Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos haqida sizni hayratda qoldiruvchi 10 ta fakt

.
- Yuklab olish

“Real Madrid” jamoasi sardori, JCh, Evropa Chempionati, EChL va yana boshqa ko'plab musobaqalar g'olibi Serhio Ramos haqida siz bilmagan faktlarni keltirib o'tamiz. Ishonchimiz komilki, ushbu faktlardan xabar topgach, u haqidagi fikringiz o'zgaradi.

1-fakt

Serhio yoshligidan korrido ishqibozi sanaladi. Qahramonimiz toreador bo'lishni orzu qilgan. Uning aytishicha, yoshligida futbol bilan professional tarzda shug'ullanish hayoliga ham kelmagan ekan.

2-fakt

15 yoshida futbolchini sevgan qizi tashlab ketadi. Buning sababi esa, Ramosning juda ham ota-onasiga bog'lanib qolgani ekan. Ma'lumotlarga qaraganda, Ramos o'spirinlik paytida hech qachon uyga 21:00 dan kech qolib kirmagan

3-fakt

Ramos bugugni kunda dunyoning eng janjalkash himoyachilaridan biri sanalsada, yoshlik chog'ida juda qo'rqoq bolakay bo'lgan. Qahramonimiz bolalik chog'ida doimo ota-onasi bilan “Sevilya” akademiyasidagi mashg'ulotlarga tashirf buyurgan va ular bilan uyga qaytib ketgan.

Ana shunday kunlardan birida Ramosning ota-onasi uni mashg'ulotdan so'ng olib ketishni unutib qo'yadi. Oqibatda, Serhio futbol maydonining bir chetida o'tirgancha hech qaerga ketmay kech bo'lguniga qadar bazada qolib ketadi. Uni ko'rib qolgan “Sevilya” klubi prezidenti vaziyatdan xabar topgach, bo'lajak yulduzni uyiga elitib qo'yadi.

 

4-fakt

 

“Real” sardori hech qachon hech narsaga kech emasligini amalda isbotlagan shaxs sifatida ko'zimiz oldida gavdalanadi. Gap shundaki, u faqat 14 yoshdagina futbol bilan professional tarzda shug'ullanishga qaror qilgan. Unga qadar Korrido bo'lgan sevgisi ustunlik qilgan.

 

5-fakt

Ramos “Real Madrid” bilan shartnomani transfer oynasi yopilishiga yarim soat vaqt qolganidagina imzolagan. Bunga uning yonida ruchka yo'qligi sabab bo'lgan.

6-fakt

Florentina Peresga Serhio Ramosni sotib olish fikrini flamenko ijrochisi Xose Merse bergan. Qo'shiqchining aytishicha, u Ramosning o'yinlarini ko'rib zavqlangan va o'z taassurotlarini Peres bilan o'rtoqlashgan ekan.

7-fakt

Serhio juda ham irimchi futbolchilar sirasiga kiradi. Qahramonimiz har safar maydonga tushayotganida avvaliga chimga o'ng qo'lini so'ng, o'ng oyog'ini tekizadi.

 

8-fakt

Ramos o'z faoliyatida faqat 4 raqam bilan harakatlanganiga qaramy, uning badanida 7 raqam tushirilgan surat mavjud. Futbolchining aytishicha, etti omad keltiruvchi raqam ekan.

9-fakt

Ko'plab futbolchilarda oliy ma'lumot yo'q. Serhio Ramosda 28 yoshgacha xatto o'rtma ma'lumot ham bo'lmagan! Faqatgina 2014-yilning noyabr oyiga kelib Ramos imtihonlarni a'lo baholarga topshirib 2004-yilda tashlab ketgan maktabini tamomlashga muvaffaq bo'ldi.

10-fakt

Serhioga “Real” futbolchilari “Lo'li” deb laqab qo'yishgan. Gap shundaki, Ramos aynan shu millat ijro etuvchi flamenko raqsi va qo'shiqlarining shaydosi sanaladi. Futbolchi xatto flamenkoni yaxshiroq o'zlashtirish maqsadida qo'shimcha kurslarda ham o'qigan va bugungi kunda gitarada bir nechta kuylarni chalishga qodir.

BestMaster
12 Aprel 2020, 05:00
ramos, haqida, sizni, hayratda, qoldiruvchi, fakt,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Капитан
12 Aprel 2020, 15:49
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads