Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Evropaning eng ko'p sovringa ega jamoalari (top-10)

Evropada eng ko'p sovrinni qo'lga kiritgan jamoalari bilan tanishtirib o'tamiz.

.
- Yuklab olish

Evropada eng ko'p sovrinni qo'lga kiritgan jamoalari bilan tanishtirib o'tamiz.

10-o'rin. "YuVENTUS" — 67ta sovrin
Kuchli o'nlikni «Yuventus» ochib beradi. Ushbu jamoa o'z tarixi davomida 67ta sovringa ega chiqqan. "Keksa sinora" sovrinlari orasida eng ko'pi Italiya chempionligi hisoblanadi. Ushbu sovrinlar evaziga turinliklar «Manchester Yunayted»ni top-10dan tushirib yuborishdi.

35 — Italiya chempionati
13 — Italiya kubogi
8 — Italiya superkubogi
3 — UEFA kubogi
2 — UEFA chempionlar kubogi
2 — Qit'alararo kubok
1 — Intertoto kubogi
1 — Kubok egalari kubogi

9-o'rin. "BAVARIYa" — 72ta sovrin
Top-10da Angliyaning birorta ham jamoasi yo'q, ammo "Bavariya" bor.

29 — Germaniya chempionati
19 — Germaniya kubogi
7 — Germaniya superkubogi
6 — Germaniya liga kubogi
5 — UEFA chempionlar kubogi
3 — Klublar o'rtasidagi jahon chempionati
1 — UEFA kubogi
1 — Kubok egalari kubogi
1 — UEFA superkubogi

8-o'rin. "AYaKS" — 73ta sovrin
8-pog'onani Niderlandiya mashinasi — «Ayaks» band etdi. Amsterdamliklar "Bavariya"ni 1ta sovringa ortda qoldirishgan.

34 — Niderlandiya chempionati
19 — Niderlandiya kubogi
9 — Niderlandiya superkubogi
4 — UEFA chempionlar kubogi
3 — UEFA superkubogi
2 — Qit'alararo kubok
1 — UEFA kubogi
1 — Kubok egalari kubogi

7-o'rin. «OLIMPIAKOS» — 75ta sovrin
Gretsiyaning «Olimpiakos»i hisobida 75ta sovrin bor. Ammo jamoa barcha sovrinlarni ichki musobaqalarda qo'lga kiritgan.

44 — Gretsiya chempionati
27 — Gretsiya kubogi
4 — Gretsiya superkubogi

6-o'rin. "PORTU" — 76ta sovrin
Portugaliyada o'z o'rniga ega bo'lgan — «Portu» reytingimizda 76ta sovrin bilan 6-o'rinni band etdi.

28 — Portugaliya chempionati
21 — Portugaliya superkubogi
20 — Portugaliya kubogi
2 — UEFA chempionlar kubogi
2 — UEFA kubogi
2 — Qit'alararo kubok
1 — UEFA superkubogi

5-o'rin. "BENFIKA" — 83ta sovrin
«Benfika» o'z sovrinlarini 5ta musobaqaga ega chiqqan. Ularning aksariyati ichki musobaqalariga to'g'ri keladi.

37 — Portugaliya chempionati
29 — Portugaliya kubogi
8 — Portugaliya superkubogi
7 — Portugaliya liga kubogi
2 — UEFA chempionlar kubogi

4-o'rin. "REAL MADRID" — 90ta sovrin.
Ispaniya grandi «Real» 90ta sovrin bilan 4-pog'onani band etgan. Madridliklar Evropa chempionlar ligasining rekordchisi hisoblanishadi. Bu holat "Qirollik klubi"ga reytingimizda kuchli uchlikka kirish uchun kamlik qildi.

33 — Ispaniya chempionati
19 — Ispaniya kubogi
13 — UEFA chempionlar kubogi/ligasi
9 — Ispaniya superkubogi
4 — klublar o'rtasidagi JCh
3 — Qit'alararo kubok
4 — UEFA superkubogi
2 — UEFA kubogi
1 — Liga kubogi

3-o'rin. "BARSELONA" — 91ta sovrin.
«Barselona» azaliy raqibidan 1ta sovrin ko'proq qo'lga kiritgan. Kataloniyaliklar sovrinlari orasida Ispaniya kubogi ko'proq "tosh" bosgan.

30 — Ispaniya kubogi
26 — Ispaniya chempionati
13 — Ispaniya superkubogi
5 — UEFA chempionlar kubogi/ligasi
5 — UEFA superkubogi
4 — klublar o'rtasidagi JCh
3 — Qit'alararo kubok
2 — UEFA kubogi
1 — Liga kubogi

2-o'rin. "SELTIK" — 109ta sovrin.
E'tiborli va biroz g'alati tomoni Evropaning eng ko'p sovrinni qo'lga kiritgan klublar — bu Shotlandiyaning ikki jamoasi. «Seltik» 109ta titul bilan 2-o'rinni band etdi.

50 — Shotlandiya chempionati
39 — Shotlandiya kubogi
19 — Shotlandiya liga kubogi
1 — UEFA chempionlar kubogi

1-o'rin. "REYNJERS" — 115ta sovrin.
Shotlandiyaning «Reynjers» jamoasi esa 115ta sovrin bilan reytingda 1-o'rinni egallab turibdi. Bu jamoa ham "Seltik" kabi deyarli barcha titullarni ichki musobaqalarda qo'lga kiritgan.

54 — Shotlandiya chempionati
33 — Shotlandiya kubogi
27 — Shotlandiya liga kubogi
1 — Kubok egalari kubogi

BestMaster
23 Aprel 2020, 08:00
evropaning, sovringa, jamoalari, top-10,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads