Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bundan 15 yil ilgari dunyoning eng qimmat futbolchilaridan tashkil topgan jamoa

.
- Yuklab olish

Stadion.uz transfermarket portali nashri bergan ma'lumotlarga suyangancha 15 yil ortga qaytadi va o'sha davrdagi eng qimmat futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e'tiboringa havola etadi.

Darvozabon – Buffon

Jiji o'zining “Yuventus”dagi eng gullagan davrlarini o'tkazayotgan futbolchi edi. Kalchopoli voqeyasi hali sodir bo'lmagani uchun uning transfer qiymati Kasilyasdan balandroq ko'rsatilgan.

Himoyachilar

Rio Ferdinand

“Manchester Yunayted” safiga o'z davrida dunyoning eng qimmat himochisi sifatida kelib qo'shilgan futbolchi o'z transferini to'liq oqlashga muvaffaq bo'ldi.

Alessandro Nesta

Aslida Nestaning transfer qiymati ancha balandroq bo'lishi mumkin edi, biroq jarohat sababli o'tkazib yuborilgan uchrashuvlar o'z ta'sirini o'tkazgan. Shunga qaramay, Shevchenko singari hujumchidan atigi 5 million evro arzonroq bo'lish uchun ham ancha ter to'kish lozim.

Zambrotta

“Yuventus”ni birinchilardan bo'lib tark etishga yaqin turgan futbolchini transfermarket nashri 28 million evroga bejiz baholamagan. Zambrotta 2005-yilda o'zining kuchli zarbalari, himoya va hujumdagi unversalligi bilan ko'plab grandlar e'tiborini tortishga muvaffaq bo'lgan himoyachilardan biri edi.

Patrik Viera

“Arsenal”dagi ajoyib mavsumlardan so'ng, Turinga ko'chib o'tgan yarim himoyachi 31 yoshda ham sayyoramizning eng qimmat 11 futbolchsidan biri bo'lishni uddalagani e'tiborga molik.

Maykl Essien

E'tiborli shundaki, 2005-yilda Essien o'sha davrning eng kuchli markaziy hujumchilaridan qimmatroq deb hisoblangan. “Lion”dan shaxsan Jozening iltimosiga ko'ra harid qilingan Maykl 9 yil davomida London klubi sharafini munosib himoya qildi.

Ballak

Myunhen klubidagi o'yinlari bilan barchani e'tiborini tortgan Ballak bejizga 35 millionga baxolanmagan. O'zining kuchli zarbalari bilan mashxurlikka erishgan futbolchi “Bavariya”ning o'sha davrdagi yulduz futbolchisi edi.

Ronaldino

Braziliyalik afsungar o'zining eng pik davrida ham 50 million evroga baholangani kishini hayron qoldirishi tabiiy. “Oltin to'p” egasi bo'lishiga qarmay, Roning o'sha davrda Bugungi kundagi Mbappedan naqd 3 barobar arzonroq bo'lganiga ishonish mushkul. Vaholanki, u bugungu ro'yxatimizdagi eng qimmat futbolchi.

Tieri Anri

“Arsenal” yuragi va barcha grand jamoalar orzusi Tiero Anri 45 million evroga baholangan bo'lsada, uning maydondagi harakatlari bugungi kundagi 100 millionlik futbolchilarnikidan ancha jozibaliroq edi.

Andrey Shevchenko

Ukrainalik “killer” “Milan”dagi o'zining so'nggi mavsumlaridan birini o'tkazayotganiga qaramay, to'purarlik borasida o'z mahoratini ko'rsatishda davom etayotgan chog'lar edi. Afsuski, qahramonimizning “Chelsi”ga ko'chib o'tishi barchasi salbiy yakun topishiga sabab bo'ladi.

Van Nistelroy

Ser Aleks Fergusson tomonidan duyondagi eng qizg'anchi hujumchi deb ta'riflangan golland hujum markazidagi chinakam gol mashinasi edi. Ayniqsa, 2005-yilda uni to'xtatib qolish juda va juda mushkul bo'lgan. Bejizga transfermarket gollandiyalik hujumchini 40 million evroga baholamagan.

Ushbu tarkibning umumiy qiymati 406,5 million evroni tashkil etmoqda.

BestMaster
23 Aprel 2020, 02:30
bundan, ilgari, dunyoning, qimmat, futbolchilaridan, tashkil, topgan, jamoa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads