Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Narxi eng ko'p arzonlashgan futbolchilar. Top-10

Transfermarkt portali koronavirus pandemiyasi tufayli o'yinchilarning narxlarini pasaytirishga qaror qildi.

.
- Yuklab olish

Transfermarkt portali koronavirus pandemiyasi tufayli o'yinchilarning narxlarini pasaytirishga qaror qildi. Deyarli barcha futbolchilarning narxi o'rtacha 20 foizga kamaytirilgan bo'lsa, 1998 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilarning narxi 10 foizga pasaytirildi. Narxi 300 ming evro va undan arzon bo'lgan o'yinchilarning narxiga esa o'zgartirish kiritilmadi.

Narxi o'ng katta o'zgarishga uchragan futbolchi — bu "Real" yarim himoyachisi Eden Azar bo'ldi. Mavsum davomida ko'p vaqtini jarohatda o'tkazgan belgiyalik futbolchining narxi naq 70 million evroga "tashladi".

Undan keyingi pasayish esa "PSJ" hujumchisi Neymarda kuzatildi — 52 mln. evro. Uchinchi pog'onani "Barsa" forvardi Usmon Dembele egalladi — 44 mln. evro.

Lionel Messining transfer narxi esa 38 millionga kamaygan bo'lsa, Antuan Grizmann va Felippe Koutinoning baholari 34 million evroga tushib ketdi.

Shuningdek, narxi eng katta pasaygan futbolchilar o'ntaligiga Krishtianu Ronaldu ham kirdi. Portugaliyalik futbolchining bahosi 30 million evroga arzonlashib, hozirda 60 million evroni tashkil qilmoqda.

BestMaster
10 Aprel 2020, 15:30
narxi, arzonlashgan, futbolchilar, top-10,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Нархи ҳеҷ нарсани англатмайди
10 Aprel 2020, 16:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads