid olib bermoqda va o'n ikki yillik tanaffusdan so'ng finalga yo'l olmoqda. "Real" finalga chiqdi, degani, kubokni boshi uzra ko'tardi, degani. Shundan so'ng katta tarix yozilishi boshlandi.

BestMaster
29 Aprel 2020, 08:00
xayrulla, hamidov, katta, oyin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads