Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Video  7 yil avval Levandovski "Real"ni Dortmundga "ko'mgandi"

Ushbu uchrashuv 2013 yilning 24 aprelida o'tkazilgandi.

.
- Yuklab olish

Yurgen Klopp shakllantirgan "Borussiya"ni unutib bo'lmaydi. Dortmundliklar ECHLning 2012/13 yilgi mavsumida "Real" bilan bir guruhdan o'rin olgan edi. Madrid klubini Mourinyu boshqarar va bu to'qnashuvlarda murabbiylar asosiy planga chiqardi. Guruhdagi ikkala o'yinda ham Klopp shogirdlarining ustunligi yaqqol ustunligi sezilgandi. "Real" guruhda ikkinchi bo'ldi. Ammo keyinroq ikki jamoa final yo'llanmasi sohibini o'zaro aniqlashtirishlari talab qilindi.

Yarim final doirasidagi dastlabki bahs oldidan kimning favoritligini aytish juda mushkul edi. O'sha o'yin butun dunyoga yaqin kelajakning eng kuchli markaziy hujumchisini tanishtirdi - Robert Levandovski. "Qirollik klubi"ning butun tarkibi uning qarshisida ojiz qolgandi. To'g'ri, bunga qadar ham polshalik forvardning iqtidori, salohiyatining sirli jihatlari qolmagandi. Lekin CHempionlar ligasi yarim finalida Joze Mourinyu boshchiligidagi jamoaga, yana "Real" darvozasiga poker qayd etish...

ECHL-2012/13. Yarim final (dastlabki bahs)

24 apr. 2013, 00:45. "Signal Iduna Park"

"Borussiya" 4:1 "Real"

Gollar: Levandovski (8, 50, 55, 67-pen.) - Ronaldu 43.

"Borussiya D.": 1. Vaydenfeller, 15. Xummels, 29. SHmelcer, 4. Subotich, 6. Bender S., 10. Gyotce, 11. Roys, 16. Blashikovski (82'), 26. Pishchek (83') , 8. Gyundogan (92'), 9. Levandovski R.

O'zgarishlar: 5. Kel (82') , 19. Grosskroyc (83') , 23. SHiber (92')

Zahira o'rindig'i: 20. Lanjerak, 27. Felipe Santana, 7. Leytner, 18. SHaxin

Ogohlantirishlar: Levandovski R. 70'

"Real": 25. Diego Lopes, 2. Varan, 3. Pepe, 4. Serxio Ramos, 14. Xabi Alonso (80'), 19. Modrich (68') , 6.Xedira, 10. O'zil, 5.Koentrau, 7. Ronaldu, 20. Iguain (69')

O'zgarishlar: 22. Di Mariya (68') , 9. Benzema (69') , 8. Kaka (80')

Zahira o'rindig'i: 1. Kasilyas, 27. Nacho, 18. Albiol, 21. Kalexon

Ogohlantirishlar: Xedira 54', Ozil 64', Serxio Ramos 92'

  

O'yindan keyin Mourinyu "Borussiya"ni g'alaba bilan tabriklab, kuchli va munosibroq jamoaning zafar quchganini tan olgandi.

Darhaqiqat, o'sha mavsum nemis futboli Evropada mutloq ustunligini o'rnatgan, musobaqaning yarim finalida ispan grandlari jabrlanuvchi rolini o'tab bergan edi. Mazkur o'yindan bir kun avval "Alyanc Arena"da "Barselona"ning holi nima bo'lgani yodingizda.

Faxriddin Ro'ziev

BestMaster
24 Aprel 2020, 20:00
video , avval, levandovski, realni, dortmundga, komgandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads