Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bum! «Real» operatsiyasi: Avval Xoland, keyin Mbappe

.
- Yuklab olish

Stadion.uz “Real Madrid” ustozi Florentino Peresning qay darajada o'z va'dasidan chiqa olishi mumkinligi borasida fikr almashadi.

Ispaniyaning “Marca” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “qirollik klubi” pandemiya davrida ham jamoaning kelajakdagi transferlari borasida bosh qotirishda davom etmoqda. Kecha Ispaniyaning birinchi raqamli nashrining jurnalida: “Xoland, keyin Mbappe” nomli maqola e'lon qilindi. Katta ehtimol bilan bu hazil emas.

“Real Madrid”ning hozirgi pallada katta transferlarga qo'l urishiga virus to'sqinlik qilish o'rniga ko'mak berib yuborishi hech gap emas. Ayni damda Peresning stoli ustida shunchaki taxminlar emas, hujum chizig'ini rivojlantirish borasida aniq bir reja bor ekanligi ko'rnib turibdi.

Agar Mbappe va Xolandni Madridga olib kelishning uddasidan chiqilsa, so'zsiz “Real Madrid” muxlislarini “Galaktikos”ning 3-avlodi bilan tabriklashimiz mumkin. Shunday bo'lsa-da, bu transferni amalga oshirish oson bo'lmasligi turgan gap. Katta transferlar uchun katta pullar va ulkan maoshga ega shartnomalar talab etiladi. Shunday bo'lsada, “ayyor tulki” – Florentino Peres bu yigitlarni qo'lga kiritish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni uddaburonlik bilan bajarishi aniq. Shunday ekan, o'z vaqtida Bekxem, Zidan, Ouen, Ronaldo, Ronaldu, Kroos, Modrich, Ramos va boshqa ko'plab yulduzlarni jamoasiga olib kelgan Peres uchun Mbappe va Xoland transferi katta muammo tug'dirma kerak.

Boz ustiga, “Real Madrid”ning hujum chizig'ida bugun muammolar yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. Ronaldu bor paytda, bu narsa ko'zga tashlanmayotgan edi. Afsuski, bugungi kunda “Real Madrid” hujum chizig'ida butun dunyoda muxlislari bor birorta futbolchi qolmadi. Stabillik etishmaydigan Benzema va Beyldan tashqari, hatto terma jamoaga ham kam chaqiriluvchi Vinisiusni, tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan Vaskes, jarohatdagi Asensio, o'spirin Rodrigo, nima uchun xarid qilingani jumbog' bo'lgan Xames singari futbolchilar o'rnini yangi megayulduzlar egallashi mantiqan to'g'ri. Bugungi kunda “Real” dunyodagi eng kuchli himoya va yarim himoyaga ega. Darvozabon borasida ham muammolar bartaraf etildi hisob. Endi navbat hujumga! Tan olish lozim, qariya Peres ishni ko'zini biladigan prezident. Bejizga Madrid klubi uning qo'lostida Evropani bir necha bor zabt etgani yo'q.

Xolandni Madridga olib kelish “Real” uchun katta muammo tug'dirmasligi turgan gap. “Borussiya Dortmund” “qaymoqranglilar” bosimiga dosh bermasligi turgan gap. Afsuski, Mbappe borasida bunday deb bo'lmaydi. Qatar amirlari Killianni jamoada saqlab qolish evaziga klubni “Barselona” va “Real” darajasiga olib chiqishni reja qilmoqda. Bu haqida, yaqinda rasmiy ma'lumot ham berilganidan xabaringiz bor. Shunga qaramay, “Marca”bejizga Mbappening transferini keyingi yil amalga oshishiga sha'ma qilgani yo'q. Gap shundaki, Mbappe va “PSJ”o'rtasidagi shartnomaga ko'ra, Agar parijliklaro'z hujumchisini kelasi yil sotib yubormasa, unda erkin agent maqomiga ega bo'lish huquqi paydo bo'ladi. Ya'ni, Killian jamoa bilan shartnoma tuzishdan bosh tortadi va shartnoma muddatini o'tib bo'lgach (3 yildan so'ng),istagan jamoasi bilan shartnoma tuzishi mumkin. Shunga qaramay, tez orada PSJ Killianni hayratda qoldirishga qodir shartnomataklif etishi kutilmoqda. Shunday ekan, Peres rejasining ikkinchi qismi 50/50 bo'lib turibdi.

Xoland 75 million evro

To'g'ri, Ronaldu ketgach, Karim ko'p gol kiritishni boshladi, biroq tan olish lozim,u jarima maydonchasi ichidagi qotil emas. U shunchaki jamoaviy hujumda benazir forvard. Yovich borasida ham birorta iliq fikr bildirishning iloji yo'q. U katta ehtimol bilan ijara asosida kelasi mavsum boshqa jamoa sharafini himoya qiladi. Shunday ekan, bugungi kunda “Real” uchun chinakam 9-raqam egasi suv va havodek zarur. Tez orada 33 yoshni qarshi oluvchi Karimning o'rnini bosishga qodir futbolchilarni izlab topish oson ish emas. Norvegiyalik futbolchining agenti – Mino Rayola mijozi kamida 2021-yilga qadar Dortmundda qolishi, biroq undagi progress sababli hammasi 2020-yilda o'zgarib ketishi mumkinligi haqida bayonot berganidan xabaringiz bor. E'tiborlisi shundaki, Rayola “Borussiya” bilan mijozi shartnoma imzolayotganida Erling uchun ajoyib bir bandni shartnomaga qo'shtirgan edi. Unga ko'ra, futbolchi uchun bir nechta klub 75 million evro taklif qilsa, nemis klubi uni sotishga majbur. Bu klublar ro'yxatida “Real Madrid”ning borligi kundek ravshan.

“Agar “Real” meni kuzatayotgan bo'lsa, demak barchasini to'g'ri amalga oshiryapman. Bu yoqimli holat.Tayyormanmi? Avvalo bundan nima yutishim va nimalarni boy berishimni o'ylab olishim kerak”.

Keyin Mbappe!

“PSJ” jamoasi Killianni olib qolish maqsadida hatto Neymardan voz kechishgacha borishi aniq. Boz ustiga, koronavirus sababli paydo bo'layotgan muammolar yulduz futbolchilarni jamoada olib qolishni yanada mushkullashtirib yubormoqda. 2021-yilga kelib, Parij klubida vaziyat qanday bo'lishi dargumon. Kuni kecha “PSJ” jamoasining sobiq futbolchisi Jeromi Roten bergan intervyudan so'ng, Mbappening “Real Madrid”ga o'tishi borasidagi mish-mishlar yanada avj oldi.

“O'z manbalarimga suyandan holda shuni aytishim mumkinki, Mbappe allaqachon bir oyog'i bilan “Real Madrid” futbolchisi bo'lib ulgurdi. Qatar amirlarining vaziyatga aralashgani bois, bu mavsumda Killian Parijda qoladi, biroq kelasi mavsum u baribir Madridga ko'chib o'tadi”.

Korona-tanaffus nafaqat klublarning, balki futbolchilarning ham rejalarini buzib yubordi. Killian bu yili Olimpiada va Evropa chempionatida to'p surishi kerak edi. Bu musobaqalardagi zafarli yurish uning qiymatini yanada oshirishi kutilayotgan bir paytda, barchasi keyingi yilga qoldirildi. Bundan tashqari, Mbappe Parij klubi bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolgan xolda xayrlashmoqchi. Futbolchi parijliklar tomonidan berilgan barcha va'dalarining ustidan chiqqani uchun minnatdor.

“Real” va Parij klubi o'rtasidagi munosabatlar ancha do'stona alfozga kelib ulgurgan. Katta ehtimol bilan 2021-yilda Mbappe katta summa evaziga (“PSJ”ni xafa qilmaydigan summa) Madridga ko'chib o'tadi. Killian va Zidan o'rtasidagi o'zaro qiziqish shu yo'sinda yakun topishi ancha oldin taniqli nashrlar tomonidan bashorat qilingani bejiz emas. Faqat korona-tanaffusning yakunini kutish qoldi xolos.

Agarda “Real Madrid” “Avval Xoland, keyin Mbappe” operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirsa, ikkita porlab chiqayotgan yulduzlarning “dahshatli” tandemini ko'rish imkonimiz paydo bo'ladi. Faqat virus tezroq ortda qolsa bo'lgani. Hozir bu tandemni ko'rishimiz uchun shu to'siqdan o'tishimiz kerak. Qolgan deyarli barchasi hal etilgan.

BestMaster
14 Aprel 2020, 08:30
«real», operatsiyasi, avval, xoland, keyin, mbappe,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads