Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Endi nima qilmoqchisan, Pogba?

.
- Yuklab olish

So'nggi kunlarda Pol Pogba tushib qolgan vaziyatga havas qilib bo'lmaydi. “Manchester Yunayted”ga katta umidlar bilan qaytgan futbolchi klubning “o'ziniki” bo'lib keta olmadi. Keyin “Real Madrid”ga transfer amalga oshmay qoldi. Endi esa, “qizil iblislar” uchun ham sekin-asta keraksiz futbolchiga aylanmoqda. Bugun futbolchi tushib qolgan murakkab holat bilan qisqacha tanishtirib o'tamiz.

Bugungi holat

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi etarlicha professional bo'lmagani bois birorta grand klub unga xaridor bo'layotgani yo'q. Aslida barcha klublarga top futbolchilar kerak bir paytda Pogbaning chetda qolib ketishi g'alati. Faqatgina Desham Pogbaning chinakamiga super futbolchi ekanligini amalda ko'rsata oldi xolos. “Yuventus”da Polning oldida Pirlo va boshqa ko'plab yuqori darajadagi ijrochilar bo'lgani bois qahramonimiz o'zini ancha erkin tutgan ko'rinadi. Vaholanki, 27 yoshida Pogba faqat pul dardida to'p surayotgan omadsizga aylanib qoldi. “Manchester Yunayted” 100 million evro evaziga yangi etakchi xarid qilishni rejalashtirgan edi, biroq yakunda Pogba bir mavsumda APLning atigi 7ta uchrashuvida maydonga tushuvchi o'rtamiyonalardan biri ekanligi ma'lum bo'lib qoldi. Endi jarohatlardan forig' bo'lgach esa, pandemiya tufayli o'yinlar qoldirildi.

Transfer mish-mishlari barchani zeriktirdi

Pol o'z farzandlari bilan ijtimoiy tarmoqda Ibrahimovich bilan bellashayotgan bir paytda agenti Mino Rayola Pogbaga yangi jamoa izlash bilan band.

Eng qizig'i shundaki, futbolchining agenti avvaliga mijozining yuragida “MYu” borligi haqida bayonot bergan bo'lsa, bir oy o'tib alsida Pogba “Yuventus” uchun tug'ilgani haqida so'zlashni boshladi. Pandemiya arafasida “Real Madrid” va PSJ klublari bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida barchani xabardor qildi. Soddaroq qilib aytganda,Rayola o'z uslubida ishlashni davom ettirmoqda.

Shu o'rinda qiziqarli savol tug'ilishi aniq. Aslida Pogba Sulisherga kerakmi? Omadsiz transfer sifatida qaralgan Fred maydon markazida o'z o'rnini topib oldi. Tayanch zonasida Maktomini va Matichyaxshi taassurot qoldirmoqda. Brunu Fernandesh jamoaning yangi pleymeykeriga bir oyda aylandi. Xo'sh, Pogba safga qaytsa, u qaerda harakat qiladi? Undan tayanch zonasida foydalanib bo'lmaydi. U doimo oldinga intiluvchi futbolchi. Gol kiritishi, keskir uzatmalar, zarbalar berishni xush ko'radiganlar toifasidan.

Inqiroz

Achinarlisi shundaki, ayni damda Pogba o'z faoliyatidagi inqirozni boshidan o'tkazmoqda. O'ziga o'xshamayotgan futbolchi uchun “qizil iblislar” haftasiga 335 ming evro to'lab kelishmoqda. Boz ustiga, kelasi mavsumda haftasiga 400 ming evroni “qurtday” sanab oladigan Sanches jamoaga qaytsa, klub byudjeti ancha zarar ko'rishi turgan gap. Bir qarashda Pogbani sotib yuborish fikri “Manchester Yunayted”ga katta talofat etkazmaydigandek tuyulmoqda. Shunday bo'lsada, uning transferidan katta pul ishlab olish biroz mushkul. Sababi, Turin superklubi ikki dunyoda ham Pogba uchun 100 million evro sarf qilmaydi. PSJga Pogbaning o'zi o'tmoqchi emas. Shunday ekan, faqatgina “Real Madrid” varianti qolmoqda xolos. Bu variant ham to'liq emas. Sababi, Perestransferga qarshi bo'lsa, Zidan Pogbaga murabbiylik qilishni istamoqda. Qaysidir ma'noda Florentinoni tushunish mumkin. APL yulduzlaridan biri ko'rsatgan karomat sababli u katta transferga qo'l urishdan cho'chimoqda. Shuningdek, Pogba uchun ayni damda katta ehtiyoj yo'qligini ham unutmaslik lozim. Federiko Valverde sekin-asta darajasini oshirib bormoqda. Modrich esa MLS sarguzashtlarini biroz ortga surishga qaror qildi. Kazemiro almashtirib bo'lmas futbolchi bo'lsa, Kroos bilan yaqindagina shartnoma uzaytirildi. Xo'sh, Pogba “Real Madrid”ga nima uchun kerak? Boz ustiga, 100 million evroga? “Qirollik klubi” Pogbaning o'rniga katta pul sarf etib bo'lsada Benzema uchun raqobatdosh futbolchini jamoaga jalb etish haqida boshqotirayotgani ma'lum.

Rayoladan ajoyib yurish

Futboldagi “Vebstera” qonuniga ko'ra, biror bir klubda 3 yildan ortiq to'p surgan futbolchi(agar 27 yoshdan oshgan bo'lsa) o'z maoshidan kelib chiqqan holda ma'lum miqdordagi pulni klub g'aznasiga o'tkazib berish orqali erkin agentga aylanish huquqiga ega. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Pogba o'z kontraktini sotib olishi uchun “Manchester Yunayted”ga 50 million evro o'tkazib berishi talab etilar ekan. Bir qarashda katta pullar, biroq bunday yurish orqali Pogba katta talofat ko'rmasligi aniq. Gap shundaki, u singari erkin agentni qo'lga kiritish uchun grand klublar ulkan shartnomalar va turli bonuslarni taqdim etishlari turgan gap. Asosiysi, Pogbaning boshqa jamoaga o'tishidan Rayola juda katta moliyaviy foyda oladi. Xolandning transferidan ulkan daromad qilgan Rayola nima uchun “boshi ochiq” Pogbadan pul ishlab olmasligi kerak?! Vudvord transfer qiymatidan ikki barobar arzonroq pul evaziga Pogbani qo'yib yuborishni istamasa-da vaziyat shunday ko'rinish olishi mumkin.

“Yuventus”ga Pogba zarur, biroq...

“Yuventus” bejizga Pogba bilan qiziqayotgani yo'q. Jamoadagi Matyudi o'z darajasida futbol o'ynamayapti. P'yanichning yozda jamoani tark etish ehtimoli juda yuqori. Bentakur maydon markazida hukmronlik qilishga qodir emas. Sarri aynan Pogba atrofida yarim himoyani qurish orqali o'z falsafasiga sodir qolishni istamoqda. Hozircha Turin klubi korana-tanaffusdan so'ng Pogba uchun katta maosh taklif eta olishi ham savol ostida turibdi. “Real” uchun markaziy hujumchi muhimroq bo'lsa, PSJga Pogba o'tishni istamaydi. Shunday ekan, uning oldida klubda qolishdan boshqa chora qolmayapti.

“Manchester Yunayted” qolish Pogbaning o'zi uchun qay darajada foydali?

Afsuski, “qizil iblislar” safida qolish Pogba uchun eng ma'qul variant emas. Gap shundaki, futbolchi va Sulsher o'zaro til topisha olmayapti. Pogba uchun Konte singari ortiqcha bosim uyushtirmagan holda talabchanlik ko'rsatuvchi murabbiy zarur. Mourinoning qattiqqo'lligi va Sulsherning oqko'ngilligi Pogbaga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Agar vaziyatni o'z holiga tashlab qo'ysa, tez orada Brunu Fernandesh muxlislar yoqimtoyiga aylanib olishi mumkin. Hatto Fred ham allaqachon personal muxlislar ortirishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan mavsumda 13 ta gol va 9 ta assistni amalga oshirgan Pogba esa Rayola sababli “sotqin” personajiga aylanib bormoqda. Boz ustiga, uning boshqalardan kattaroq maosh olishi ham jamoadoshlari o'rtasida tushunmovchilik kelib chiqishiga zamin yaratishi hech gap emas. Aslida bu yil o'tkazilishi kutilgan Evropa chempionatidan so'ng, Pogba o'zi uchun yangi jamoa tanlshi lozim edi, biroq vaziyat bunday ko'rinish olgani sababli uning faoliyati katta xafv ostida qolib ketdi. Ammo u hali barchasini boy berganicha yo'q. Unda hammasini o'z o'rniga qo'yish uchun etarlicha vaqt va imkoniyat mavjud. Hatto “Vebstera” qonuni ham Pogba uchun ikkinchi imkoniyatni taqdim etishga qodir. Soddaroq qilib aytganda, hali barchasi boy berilgani yo'q. Pogba juda ko'p narsaga qodir, biroq “Manchester Yunayted” libosida emas! Yangi marralar uchun yangi olam va yangi iqlim zarur!

Yaxyoxo'ja Ulug'xo'jaev

BestMaster
16 Aprel 2020, 00:30
nima, qilmoqchisan, pogba?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads