Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barselona»dagi qayta qurish: iqtisodiy inqiroz va yozgi transferlar

.
- Yuklab olish

Yaqin bir necha yil ichida “Barselona” klubida katta o'zgarishlar bo'lishi aniq. Buyuk Messiga qaram bo'lib qolgan klub, yangi etakchi izlashiga to'g'ri keladi. Klub shu yo'sinda bir futbolchiga bog'liq bo'lib qolgan o'yin uslubidan boshqasiga o'tishga majbur bo'lishi kundek ravshan.

“Barselona”ning tarkibiga razm solib qarar ekansin, tez orada katta o'zgarishlar boshlanishi darrov anglashingiz mumkin. Mana futbolchilar ro'yxatiga e'tibor qarating. Ularning barchasi 31 yoshdan o'tib bo'ldi. Endilikda, Kataloniya klubi bu yigitlarning o'rnini bosishga qodir yosh va iqtidorli futbolchilarni izlab topishi lozim.

Messi — 32 yosh;
• Suares — 33 yosh;
• Buskets — 31 yosh;
• Rakitich — 32 yosh;
• Pike — 33 yosh. Yozda nima bo'ladi? “Barselona” transfer oynasida o'zini qanday tutadi?

Yuqori darajadagi ijrochilarni klubga jalb etish uchun katta mablag' kerak ekanligidan xabaringiz bor. Asosiy daromadidan ayrilgan Evropaning grand klublari yaqinlashib kelayotgan yozda katta pul sarf etishga qodir emas. Klublar homiylik shartnomalari, chipta savdosi, marketing va boshqa yana ko'plab boshqa daromad manbalaridan ayrilishgani bois vaziyat ancha og'ir. Ayniqsa, “Barselona” singari moliyaviy nostabil klubda bunday muammolar allaqachon yuzaga chiqib bo'ldi.
Kataloniyaklubidaromadining 83 foizifutbolchilarningmaoshigasarfbo'lmoqda. Buboshqagranklublarbilansolishtirganda “qo'rqinchli” raqamlar. “ko'k-anorranglilar” futbolchilarning 70 foizmaoshlaridanvozkechganigaqaramay, personalxodimlarniishdanbo'shatishdadavometishmoqda.

Ispaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, “Barsa” yozda 8 ta futbolchini transferga qo'yishi aniq bo'lib ulgurgan. Arturo Vidal, Ivan Rakitich, Filippe Koutino, Martin Bretueyt, Samuel Umtiti, Neto, Xunior Firpo va Antuan Grizmanni transferga qo'yish orqali 300 million evro daromad olishni reja qilmoqda. Bir qarashda odilona echim biroq, barcha futbolchisini birdaniga sotish orqali jamoa o'yinida pasayish kuzatilishi mumkin.
“Barselona” kimni xarid qilmoqchi?
Yozda katalon klubi o'z oldiga Neymar va Lautaro Martinesni xarid qilish vazifasini qo'ygan. Afsuski, “Maqsad aniq bo'lsa, manzil bir qadam” iborasi bu vaziyatda qo'llanilmaydi. Parij klubi prezidenti Nosir al-Xelayfiyo'tgan yozda “Barselona”ga bir necha bor Neymarni sotmasligini ma'lum qilgan va hatto ularning 200 million evrolik taklifini ham rad etgan edi. Endilikda bu transfer amalga oshish ehtimoli biroz yuqoriroq. Birinchidan,braziliyalik futbolchi ko'rsatayotgan futbol avvalgi darajasida emas. Buni barcha tushunib bo'ldi. Endi Neymar “Oltin to'p”ning kelajakdagi egasi yoki Ronaldu va Messi erasidan so'ng katta sahnaga chiquvchi shahzoda ham emas. U shunchaki 28 yoshida Parijdagi to'kin hayotga o'rganib qolgan erkatoy “bolakay” xolos. Boz ustiga, bugungi kunda uning transfer qiymati 180 milliondan 128 millionga tushib ketdi. Endi PSJ “Barselona”dan 150 million evrolik taklifga ham rozi bo'lishga shay ahvolda.

Neymar “Barselona”ga nima uchun kerak?

Birinchi navbatda Neymarning transferini shaxsan Messi istamoqda. Argentinalikning fikricha,aynan Neymar uning klubdagi ishlarini davom ettirishga qodir. U o'zidan so'ng, jamoada etakchilikni Neymar qo'lga olishini istamoqda.

Bundan tashqari, so'nggi mavsumlardagi Chempionlar ligasidagi alamli mag'lubiyatdan so'ng, klub rahbariyati katta tanqidiy bosimga uchradi. Barcha barcha jurnalistlar Kataloniya klubi boshqaruvidagilarni er bilan bitta qilishga kirishib ketgan. Neymarning transferi muxlislar va omma oldida yo'qotilgan mavqeni bir zumda tiklab berishga qodir.
Yozda kataloniyaliklar Neymarni 120-130 million evro evaziga sotib olishlari mumkin. Hozirgi inqiroz chog'ida hujumchi uchun boshqa birorta klub bunday katta summani to'lay olmaydi. Shunda ham “Barsa” 120 millioni naqd to'lamasligi kundek ravshan. Jamoa Neymarning transferi uchun yoki Dembeleni yo bo'lmasam Antuan Grizmanni qo'shib berish orqali summani keskin kamaytirishga urunib ko'radi.

Lautaro Martines – Kataloniya kelajagi

Lautaro borasida ishlar biroz chigal ahvolda. Uning “Barselona”ga o'tishi borasidagi muzokaralar juda uzoq va zerikarli ko'rinish olishi turgan gap. Bugungi kunda “Barsa” rahbarlari Lautaroni 33 yoshli Suaresning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda, biroq Milan klubi ham o'z etakchisi bilan xayrlashishga oshiqayotgani yo'q. Kataloniya klubi uchun asosiy muammo Martinesning tovon pulida ko'rsatilgan 111 million evro bo'lib turibdi. Og'ir karantindan so'ng, bunday katta summani hali sinovdan o'tmagan futbolchi uchun to'lab berish qanchalar to'g'ri bo'ladi? Boz ustiga, “Yuventus” bilan skudetto uchun kurashayotgan “Inter” kelasi mavsumni asosiy qurolisiz boshlashni istamasligini ham unutmaslik lozim.

“Inter” katta ehtimol bilan kelasi mavsum yakuniga qadar “Barsa” bilan muzokarlar olib borishi aniq. Bechora “Barselona” Lautaroni qo'lga kiritish uchun turli tuman variantlarni sinab ko'rishda davom etaveradi, “Inter” esa futbolchining xizmatlariga suyangan holda uzoq kutilgan “Yuve” gegemonligini bartaraf etishga urinib ko'rishda davom etadi. Neymarning transferidan so'ng, 111 million evro sarf qilishning ilojiyo'q. Aslida, kataloniyaliklar argentinalik hujumchiga yillik maoshi 10 million evroga teng bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qilishga ulgurishdi. Shunga qaramay, “Barselona”da kutish uchun vaqt yo'q. Jamoa nima qilib bo'lsada, yozda yuqorida nomi zikr qilingan yigitlarni sotib olish uchun barcha kuchini safarbar etadi. Jamoa bu yigitlar uchun qancha ketsa, shuncha ishlatishga tayyor alfozda turibdi. Ular uchun barchasini tiklash va yana avvalgi super darajaga qaytish uchun Lautaro va Neymar suv va havodek zarur.

Jamoa vaziyatdan qanday chiqib ketadi?

Birinchi navbatda ortiqcha futbolchilar sotib yuboriladi. Klub katta ehtimol bilan ishni Koutinodan boshlasa ajab emas. Britaniyanashrlari bergan xabarlarga qaraganda, “Barselona” braziliyalik yarim himoyachi borasida bir nechta taklifni rad etgan va o'z futbolchisi transferidan 70-90 million evro ishlab olmoqchi. Hozircha, “Chelsi” va “Tottenxem” klublari da'vogarlar qatoridan joy egallagan. Keyin Arturo Vidal 15-20 millionga “uchib ketadi”. Katta ehtimol bilan Ivan Rakitichning transferidan 20 million evro klub g'aznasiga kelib tushadi. Shuningdek, Bretueyt (20-25 mln) va Umtiti(30-50 mln) ham kelasi mavsumni boshqa jamoada boshlash arafasida turibdi.

Xulosa


“Barselona”dagi qaytaqurish 1 yoki 1,5 yil o'z salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Ayniqsa, koronavirus etkazgan zararlardan so'ng, klublar kelajakda ekonom rejimda hayot kechirishga (bir qancha muddat) to'g'ri keladi. Shunga qaramay, “Barselona” o'z nishonidagi futbolchilarni qo'lga kiritsa, kamida yana 3 mavsum juda yuqori tempda harakatqilishga qodir chinakam “gol mashina”siga aylanishi mumkin.

BestMaster
18 Aprel 2020, 09:30
«barselona»dagi, qayta, qurish, iqtisodiy, inqiroz, yozgi, transferlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Буни реал сайтида нима алоқаси бор
18 Aprel 2020, 13:26
 u7777u  
Бизга барса ҳақида хабарларни умуман қизиғи йуқ манга қолса банкрот булмайдима
18 Aprel 2020, 13:28
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads