Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Igor Sergeev: "Yutsa ham, yutqazsa ham "Real"ga muxlislik qilaveraman"

O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev "Tezkor studiya" efiri paytida jahonda qaysi klubga muxlis ekanligini aytib berdi.

.
- Yuklab olish

"Men "Real"ga muxlislik qilaman. Instagram sahifamga bazida klub suratlarini ham joylab turaman. "Real" hozir g'alaba qozona olmayapti? Demak men faqat g'alaba qozonayotgan klubga muxlislik qilishim kerakmi? Men yoshligimdan "Real"ga muxlisman, g'alaba qozonsa ham, yutqazsa ham. Deylik bugungi kunda yuqori darajada emasdir, ammo o'z vaqtida Roberto Karlos, Zidan, Bekxem, Ronaldo... Axir bu super top klub edi-ku. Keyin biroz pasayish bo'ldi, keyin yana yuqori chiqishdi, ketma-ket uch yil Evropa chempionlar ligasini yutishdi. Hozir yomon o'ynashsa demak "Real"ga muxlislik qilishni to'xtatishim kerakmi? ECHLni tasodifan uch yil ketma-ket yutib bo'lmaydi", - deydi Igor Sergeev.

Quyida "Tezkor studiya"ni to'liq tomosha qilish mumkin. 

BestMaster
17 Aprel 2020, 20:30
sergeev, yutsa, yutqazsa, realga, muxlislik, qilaveraman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads