Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Classic Match»da el-klasiko-2004

"Ronaldinoning ilk klasikosi bugun..."

.
- Yuklab olish

"Ronaldinoning ilk klasikosi bugun..."

“Raul sof hujumchi, Ronaldo tusholmaydi, afsus..."

“Klyuvertni boshidan tushirish kerak, Saviola asosiyga tortmayapti..."

"Zidan va Figu yonida Bekhemni ko'raman, deb o'ylamovdim..."

"Doimgi liderlar -- Puyol, Roberto Karlos joyida!"

Ushbu gaplarga ham 16 yil bo'libdi. 2004 yilning 25 aprelida Evropaning nigohi "Santyago Bernabeu"dagi klasikoga qadalib qolgandi. 34-turga qadar "Real" va "Valensiya" peshqadam, "Barselona" ozgina ortda, chempionlik o'yini edi demak...

EChL da ham yarim finalga "Deportivo", "Chelsi", "Monako" va "Portu" chiqqach, bu klasiko mavsumning yagona KATTA O'YINIga aylanib qoldi.

Xo'sh, o'sha kuni Madridda nima bo'lgandi?

Internet titkilash yo'q, ma'lumot izlash yo'q, FUTBOL TV orqali 21:00 da namoyish etiladigan "Classic Match"ni jonlidek kuzatish uchun, tarixga ro'yi rost qaytish uchun...

Galaktikos deganlari Karlush Keyrush boshchiligida muhim pallada qanday harakat qiladi va Xavi kelajakdagi "do'stlarisiz" o'zini qanday tutadi u davrlar?!

21:00 da bugungi barcha ishingizni o'tmish klasikosiga almashib turasiz:)

Sharhida Xayrulla Hamidov, dejavyu buyog'i.

BestMaster
13 Aprel 2020, 19:30
«classic, match»da, el-klasiko-2004,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads