Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Koronavirus tufayli Transfermarkt narxlarni pasaytirdi: Messi va Ronaldu nechanchi o'rinda (+ro'yxat)

Transfermarkt portali koronavirus pandemiyasi tufayli o'yinchilarning narxlarini yangiladi.

.
- Yuklab olish

Transfermarkt portali koronavirus pandemiyasi tufayli o'yinchilarning narxlarini yangiladi. Deyarli barcha futbolchilarning narxi 20 foizga kamaytirilgan bo'lsa, 1998 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilarning narxi 10 foizga pasaytirildi.

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe jahonning eng qimmat futbolchisi bo'lib turibdi. Portal uning narxini 180 mln evro baholadi (avval 200 mln evro edi). Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rahim Sterling va «PSJ» forvardi Neymar egallashdi (ikkisining narxi — 128 mln evrodan).

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi reytingda 9-o'rinni egallab turibdi (112 mln evro). «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 60 mln evro narx bilan 46-pog'onani band etdi.

Transfermarkt versiyasi bo'yicha jahonning eng qimmat futbolchilari reytingi:

1. Kilian Mbappe («PSJ») – 180 mln evro

2-3. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 128 mln evro

2-3. Neymar («PSJ») – 128 mln evro

4-7. Sado Mane («Liverpul») – 120 mln evro

4-7. Muhammad Saloh («Liverpul») – 120 mln evro

4-7. Xarri Keyn («Tottenxem») – 120 mln evro

4-7. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 120 mln evro

8. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 117 mln evro

9. Lionel Messi («Barselona») – 112 mln evro

10. Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») – 99 mln evro

...

46. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 60 mln evro.

BestMaster
9 Aprel 2020, 00:00
koronavirus, tufayli, transfermarkt, narxlarni, pasaytirdi, messi, ronaldu, nechanchi, orinda, +royxat,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads