Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Pandemiya barbod qilishi mumkin bo'lgan bomba transferlar

Jamoalar o'z etakchisini saqlab qolish uchun tovon pulini yildan-yilga balandlashtirib borishmoqda. Boz ustiga, virus sababli ko'plab katta transferlar amalga oshmasligi mumkin. Gap shundaki, barcha klublar ayni damda inqirozni boshdan kechirmoqda. Xo'sh, pandemiya yozda kutilayotgan bomba transferlarning qay biriga ta'sir ko'rsatishi mumkin? Bugun shu haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

.
- Yuklab olish

Dunyoning eng badavlat klublari ham virus sababli moliyaviy tomondan katta muamollar girdobiga tushib qolganidan xabaringiz bor. Afsuski, endilikda grand klublar o'zi istagan futbolchilarni 100 milliondan kamiga sotib ola olmasliklari normal holatga aylanib bo'ldi. Futbolchilarning transfer qiymati keskin ko'tarilgan. Jamoalar o'z etakchisini saqlab qolish uchun tovon pulini yildan-yilga balandlashtirib borishmoqda. Boz ustiga, virus sababli ko'plab katta transferlar amalga oshmasligi mumkin. Gap shundaki, barcha klublar ayni damda inqirozni boshdan kechirmoqda. Xo'sh, pandemiya yozda kutilayotgan bomba transferlarning qay biriga ta'sir ko'rsatishi mumkin? Bugun shu haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

 

Kevin De BRYuYNE

Qaerga o'tishi mumkin: “Real Madrid”, “Yuventus”  

Transfer qiymati: 100-120 million evro

Aslida Saneni sotib yuborish fikri “Manchester Siti”ni kelajakda qiyin ahvolga solib qo'yishi aniq. Endi esa, Kevinning transferi haqida mish-mishlar tobora urchib bormoqda. To'g'ri, “shaxarliklar” ayni damda yarim himoyachini jamoada saqlab qolish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilishga urinmoqda, biroq futbolchining o'zi Chempionlar ligasida zafar quchish uchun klubni tark etishni istayotgani bor gap. Futbolchi o'zining “Santyago Bernabeu”dagi o'yinidan so'ng, qachonlardir “Real” libosini kiyish orzusi bor ekanligini yashirib o'tirmadi. Zidan ham “sariq bola”ni o'z safida ko'rishga qarshi emas. Pogba bo'lmasa De Bryuyne jamoa markazini kuchaytirib berishi mumkin,biroq virus sababli paydo bo'layotgan muammolar futbolchiga klubda qolishdan boshqa chora qoldimayapti.

 

Saul N'IGES

Qaerga o'tishi mumkin: “Manchester Yunayted”

Transfer qiymati: 150 million evro

Pandemiyaga qadar “qizil iblislar” Sauluchun 150 million evro to'lashga rozi edi. Buni Britaniyaning bir nechta taniqli nashrlari ham rasman tasdiqlaganidan xabaringiz bor. Endilikda esa vaziyat keskin o'zgarib ketdi. “Atletiko” jamoasi o'z futbolchisining narxini 150 million evrodan tushirib yubormaslik uchun uni Evropa chempionatidan so'ng transferga qo'ymoqchi edi, endilikda virus sababli bu musobaqa ham kelasi yilga qoldirildi. Ayni damda, APLdagi eng katta pul sarf etayotgan jamoa ham Saulni qo'lga kiritishdan oldin bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Agar APL o'yinlari uzil-kesil tugatilsa, jamoa titul homiylar va ko'plab reklama agentliklariga katta miqdorda pulni qaytarib berishiga to'g'ri keladi. Shu jumladan “qizil iblislar” ham deyarli 300 million evroga yaqin summani egalariga qaytaradi. Bunday ahvolda, Saul uchun 150 million evro sarf etish? O'ylashimizcha, bu transfer pandemiya tufayli to'liqligicha barbod bo'lib bo'ldi.

 

Timo VERNER

Qaerga o'tishi mumkin: “Liverpul”

Transfer qiymati: 80-100 million evro

«Liverpul” uchun yosh va kuchga to'la vinger pandemiyaga qadar juda muhim edi. Saloh va Manening Afrika millatlar kubogida ishtirok etishi bois, jamoa yangi hujumchiga juda katta ehtiyoj sezayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Endilikda, barchasi tamomila o'zgarib ketdi. To'g'ri, Afrikadagi musobaqa hali “otmen” qilinganicha yo'q, biroq «Liverpul” bunday finans bilan Verner uchun 100 million evro to'lay olmasligi aniq. Klub daromad olish borasida barchadan oldinda bo'lishi mumkin, biroq jamoa egasi APL klublari ichida 12-o'rindagi milliarder sanaladi. Bu esa, katta transferlarga qo'l urish haqida o'ylab o'tirishga hojat yo'qligidan dalolat. Shunday bo'lishiga qaramay, pandemiyaga qadar «Liverpul” Verner uchun 52 million funt taklif qilishga ulgurdi. Abidal futbolchining otasi bilan uchrashdi. “RB Leyptsig” o'z hujumchisini Evrodan avval sotmasligini rasman e'lon qilgach, virus sababli barcha musobaqalar to'xtatildi. Endilikda, kim Verner uchun 100 million evro sarf etadi? Agar Evropa chempionati bo'lib o'tganida, futbolchi uchun grandlar pulni ayamasligi mumkin edi, biroq hozirgi vaziyatda Verner o'z klubidan boshqa jamoga kerak emas.

 

Kay XAVERTs

Qaerga o'tishi mumkin: «Liverpul», «Bavariya»

Transfer qiymati: 130 million evro

Bugungi ro'yxatimizda pandemiyadan eng ko'p aziyat chekkan futbolchi bilan tanishing. Bir oyog'i bilan «Liverpul” yoki “Bavariya”da bo'lgan yarim himoyachi juda yosh bo'lishiga qaramay ajoyib mavsumni o'tkazayotgan edi. So'nggi 7 ta o'yinda 5 ta gol va 5 ta assist! Yarim himoyachi uchun shunchaki fantastik statistika! Uning sermahsulligini ko'rgan “PSJ”ham kurashga qo'shilgan bir paytda pandemiya barchasini barbod qildi. Tasavvur qilib ko'ring! Kay Bundesligani yuqori notada yakunladi va Evropa chemionatida ishonchli o'yinlar ko'rsatdi. Xo'sh,yosh va iqtidorli futbolchi uchun qaysi klub pul to'lashdan bosh tortgan bo'lar edi? Darvozabonlar uchun 70 million evro to'lanayotgan payda Kay nima uchun grand jamoaga o'tmasligi kerak? Afsuski, ikkinchi O'zil bo'lishi kutilayotgan yigit kelasi mavsumda hammasini boshidan boshlashga urinib ko'radi. Unda boshqa chora yo'q.

 

Sadio MANE

Qaerga o'tishi mumkin: “Real Madrid”

Transfer qiymati: 120 million evro

Bu mavsumda Salohdan ham,Firminodan ham foydaliroq ekanligini isbotlayotgan Sadioning “Real”ga o'tishi tobora aniqlashib borayotgan edi. Klopp ham bejizga uning jamoada uzoq ushlanib qolmasligiga sha'ma qilmadi. Hammasi reja bo'yicha ketayotgan edi. Yozda Klopp Maneni transferidan tushgan summaga kelajak uchun bir nechta proektlarni safga qo'shib olish va shu yo'sinda Manening “Real” libosini kiyish orzusiga erishishiga imkon yaratib berishi kerak edi. Afsuski, barchasi endi avvalgi holatida emas. Klopp Maneni transferga istasa ham qo'ya olmaydi. Birinchidan hech kim senegallik futbolchi uchun 120 million evro to'lashga qodir emas. Ikkinchidan, hozir «Liverpul” ham yangi futbolchi sotib olishni o'ziga ep ko'rmaydi. Shunday ekan, Mane orzusini keyinroq ushlashini kutishiga to'g'ri keladi.

 

NEYMAR

Qaerga o'tishi mumkin: Yana o'sha “Barselona”ga!

Transfer qiymati: 160 million evro

“PSJ” Neymarni sotib yuborishga tayyor, biroq endi “Barsa” braziliyalik uchun pul topa oladimi? Ayni damda “Barselona” banklardan olgan kreditlarni to'lash borasida bosh qotirmoqda. Omadsiz transferlar uchligi (Grizman, Dembele, Koutino)sababli jamoa ayni damda istagan futbolchisini sotib olishga qodir emas. Agar mavsum pandemiya sababli to'xtatilmaganida, balki yozda o'z futbolchilarini sotish orqali “Barsa” Neymar transferi uchun urinib ko'rgan bo'lar edi. Ayni damda bunga ishonishning sira ham iloji yo'q. Yana bir mavsum kutishga to'g'ri keladi shekili. Boshqacharoq qilib aytganda, “Neymar va “Barselona” seriali davom etadi!

 

Xarri KEYN

Qaerga o'tishi mumkin: “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”

Transfer qiymati: 120-150 million evro

 

Bechora Xarri anchadan beri topdarajada futbol namoyish etayotganiga qaramay, birorta sovrinni boshi uzra ko'targani yo'q. EChL finalidagi mag'lubiyatdan so'ng, uning “shporlar”nitark etishi borasidagi mish-mishlar avj olib ketdi. Oraga “Manchester Yunayted” qo'shilgach, Keynni Evro-2020dan so'ng olib qolish mushkulligini hatto “Tottenxem” ham anglab etdi. Tan olish lozim, Keyn bugungi kunda dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri. Boz ustiga, uning suyagi APLda qotgan. Xo'sh,bundan ortiq hujumchini topishning iloji bormi? Angliya termasi sardori ham sovrinsiz mavsumlardan charchaganini, yangi chaqiruvlarni qabul qilishga tayyor ekanligini oshkor qilishi bilan virus katta sahnaga chiqdi va uni yana kamida bir mavsum “Tottenxem”da qolishini norasmiy tarzda e'lon qildi. Endi “qizil iblislar” 120 millionlik hujumchi o'rniga ancha hamyonbop Alassan Pleaga e'tibor qaratgan bo'lsa, “Manchester Siti” Braziliyadagi iqtidorlarning ketiga tushdi. Soddaroq qilib aytganda, Keyn uchun hech kimda ortiqcha 120 million evro yo'q!

Shunindek, Killian Mbappe, Lautaro Martineslarning ham yozda Ispaniyaga ko'chib o'tishi katta so'roq ostida turibdi. Zidan Mbappeni istasa ham sotib olishga qodir emas. Killianni Parijda kuch bilan bo'lsa-da yana kamida bir yilga ushlab qolishadi. “Barselona”da esa Lautaro uchun 111 million evro yo'q. Shunday ekan, pandemiya sababli bu mavsum so'nggida katta ehtimol bilan ayyorona transferlardan boshqasini kutmang! Hammasi kelasi mavsumga qoldiriladigan ko'rinadi.

 

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev

BestMaster
27 Aprel 2020, 06:30
pandemiya, barbod, qilishi, mumkin, bolgan, bomba, transferlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads