Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi, Ronaldu, Neymar va boshqalarning maoshi qanchaga kamaydi?

.
- Yuklab olish

Korona-tanffus sababli futbol olami katta zarar ko'rganidan xabaringiz bor. Bu zarar dunyoning eng katta maosh oluvchi futbolchilarini ham chetlab o'tmadi. Xo'sh,ularning maoshi qay darajada qisqartirildi? Bugun shu savolga qisqacha javob berib otamiz.

Lionel Messi

“Forbes” jurnali taqdim etgan ma'lumotlarga qaraganda, Leoning “Barselona”dagi yillik maoshi 90 million evroni tashkil etadi. Bu pullarning deyarli yarmi soliq sifatida Ispaniya hukumatiga o'tib ketishini inobatga olsak, qahramonimizning haftalik maoshi 866 ming evroga teng bo'lmoqda.

30-mart sanasida Leo o'z Instagramdagisahifasida “Barselona” futbolchilari koronavirus sababli og'ir vaziyatga tushib qolgan klubni qo'llab-quvvatlashmaqsadida maoshlarining 70 foizidan voz kechishganini rasman e'lon qildi. Bundan kelib chiqadiki, endilikda Messi haftasiga 260 ming evro maosh olmoqda. Shu yo'sinda, Messi o'zining haftalik maoshining 606 ming evrosini klub fondida qolishini ta'minlamoqda. Bundan tashqari, qahramonimiz o'z haftalik maoshidan 35mingini klubda faoliyat olib boruvchi xizmatchilarning maoshi sifatida ularning hisob-raqamlariga o'tkazib bermoqda.

Krishtianu Ronaldu

Ronaldu daromad borasida Messidan keskin farq qiladi. U “Yuventus” klubidan yiliga 31 million evro maosh oladi. Bundan tashqari, turli reklamalar qahramonimizga 44 million evro sof daromad keltiradi. Krish “Yuventus” safida barcha soliqlardan tashqari haftasiga 600 ming evro maosh olishda davom etayotgan edi. Endilikda bu summa keskin kamayib ketishi mumkin. Gap shundaki, yaqindagina “Yuventus” klubining rasmiy sayti jamoa futbolchilari va murabbiylari o'zlarining deyarli 4 oylik maoshlaridan voz kechishga rozi bo'lishganini rasman ma'lum qildi. Agar amalda ham shunday bo'lib chiqsa, Krish yillik daromadining 33 foizidan ayriladi. Oqibatda uning haftalik maoshining qiymati 400 ming evroga tushib ketadi. Yillik foydasi esa 20 millionni tashkil etishi mumkin. Bundan tashqari, “Tuttosport” nashri bergan xabarlarga suyanadigan bo'lsa, Ronaldu va Buffon klub uchun o'z hisoblaridan 3,8 million evro xayriya qilishni rejalashtirmoqda. Agar bu ish amalga oshsa, Ronalduning yillik daromadi yana 13 foizga qisqarib ketishi aniq.

Neymar

8-aprelsanasida ESPNnashri PSJ klubi futbolchilarning va o'rinbosarlarning maoshi kamaytirilishini rasman e'lon qildi. Parijliklar katta maosh oluvchi futbolchilardan kattaroq, kichikroq moyana oluvchi futbolchilardan kichikroq summa chegirib qoladigan bo'ldi. Bugungi kunda Parij klubi Neymar uchun yiliga 70 million evrodan voz kechishiga to'g'ri kelmoqda. Soliqlarni ayirib tashlasak, braziliyalik futbolchining qo'liga bir yilda 37 million evro kelib tushmoqda. Bu haftasiga 711 ming evro degani. ESPNnashri bergan xabarlarga ko'ra, Neymarning maoshi 50 foizga qisqartirilgan bo'lib, endilikda hujumchi haftasiga 355 ming evroni uyiga olib ketmoqda.

Antuan Grizmann

Maoshlarning qisqartirilishi Antuanning daromadiga keskin ta'sir o'tkazishi turgan gap. Amaldagi JCh g'olibi reklama kompaniyalari bilan ishlash borasida bugungi ro'yxatimizdagi yigitlardan ancha ortda qolmoqda. Shu sababli, uning yiliga 21 million evro maoshi oldida qo'shimcha daromadi ko'rinmay ketadi. Korona-tanaffusga qadar haftasiga sof 155 ming evro ishlab topayotgan Grizmanning daromadi 66 minggacha tushib ketdi.

Killian Mbappe

“Real Madrid” jamoasining nishonida turgan hujumchi Parijda bir yilda 26 million evro ishlab topmoqda. Agar soliqlarni ayirib tashlasak, bu haftasiga 230 ming evrno tashkil etmoqda. Endilikda Killianning o'z maoshining 50 foizidan voz kechgani sababli 155 ming evroga qanot qilishdan boshqa chorasi yo'q.

Garet Beyl

Garet «Forbes» jurnali tomonidan bir yilda eng ko'p maosh oluvchi sportchilar top-100ligidan joy olgan uelslik “golf”chining yillik sof maoshi 10 million evroga teng. Bu haftasiga 190 ming evro degani.

Hozircha “Real Madrid” o'z futbolchilarining maoshi qisqartirilgani borasida rasmiy ma'lumot bilan chiqqani yo'q. Shunga qaramay, klub mavsum davom etishiga qarab 10 foizdan 20 foizgacha chegirma qilishi mumkinligi borasida futbolchilarini ogohlantirib qo'ydi. Agar maosh qisqartirilsa, Beyl yillik daromadining 1 yoki 2 millionidan ayrilishi mumkin.

Muhammad Saloh

“Liverpul”ning asosiy yulduzi ko'pchilik tahmin qilganidek katta moash olmaydi. Salohning maoshi u kiritgan gollar, ishtirok etgan uchrashuvlari va shunga o'xshash turli bonuslar evaziga kattalashishi mumkin. «Forbes» jurnali bergan ma'lumotga suyanadigan bo'lsak, uning yillik o'rtacha daromadi 8 millionga yoki haftasiga 150 ming evroga teng.

APLning boshqa futbolchilari singari u ham hozircha to'liq maosh olishda davom etmoqda. Shunga qaramay, “Liverpul” klubi o'z futbolchilarining maoshini 30 foizga qadar qisqartirishga tayyor ekanligini rasman e'lon qildi.

BestMaster
12 Aprel 2020, 00:00
messi, ronaldu, neymar, boshqalarning, maoshi, qanchaga, kamaydi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads