Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Transfer narxi keskin tushib ketgan futbolchilar top 7

.
- Yuklab olish

Stadion.uz korona-tanaffus sababli transfermarket portalida keskin arzonlab ketgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.

Kristian Erikson -32 million evro

 

Qishda daniyalik futbolchi APLdan “A Seriya”ga ko'chib o'tgach, kutilganidek asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Boz ustiga, futboldagi to'xtalish sababli Eriksenda 4 yil deganda birinchi bor transfer qiymati tushib ketdi.

 

Filippe Koutino -34 million evro

 

Braziliyalik futbolchi transfermarketdagi yangilangan narxlarga ko'ra, 34 million evroga arzonlab ketdi.

Endilikda uni qo'lga kiritishni istagan klub 56 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Vaholanki, “Barselona” braziliyalik futbolchi uchun “Liverpul”ga 120 million evro to'lagan edi.

Bundan ko'rinib turibdiki, Koutino “Barselona”ga o'tgach, 60 millionga arzonlab ketdi.

Antuan Grizman -34 million evro

Antuan yozda “Barselona” safiga kelib qo'shilishi uchun Kataloniya klubi 120 million evrodan voz kechishiga to'g'ri keldi.

Afsuski, amaldagi JCh g'olibi deyarli bir mavsum davomida transfermarket portalining hisob-kitoblariga ko'ra umumiy 50 million evroga arzonladi.

Bunday pastlashga Grizmanning “Barselona”dagi nursiz o'yinlari sabab bo'lmoqda.

Lionel Messi -38 million evro

Koronavirus sababli Leo ham transfermarketdagi o'rnini bo'shatib berishga majbur bo'ldi. 6 bor “Oltin to'p”ga loyiq ko'rilgan futbolchi 38 million evro “yo'qotgach”, 7 ta futbolchini transfer narxi borasida o'zidan oldinga o'tkazib yubordi. Shunga qaramay, Messi 30 yoshdan oshgan futbolchilar ichida 100 milliondan yuqori baholangan yagona futbolchi bo'lib turibdi.

Usman Dembele -44 million evro

 

Bugungi ro'yxatimizdagi “Barselona”ning 4-futbolchisi – Usman Dembelening holatiga havas qilib bo'lmaydi.

Frantsuz katta ehtimol bilan yozda Ispaniyani tark etadigan ko'rinadi. Afsuski, kataloniyaliklar kamida 10 yil Usmanni klub tarixidagi eng omadsiz transfer sifatida esga olishlari mumkin.

Neymar -52 million evro

 

Braziliyalik hujumchi korona-tanffus chog'ida yangilangan narxlar e'lon qilingach, naqd 52 millionga arzonlagani ma'lum bo'ldi.

Dunyoning eng qimmat futbolchisi maqomida PSJ klubi libosini kiygan futbolchi tinmay “Barselona”ga qaytish harakatida yuribti.

Endilikda Neymar uchun transfermarket portali bergan xabarlarga ko'ra 128 million evro to'lash kifoya qiladi, biroq Parij klubi hujumchini bu summaga qo'yib yubormasligi aniq.

Eden Azar -70 million evro

Barchadan ko'ra so'nggi bir oy ichida Eden Azarda katta “yo'qotish” kuzatildi. Qahramonimiz transfer qiymatining 70 millionini yo'qotgach, ro'yxatimizning birinchi pog'onasiga loyiq ko'rildi.

To'g'ri hozir ham belgiyalik futbolchini transfermarket 80 millionga (chakki narx emas) baholamoqda, biroq bu Azar uchun juda past ko'rsatgich.

To'xtab qolgan mavsum, jarohatlar va omadsiz debyut Azarning transfer qiymatiga katta ta'sir o'tkazgan ko'rinadi. Shunday bo'lsada, Edenda barchasini o'nglash va o'z darjasiga qaytish uchun etarlicha vaqt mavjud.

BestMaster
12 Aprel 2020, 06:00
transfer, narxi, keskin, tushib, ketgan, futbolchilar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads