Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»dan ketishni xohlamagan, «Portu»da o'ynashni esa xayoliga ham keltirmagan Iker Kasilyas intervyusi

Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas haqida so'z boradigan bo'lsa, ko'pchilikning xayoliga uning «Real»dagi faoliyati keladi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas haqida so'z boradigan bo'lsa, ko'pchilikning xayoliga uning «Real»dagi faoliyati keladi. Afsuski, uzoq yillar mobaynida Madrid klubi sharafini munosib himoya qilib kelgan posbon 2015 yilda qadrdon jamoasi bilan xayrlashishga majbur bo'ladi.

Xayrlashuv matbuot anjumanida Kasilyas ko'z yoshlarini tiya olmagan holda shunday degandi:

«Real»dek jamoaning sardori bo'lish va ko'plab sovrinlarni boshim uzra baland ko'tarish imkoniyati berilgani uchun barchadan minnatdorman. Umid qilamanki, ular meni nafaqat yaxshi yoki yomon darvozabon sifatida, balki munosib inson sifatida ham eslashadi.

Kasilyas «Real»dan ketgani bilan futbol ixlosmandlarining qalbini tark etmadi. U «Portu» tarixida ham munosib iz qoldirib, klub muxlislarining suyuklisiga aylandi. 2018 yilda esa sog'lig'idagi muammolar sabab faoliyatini erta yakunlashga majbur bo'ldi.

Quyidagi intervyuda Iker «Portu» jamoasiga moslashishi qanday kechgani, yurak xurujini boshidan o'tkazgani va kelgusidagi rejalari bilan o'rtoqlashadi.

«Portu» va shaharga moslashishi haqida
«Avval boshidanoq bunga ko'nikishim kerak edi. Portudagi birinchi yil biroz qiyin kechdi, ammo keyinchalik oilam bilan bu erga moslasha boshladik. Men bu shaharni yaxshi ko'raman, u – juda go'zal. Shahar menga xotirjamlik bag'ishlaydi, bu esa men uchun juda muhim omillardan biri. Men mamlakatga, xususan, Portuga faqatgina rahmat aytishim mumkin».

«Portu» prezidenti haqida
«U futbolni juda sevadi, barcha o'yin va undagi voqealarni yaxshi eslaydi. Fikrimcha, u futbol haqida mendan ko'proq narsani biladi. Bundan tashqari, kitob yozish tajribasiga ham ega».

Vitor Bayaning (portugaliyalik darvozabon) o'yinidan hayratlanishi haqida
«Vitor «Barselona»ga kelganini ko'rish yoqimli edi. Menga uning harakatlari, libosi va anjomlari juda yoqardi. Aynan u tufayli uzunroq forma kiyganman».

Qachondir «Portu»da o'ynashni o'ylamagani haqida
«Hech qachon «Portu»da o'ynashim mumkinligini o'ylamaganman. Hayotim «Real» bilan bog'liq bo'lgan. Faoliyatimni o'sha erda boshlab, o'sha erda tugatish niyatida edim. Biroq yuzaga kelgan vaziyat meni boshqa yo'ldan borishga majbur qildi. Keyin «Portu»dan taklif bo'ldi. Ispaniyaliklar ko'p bo'lgani va Madridga yaqin bo'lgani uchun uzoq o'ylab o'tirmadim».

«Portu»dagi eng esda qolarli vaziyat
«Mamlakat chempionligini qo'lga kiritganimiz. O'sha yili Joze Sa (hozirda «Olimpiakos» darvozaboni) bilan birga o'ynagandik. Chempionat biz uchun juda muhim bo'lgan».

«Portu»dagi eng yaxshi «seyv»
«Sporting«ga qarshi kechgan bahsning so'nggi daqiqalarida o'ng burchakka yo'llangan zarbini bartaraf etganim».

«Portu»dagi jamoadoshi Tikino Soaresga million evro berish yoki bermasligi haqida
«Soares uchun uyda o'tirish juda qiyin bo'lsa kerak. U nafaqat o'yinchi, balki inson sifatida ham ajoyib fazilatlarga ega. Men unga million evro beramanmi? Yo'q».

Rikardo Pereyraning uni yomon kiyinadi, degan gapiga izohi
«Men bunga mutlaqo qarshiman. Jamoada mendan boshqa hamma juda yomon kiyinadi. Rikardo Danilo va Joze Sa kabi o'zini eng zamonaviy deb hisoblaydi».

Serjiu Konseysau («Portu» bosh murabbiyi) haqida
«Serjiu Konseysau jamoamizga katta ta'sir ko'rsatdi. U barchamizni o'zgartira oldi».

Qarashlarining o'zgargani haqida
«Asosan, fikrlashimda ba'zi narsalar o'zgardi. Ko'proq vaqtni qadrlay boshladim. Biz futbolchilar ba'zida bor narsalarimizning qadriga etmaymiz va ko'plab insonlarni xursand qilishimiz mumkinligini tushunmaymiz. Menda shu narsalar ham biroz o'zgardi».

Yana maydonga qaytishi mumkinligi haqida
«Maydonga qaytish to'g'risida gap ketganda, realist bo'lish kerak. Men uchun ayni chog'da eng muhimi –– sog'lig'im. Yurak xurujini o'tkazganimdan keyin bir oy davomida judayam tushkun kayfiyatda yurdim. Yugurishdan, jismoniy mashqlarni bajarishdan hatto uxlashga yotishdan ham qo'rqardim. Xayriyatki, hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Buning uchun kerakli bo'lgan dori vositalarini qabul qilib turaman. Maydonga qaytish yoki qaytmasligimni faqat shifokorlar aytishi mumkin».

Kelajagi haqida
«Hozir aniq bir narsa deyish mushkul. Ikki oy oldin Ispaniya federatsiyasi prezidentligiga nomzodligim to'g'risida u erdagilar bilan gaplashgandim. Dunyodagi vaziyatni hisobga olsak, bu unchalik muhimi emas. Hozir birinchi o'rinda insonlar salomatligi turishi lozim. Barchasi ortda qolishi bilan, qabul qilishim kerak bo'lgan qarorga kelaman. Hozircha nomzodimni qaytarib olganim yo'q. Ayni paytda eng muhimi odatiy turmush tarziga qaytishdir».

BestMaster
27 Aprel 2020, 16:30
«real»dan, ketishni, xohlamagan, «portu»da, oynashni, xayoliga, keltirmagan, iker, kasilyas, intervyusi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads