Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" va "Barselona" mavsumni qaysi stadionlarda yakunlab qo'ymoqchi?

Ikki klub rahbariyati kichikroq stadion futbolchilarga ruhiy tomonlama yordam berishiga ishonishmoqda.

.
- Yuklab olish

Ha, Ispaniyada hali ham bahs-munozaralar ketmoqda, biroq ular hozircha mavsumni davom ettirish borasida bir qarorga kelishmagan. LaLiga may oyi oxirlari yoki iyun oyi boshlarida muxlislarsiz o'tishi sharti bilan boshlanishi mumkin.

So'nggi kunlarda Ispaniya matbuotida "Real" mavsumni zaxira stadioni hisoblanmish "Alfredo di Stefano"da yakunlab qo'yishni istayotgani borasida malumotlar tarqagandi. "Marca"ning yozishicha, LaLiga rahbariyati bunga ijobiy javob bergan. "Barselona" ham "Kamp Nou"dan vaqtinchalik ketish rejalari bor. "Daily Mail" xabariga ko'ra, klub qolgan o'yinlarni "Yoxan Kroyff" stadionida o'tkazmoqchi.

Mantiq oddiy - muxlislar yo'qmi, demak, katta stadionda o'ynagandan ham foyda yo'q. Undan tashqari, ushbu stadionlar mashg'ulot bazalarida joylashgan va bu futbolchilarning virusdan zararlanish darajasini pasaytirib yuboradi.

"Alfredo di Stefano" stadioni 2006 yilda ochilgan, u erda "Real"ning zaxira jamoasi o'ynaydi.

"Yoxan Kroyff" stadioni esa o'tgan yili qurib bitirildi. Arena "Barselona"ning zaxira jamoasi o'ynaydigan "Mini Estadi" o'rnida qurildi.

"Real"ning asosiy bahonasi - "Bernabeu"ni tamirlash. "Barselona" ham "Kamp Nou"ni tamirlashni rejalashtirmoqda

Stadionni almashtirish uchun nafaqat LaLigadan, balki UEFAdan ham ruxsat olish kerak. "Barselona"ning bu boradagi holati biroz qiyinroq.

Madridliklarda esa bahona bor - "Santyago Bernabeu"ning tashqi yuzini o'zgartirish borasida ishlar boshlab yuborilgan, agarda barchasi reja bo'yicha ketsa, yozda u erda katta masshtabli qurilish ishlari boshlanadi. O'tgan haftada stadion tomining pastki qismidagi tribunalar boshqatdan o'rnatilgan, obekt esa sentyabrdan oldin topshirilmasligi aniq.

Hozircha "Real"ning ikkita plyus tomoni bor:

• "Alfredo di Stefano" stadionining o'lchami "Bernabeu" kabi bir xil. Futbolchilar ushbu stadionda oldingidek o'yin ko'rsata olishlari mumkin. Undan tashqari, ushbu stadionda "Kastilya" tarkibida asosiy jamoaning katta qismini tashkil qiladigan futbolchilar ham o'ynagan.

• "Barselona"da ham stadionni "Espai Barsa" nomi bilan tamirlash rejasi bor. Klub "Kamp Nou"ning sig'imini 99 mingdan 105 mingga oshirmoqchi. Biroq kataloniyaliklarning tuzgan loyihasi hali beri boshlanmaydi.

Agarda barcha klublar o'z zaxira stadionida mavsumni o'tkazadigan bo'lsa, buni LaLiga talablariga mos ravishda to'g'rilab chiqish kerak. Gap teletranslyaciyalar va VAR uskunalarini joylashtirish haqida bormoqda. SHundagina "Real" va "Barselona" afsonalari nomidagi 6 minglik arenalar LaLiganing 5-6tadan o'yinini qabul qiladi.

BestMaster
24 Aprel 2020, 19:15
barselona, mavsumni, qaysi, stadionlarda, yakunlab, qoymoqchi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads