Madridning “Real” klubi futbolchisi Eden Azar kutilganidan ko'ra tezroq tiklanmoqda. Bu haqda Belgiya terma jamoasi ustozi xabar berib o'tdi.
“Eden qiyinchiliksiz yaxshi tiklanmoqda. Iyun oylarida u tayyor bo'ladi. Operatsiyadan keyin qiyin bo'lishi kutilgandi, biroq hammasi o'tib ketdi. Yaqinda u yugurishni boshlaydi”, -deydi Roberto Martines.
Eslatib o'tamiz, Azar joriy mavsumda ikki marta og'ir jarohat oldi. U La Ligada 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.