Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid»ga bekor o'tgan futbolchilar (top-5)

.
- Yuklab olish

Stadion.uz “Real Madrid” katta summa sarf etgan, biroq yakunda omadsiz transfer bo'lib chiqqan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib chiqadi.

5. Uesli Sneyder - 27 million evro.

Snayder o'z vaqtida dunyoning eng iqtidorli futbolchisi sifatida Madridga ko'chib o'tgan edi. Quvonarlisi shundaki, Uesli yoshroq paytida “Real” libosini kiydi. Aks xolda, uning faoliyati xavf ostida qolishi mumkin edi. “Real Madrid” rahbarlari o'zgargach, gollandiyalik futbolchi klubga keraksizga aylandi. Uesli “qirollik klubi”da gol kiritishi yoki assistni amalga oshirishi ham hech qanday ahamiyat kasb etmay qolgach, u ketishga qaror qildi. O'z vaqtida “Ayaks”dan 27 million evroga sotib olingan futbolchi Milanning “Inter” jamoasiga o'tib ketdi va ko'p o'tmay dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida qayta tanildi.

4. Aren Robben - 36 million evro.

Yoshlik chog'ida Snayderdan farqli o'laroq Robben super iqtidorli futbolchi sanalmagan. U hatto “Chelsi”ning asosiy tarkib futbolchisi ham emas edi. Shunga qaramay, “Real Madrid” uchun 36 million evro ortiqcha muammo tug'dirmadi. Qarabsizki, gollandiyalik futbolchi Angliyadan Ispaniyaga ko'chib o'tmoqda! Afsuski, iqtidorli Robben Madridda jarohatlar bilan o'ralashib qoldi. Achinarlisi,u “Real” safida deyarli har hafta turli jarohatlar orttirishdan uyog'iga o'ta olmadi. O'zining “qaymoqranglilar” libosidagi birinchi mavsumidan so'ng, “billur” laqabini olgan futbolchini “Bavariya”ga sotib yuborgan “Real” keyinchalik afsus chekkan bo'lsa, ajab emas. Gap shundaki, nemis shifokorlari Robbenning surunkali jarohatlariga barham berishni uddasidan chiqishdi. U esa, deyarli 10 yil davomida Myunxen jamoasining asosiy quroli sifatida maydonda to'p tepdi.

Kaka - 65 million evro.

Kaka hech qachon “Real”ga o'tish ishtiyoqida yonmagan, biroq klubdagi moliyaviy muammolar sababli,jamoa prezidentining iltimosiga ko'ra,Madridga ko'chib o'tadi. “Oltin to'p” sohibi “qirollik klubi”da chinakam furor ko'tarishi, jamoaning hujumdagi rang-barangligini ta'minlashi lozim edi, lekin barchasi kutilmagan tomonga burilib ketdi. Avvaliga jarohatlar, keyin asosiy tarkibdan tushib qolish, murabbiylar almashinuvi va barcha boshqa detallar Kakaning o'yinida keskin pasayish bo'lishiga turtki bo'ldi. Qarabsizki, braziliyalik futbolchi 4 yil davomida barcha musobaqalarda umumiy 23 ta gol kiritdi xolos. Bu uning darajasidagi futbolchilar uchun juda xunuk ko'rsatkich. Oxir-oqibat “Real Madrid” u bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. 65 million evrolik futbolchi yakunda erkin agent sifatida yana “Milan”ga qaytib ketdi.

2. Aser Illyaramendi 35 million evro.

Bu transferning narxi juda baland bo'lmasligi mumkin, biroq uning mantiqsiz ekanligi sabab 2-o'ringa joylashtirdik. Kroos, Modrich, Kazemiro singari yarim himoyachilarga ega klub nima uchun kamtarin “Real Sosedad” yarim himoyachisi uchun 35 million evro sarf etdi? Achinarlisi shundaki, “Real” Aserdan hatto rotatsiya chog'ida ham juda kam foydalandi. Kubokuchrashuvlarida ham kam ko'ringan ispan bilan klub shartnomani yangilashni istamadi va uni ham sobiq jamoasiga erkin agent maqomida tekinga qo'yib yubordi. Ko'plab mutaxassislar futbolchining darajasi hech qachon “qirollik klubi”ga mos emasligini bashorat qilishganiga qaramay,Florentina Peres o'z so'zidan qaytmadi. Oqibatda, uning qaysarligi klub byudjetiga 35 million evro zarar etkazgani qoldi, xolos.

1. Nikolya Anelka 40 million evro.

Mana bugungi “g'olibimiz”! o'z faoliyati davomida Anelka naqd 12 ta klub sharafini himoya qilishga ulgurdi. Janjalkash futbolchi hech qachon muxlislar ra'yiga qarab o'tirmagan. Shu sababli, birorta klub uni o'z afsonasiga aylantirmagan.

“Arsenal” bilan APLda zafar quchgach, frantsuz o'zi uchun chaqiruvga labbay deb javob berishga qaror qildi. Uni o'z safiga qo'shib olish uchun “Liverpul” va “Manchester Siti” urinib ko'rgan bo'lsa-da, qahramonimiz uchun kurashda “Real Madrid” va uning 40 million evrosi g'olib bo'ldi. O'sha davrlar uchun chinakam ulkan summa evaziga Madridga ko'chib kelgan markaziy hujumchi jamoa safida atigi 2 ta gol kiritdi xolos! “Real”dek grand jamoa safida ikkita gol?! Bundan ko'rinib turibdiki, “qaymoqranglilar” uning har bir goli uchun “Arsenal”ga 20 milliondan to'lagan. Ajablanarlisi shundaki, Nikola o'zi tomonga bo'layotgan e'tiroz va tanqidlarni yoshlik chog'ida ham qabul qilishni istamas, nuqul murabbiy bilan janjal chiqarish payida bo'lgan. Oqibatda, klub “bosh og'riq”dan qutilish maqsadida mavsum yakunlangach uni “PSJ”ga arzon-garovga sotib yuboradi.

BestMaster
22 Aprel 2020, 00:30
«real, madrid»ga, bekor, otgan, futbolchilar, top-5,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads