Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bu erda kim ortiqcha? "Real Madrid"ni qanday transfer oynasi kutmoqda?

Xudo xohlasa koronavirus pandemiyasidan o'tib olsak, yana katta futbol qaytadi.

.
- Yuklab olish

Uyog'iga yana bir ko'z ochib-yumguningizgacha transfer oynasi ochiladi. 

Pandemiyadan keyin ko'plab klublar katta xaridlarni amalga oshira olishmasa kerak. Top klublar ham kimnidir olishdan avval, kerakmas futbolchilaridan qutilishni o'ylashi turgan gap. 

Bugun siz bilan "Madrid"dagi tozalash ishlari haqida gaplashamiz. Butun dunyo bo'ylab klublar futbolchilari bilan kelishib, oylik maoshlarni qisqartirishmoqda. "Real" ham shu kabi kelishuvga erishdi va 28 - 56 million evro tejab qoladi.

"Real"ning 39 futbolchisi bor (25 nafari asosiy jamoada + 14 ijaraga berib yuborilganlar). Ularning uchdan biri yozda (yoki transfer oynasi qachon ochilsa, o'shanda) "Real" bilan xayrlashadi. Sababi, "Qirollik klubi"ning ham moliyaviy imkoniyatlarining malum chegarasi bor va oylik maoshlarga sarflanayotgan mablag' boshqarib turilmasa, barchasi juda yomon oqibatlarga olib kelishi hech gap emas. "Qaymoqranglilar" birinchi navbatda kimlarga chiqish eshigini ko'rsatadi? 

"Madrid"da kim ortiqcha?

Garet Beyl (Uels)

Juda katta maosh olib, juda kam foydasi tegayotgan Beyl — xayrlashish uchun birinchi raqamli nomzod hisolanadi. Vaziyatni yaqinda Garet aytgan so'zlari ham o'zgartira olmasa kerak. Uelslik futbolchi Zidan bilan kelishmovchilikni unutib, asosiy tarkib uchun astoydil kurashish niyatidaligini bildirgan. Biroq endi kechdek. Qanot futbolchilari etarli, bo'sh joy yo'q. Umuman olganda, Garet 2022 yilgacha amal qiluvchi shartnomasi borligini ro'kach qilib, oxirgacha harakat qilsa ajabmas. Sababi, o'zi shundoq ham katta maosh oluvchi Beylga buyog'iga moliyaviy qiyinchiliklar ichidagi boshqa bir jamoa hozirgi oyligini ham berishi dargumon.

Xames Rodriges (Kolumbiya)

Kolumbiyalik Beyl bilan "kim birinchi ketish" bo'yicha musobaqalasha olishi mumkin bo'lgan kam sonli o'yinchilardan. Yarim himoyachi Zidan bilan til topisha olmagani sabab, 2017 yil "Bavariya"ga ikki yilga ijaraga berib yuborilgandi. "Real" Xamesni Germaniyadan qaytishi bilanoq sotib yuborsa ham bo'lardi, lekin Rodriges o'zining eng yaxshi sport formasidagi vaqtlarini eslatuvchi "soya" bo'lish uchun Ispaniya poytaxtida qoldi. Yaqinda kolumbiyalikning shartnomasi yakuniga etishi jarayonni yanada tezlashishiga sabab bo'ladi. 

Marselo (Braziliya)

Marselo — o'ta iqtidorli futbolchi va jamoa muxlislari yoqimtoyi. Ammo uning maoshi hozirgi o'rniga to'g'ri kelmayapti: yoshi ancha o'tib qolgan braziliyalik ikkinchi mavsum raqobatni boy bermoqda — avvaliga Regilon, keyin Mendi. Agar "Yuventus" chindan Marseloni olib ketmoqchi bo'lsa, rozi bo'laverish kerak. Qo'shimchasiga, ushbu poziciyaga futbolchi ham qidirib o'tirish shart emas: Mendi bor, "Sevilya"da o'yin amaliyotiga ega bo'lgan Regilon qaytadi. Masalaning faqatgina bir tomoni kishini o'ylantiradi: shuncha yil klub ravnaqi yo'lida xizmat qilgan futbolchi bilan bu kabi xayrlashish qanchalik to'g'ri bo'larkin? Endi klub biroz sabr qilib, jingalak sochni mehnatiga yarasha kuzatib qo'yadimi, yoki "hozirgi futbol - biznes" deya, xaridor chiqib turganda sotib yuboradimi? 

Mariano Dias (Dominikan Respublikasi)

Mariano butun mavsum zaxirada o'tirdi va birdan "El Klasiko"da maydonga tushib, 50 soniyada "Barselona" darvozasini ishg'ol qildi, rekord qayd etdi. Yorqin epizod, ammo birgina epizod holos. Maydonga tushish deyarli nasib qilmayotgan forvard "Real"ga hozirgi vaziyatda qanchalik kerak? 

Braxim Dias (Ispaniya)

"Real Madrid"da Diasga berilayotgan o'yin amaliyoti shunchalik ozki, bazan muxlislar jamoada shunday futbolchi borligini esdan chiqarib qo'yishmoqda. Futbolchining hali juda yoshligi bu erda bahona bo'la olmaydi. Sababi 19 yoshli Vinisius va Rodrigo undan ancha ko'p o'ynashmoqda, Braxim hozir 20 yoshda. Katta ehtimol bilan Diasni ijaraga sayohat kutmoqda. SHartnomasi 2025 yilgacha amal qiladigan yosh iqtidorni hozir sotib yuborish unchalik foydali qaror bo'lmaydi. Uning "qaymoqranglilar"ga hali ko'p foydasi tegishi mumkin, lekin hozir emas.

Lukas Vaskes (Ispaniya)

"Real" tarbiyalanuvchisi, yaxshi futbolchi, lekin "Real"da hozir vingerlar shunchalik ko'pki, kimnidir hech o'ylanmay sotib yuborish mumkin. Vaskesga hurmat saqlagan holda shuni aytish mumkinki, raqobatchilari ichida u eng iqtidorlisi emas. Kelasi mavsumdan Vinisius va Rodrigo yanada yaxshiroq o'ynashi kutilmoqda, Asensioning qaytishi, Azarning nihoyat yangi muhitga moslashib ketishi, universal Isko va yangi kelgan Reyner. Braziliyalik yana bir iqtidor sohibini ham mashg'ulotda yugurib yurishi uchun sotib olinmagani aniq. 

Luka Yovich (Serbiya)

Serbiyalik futbolchi ham Karim Benzema soyasidan chiqa olmadi. To'g'ri bu ish ne ne hujumchilarning qo'lidan kelmagan, ammo Luka o'yin bo'yicha ham, maydondan tashqaridagi g'alati ishlari bilan ham vaziyatni o'z tomoniga og'dira olmayapti. Hujumchi yosh, lekin "Real"ga hozirning o'zida gollar uradigan hujumchi kerak. Aytishlaricha, serbiyalikka Angliyadan qiziqish bor. Agar Peres Xoland yoki Mbappedan birini yaqin vaqtlar ichida sotib olishiga ishonishi uchun kichik bir fakt paydo bo'lsa, Luka ortiqcha ikkilanishlarsiz sotib yuboriladi. 

Luka Modrich (Xorvatiya) yoki Isko (Ispaniya)

Ushbu juftlikdan bir vakil ham jamoani tark etishi mumkin. Isko vaziyatdan kelib chiqib, turli nuqtalarda emas, muntazam asosiy tarkibdan o'rin olishni xohlaydi. Valverde "ochilgach", Modrich aksariyat o'yinlarda zaxirada qolib ketishni boshladi. Mavsum yakaunlangach esa yana Edegor qaytishi kutilmoqda. Kim biladi deysiz, Zidan balki Reynerdan ham o'ziga xos pleymeker rolida foydalinishi mumkin. Bu esa raqobatni yanada oshiradi. Bunday vaziyatda qanchalik aqlli o'yin namoyish qilmasin, bu ikki futbolchining biridan voz kechishga to'g'ri keladi. 

Ijaradagilar bo'yicha vaziyat qanday?

Aytib o'tganimizdek, "Real"ning 14 futbolchisi ijara asosida boshqa klublarda to'p tepmoqda. Ulardan 3 nafari yangi mavsumni Zidan qo'l ostida boshlash ehtimoli yuqori: gap Ashraf Xakimi (Dortmundning "Borussiya"si), Martin Edegor ("Real Sosedad") va Serxio Regilon ("Sevilya"). Kimdir yana ijaraga yo'l oladi, ammo bazilarni "Qirollik klubi" sotib yuborishi mumkin. 

Lyuka Zidan (Franciya) va Andrey Lunin (Ukraina)

"Real"ning bir yo'la ikki darvozaboni ijarada. Bir qarashda, mavsum yakunida Areolya ijarasi tugab, PSJga qaytib ketadi va Tibo Kurtuaga o'rinbosar kerak bo'ladigandek edi. Ammo ular "Real"da ikkinchi posbon roliga ham tortisharmikin degan savol tug'ilmoqda. Lyuka shartnomasi yakunlanmoqda va boshqa klubga ketsa ajabmas. Ha, Zidanning o'g'li "Rasing" tarkibida muntazam maydonga tushmoqda, ammo jamoa Segundada oxirgi pog'onani egallab turibdi. Lunin ham "Ovedo"da asosiy tarkibga kira olmadi. Ukrainalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan va Andrey hali yana bir imkoniyatga ega bo'lsa kerak, lekin asosiy jamoada o'rin olishi qiyin masala. 

Dani Sebalos (Ispaniya)

Mavsum boshida "Arsenal"ga Unai Emeri taklifi bilan yo'l olgan Dani o'yinni yomon boshlamadi, lekin keyinchalik zaxiraga o'tirib qoldi. Arteta kelgach ham vaziyat keskin o'zgarmagandek. "Real"da ham Sebalosga joy topilmasa kerak. Yarim himoyachiga qiziqqanlar yo'q emas va transfer oynasi davrida u ham Madridga qaytmasa kerak. 

Alvaro Odriosola (Ispaniya)

Optimist Alvaro hali "Real"da uning ham vaqti kelishiga ishonishini aytib o'tdi, ammo... Hamma orzular ham ushalavermaydi. Odriosola bir yarim yil davomida tarkibdan muqim joy egallay olmadi va kelasi mavsum "Real"ga Dani Karvaxal bilan ham raqobatlashishga tayyor Ashraf Xakimi qaytishi mumkinligini inobatga olsak, Odriosola o'ng qanot uchun kurashda uchinchi — ortiqcha odam bo'lib qolmoqda. 

Nomi tilga olingan futbolchilardan tashqari, "Real" yana Xesus Valexo, Xavi Sanches, Xorxe de Frutos va Borxa Mayoral bilan ham butkul xayrlashishi mumkin. Ularning bari 22 yoshdan o'tgan va asosiy jamoaga "tortmayapti". Ulardan yoshroq bo'lgan Kubo va Oskar kabi futbolchilar esa yana ijarada o'z ustida ishlab, "Real" haqida orzu qilishda davom etadi.  

Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

BestMaster
24 Aprel 2020, 00:30
erda, ortiqcha?, real, madridni, qanday, transfer, oynasi, kutmoqda?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads