Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu o'tishi mumkin bo'lgan 5 ta klub

.
- Yuklab olish

Stadion.uz “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning keyingi manzili bo'lishi kutilayotgan 5 ta klub nomini taxmin qilib ko'radi.

Turin superklubi Italiyadagi moliyaviy inqiroz chog'ida o'z futbolchilarining ayrimlarini transferga qo'yishga qarshi emas. So'nggi kunlarda Ronalduning Turinga qaytib kelmasligi borasida xabarlar ko'payib bormoqda. “Yuve” ham bu xabarlarning yolg'on ekanligini, Ronaldu jamoada qolishini e'lon qilganicha yo'q. Agar Ronaldu ketsa, uning keyingi manzili qaysi klub bo'ladi? Bugun shu savolga javob izlab ko'ramiz.

«Pari Sen-Jerman»

Ko'plab Italiya nashrlarining ma'lum qilishicha, Ronalduga birinchilardan bo'lib Parijning «PSJ» jamoasi haridor bo'lishi kutilmoqda. Gap shundaki, futboldagi inqiroz davrida ham qatarlik investorlarda hech qanday muammo mavjud emas. Turinliklar Ronaldu uchun 70-90 million evro atrofida so'rashlari turgan gap. Hozircha Ronaldu bu variant borasida lom-mim demagan bo'lsa-da, «PSJ» rahbarlari uning transferi uchun barcha narsaga tayyor. Gap shundaki, agar Ronalduni «PSJ» sotib olsa, u katta ehtimol bilan yozda “Barselona”ga qaytishi kutilayotgan Neymarning o'rnini egallashi mumkin.

«Guanchjou Evergrand»

Ronalduning Turinga qaytmoqchi emasligi borasidagi xabarlar paydo bo'lgach, Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uni jamoasiga chorladi. Bundan tashqari, murabbiy futbolchi o'z karerasi so'nggida Xitoyda to'p surish niyati bor ekanligini aytganiga ham sha'ma qildi. Hozircha bunga ishonish qiyindek tuyulmoqda, biroq Xitoy klubi super shartnoma taklif etsa, nima uchun Krish Osiyoga tashrif buyurmasligi mumkin? Tan olish lozim, Ronaldu 35 yoshda va bu mantiqiy yakuntobora yaqinlashib kelayotganidan dalolat bermoqda. O'tgan mavsumda golfchi Beyl uchun haftasiga 1 million evro va'da qilgan klub, Ronalduga qancha taklif qilishini tasavvur qilyapsizmi? Boz ustiga, murabbiy ham eski qadrdonlardan. Bu variantni ham chetga surib tashlashga shoshilmang!

“Manchester Yunayted”

Taniqli “The Sun” nashrining ma'lum qilishicha, “Manchster Yunayted” hali-hamon Ronalduni ortga qaytishini intiqlik bilan kutmoqda. Hatto 35 yoshda bo'lsa ham. Gap shundaki, Krishtianu “Manchester Yunayted”ning so'nggi 5 yil ichida keskin tushib ketgan marketing ishlarida, muxlislar armiyasining kengayishida, yangi reklama shartnomalarida qo'l kelishi mumkin. Bundan tashqari, uning 7-raqamni qaytarib olishi, muxlislarning klubga bo'lgan ishonchini qaytarishi mumkin. Manba bergan xabarlarga qaraganda, futbolchining o'zi ham Angliyaga qaytishga qarshi emas. U va uning jamoasi ortga qaytish borasida boshqotirishayotgani haqida ma'lumotlar mavjud. Agar Krish ortga qaytsa, bu APLdagi intriganing super darajada ko'tarilishini ta'minlashi aniq!

“Manchester Siti”

Bu haqiqatdan yiroq tuyulishi mumkin, biroq Britaniya nashrlarining ma'lum qilishicha, arab shayxlari Ronalduning yozda “shaharlik”ka aylanishi uchun katta summani ayab o'tirmoqchi emas. Shunga qaramay, katta ehtimol bilan bu transfer qog'ozda qolib ketsa, ajab emas. Gap shundaki, Ronaldu “qizil iblislar”ning muxlislari ko'z oldida “xoin”ga chiqishni istamasligi aniq. Shunday bo'lsada, Figuning “Real Madrid”ga o'tib ketganini unutmagan bo'lsangiz kerak? Yana kim biladi deysiz?!

“Inter Mayami”

Katta ehtimol bilan Krishtianu qachondir shu klub libosini kiyishi aniqqa o'xshab bormoqda. Klub egasi Devid Bekxem o'z intervyularida Ronaldu va Messini o'z jamoasi safida birga ko'rish orzusi haqida tinmay so'zlab kelmoqda. Agar olib kelishni ahd qilgan bo'lsa, Beks ishni Ronaldudan boshlashi mumkin. Agar Messini olib kelishning iloji bo'lmasa ham Ronaldu MLSdagi futbolning rivoji uchun fantastik turtki berishi turgan gap. Boz ustiga, iqlim va nisbatan zich bo'lmagan taqvimli mavsumda Krish o'zini yanada erkin tutishi turgan gap. Tez orada 40 ni qoralaydigan Zlatan yondirgan MLS maydonlarini nahotki 5 ta “oltin to'p” egasi o'ziniki qilaolmasa? Ronaldu uchun eng optimal variant sifatida MLS ko'rsatilmoqda, biroq Krish Messi bilan raqobatdan chekinarmikan? Barchasini vaqt ko'rsatadi.

BestMaster
8 Aprel 2020, 07:30
ronaldu, otishi, mumkin, bolgan, klub,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads