Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Felan: “Biz Ronalduni jamoaviy futbolchiga aylantirgandik”

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsherning yordamchisi Mayk Felan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning manchesterliklar safidagi o'yinlarini yodga oldi.

.
- Yuklab olish

“Ronaldu barchadan ajralib turardi. U MYU murabbiylardan ko'proq maslahatlar olishga intilardi. O'ziga o'zi talabchan edi. 

Biz Krishtianuni jamoviy o'yinga moslashtirishimiz shart edi. Amalda shunday bo'ldi ham. Mashg'ulotlarda shunday holatlar ham bo'lardiki, u buni amalga oshirishni istamasdi. Biroq biz shu ishni qilishga majburlardik. 

MYUdagi muvaffaqiyatili o'yinlaridan keyin  u  “Real”ga o'tdi. Men uning Madrid klubi safidagi o'yinlarini ko'rib turib,  bir qator jihatlarga etibor berdim. U bu ishni aynan MYUda o'rgangandi. MYU mashg'ulotlarida berilgan topshiriqlarni u “Real” safida amalga oshira boshlagandi. Buni kuzatish judayam yoqimli edi. 

Biz Krishtianu Ronalduni kashf qildik, deyishdan yiroqman. Uning yulduz bo'lib porlashiga ko'pchilik sababchi bo'lgan.  Ammo uning o'zi birinchi navbatda buni judayam xohlagan. Krishtianuning ishtiyoqi judayam yuqori edi”, dedi Felan.

57 yoshli mutaxassis 2001-2013 yillarda ser Aleks Fergyusonning murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.

BestMaster
11 Aprel 2020, 01:00
felan, “biz, ronalduni, jamoaviy, futbolchiga, aylantirgandik”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads