“Real”ning “Sevilya” safida ijarada o'ynayotgan himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Don Balon nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar ispaniyalik himoyachi uchun 25 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchining o'zi madridliklar safiga qaytmoqchi emasligini m'lum qilgandi.