Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl: Agar yana jarohat bezovta qilmasa, ajoyib mavsum o'tkazaman

"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl Marca nashri xodimlariga intervyu berib o'tdi.

"Men "Real"dan ketishni rejalashtirayotganim yo'q. Bilaman, jamoada asosiy tarkibga qaytish qiyin, lekin men bu jamoa tarkibida o'ynash uchun kelganman. OAV men haqimda ko'plab xabarlar chiqarmoqda. Bu to'g'ri emas. Barchasi mening jarohatim sabab, lekin bu endi ortda qoldi. Men yana yuqori saviyada futbol o'ynay olaman, yaxshi formada bo'lib o'zimning maksimal o'yinimni ko'rsatishga qodirman. "Real Madrid" bilan uzoq yillik shartnoma imzolaganman va bu jamoa tarkibida o'ynashdan faxrlanaman. Ishonchim komil, bizni ajoyib mavsum kutmoqda. Men esa ko'plab gollar urishni rejalashtirayapman. Agarda meni yana jarohatlar bezovta qilmasa, ajoyib mavsum o'tkazaman.

Xa, "MYU"ga o'tishim borasida mish-mishlar bo'ldi. Nazariy jihatdan men britaniyalikman va meni ortga qaytishim haqida gap-so'zlar bo'lishi tabiy. Bunday xolat Bekhem va boshqa britiniyaliklar bilan ham sodir bo'lgan. Hech narsa yangilik emas. Men "Real"daligimdan baxtiyorman. Har qanday qiziqishlar bo'lishi mumkin, ammo aniq bir taklif bo'lmasa, hech narsani muhokama qilishdan foyda yo'q." - deydi Beyl.

BestMaster
18 Iyul 2017, 08:10
agar, yana, jarohat, bezovta, qilmasa, ajoyib, mavsum, otkazaman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jaahaa  
Hudo hohlasa bu mavsum jarohat bezota qilmaydi beyl
18 Iyul 2017, 08:21
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads