Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayr Messi! Leodan o'zib ketgan 7 futbolchi

.
- Yuklab olish

Uzoq vaqt davomida LionelMessi Transfermarktportali tomonidan dunyoning eng qimmat futbolchisi deb e'tirof etilayotgan edi. Afsuski, beshavqat vaqt barcha narsadan ustun ekanligini yana bir bor isbotlab qo'ydi. Bugun stadion.uztransfer narxiLeonikidan o'zib ketgan 7 futbolchi bilan tanishtirib o'tadi.

 

7.Kevin DE BRYuYNE – 150 mln evro
Davlat: Belgiya
Klub: «Manchester Siti»
Yoshi: 28 yosh

Belgiyalik futbolchi bunday darajaga osonlik bilan chiqqani yo'q. Erta yoshidayoq “Chelsi” safida ko'rinish berganiga qaramay, unga omad Bundesligaga o'tganidan so'ng kulib boqdi. “Volfsburg” safidagi ajoyib mavsumdan so'ng, “Manchester Siti” uni 76 million evro evaziga sotib oldi. “Shaharliklar” tepasiga Pep Gvardiola kelgach, Kevinning o'yinida keskin ko'tarilish sodir bo'ldi. Bugunki kunda belgiyalik futbolchi sayyoramizdagi eng yaxshi assistentlardan biriga aylanib oldi. Uning transfer qiymatidagi o'sish ham bejiz emas.

6.Xarri KEYN – 150 mln evro
Davlat: Angliya
Klub: «Tottenxem»
Yoshi: 26

“Tottenxem” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo'lishiga qaramay, «Leyton Orient», «Milluol», «Norvich» va «Lester»da ijara asosida to'p surib asosiy jamoadan taklif olishga muvaffaq bo'lgan. Achinarlisi shundaki, Keyn “Tottenxem”ning omadsiz mavsumlariga sherik bo'lib kelmoqda. Qahramonimiz to'purarlik borasida APLda etakchilardan biri bo'lishiga qaramay, o'z faoliyatida hozircha sovrin yutganicha yo'q. Bugungi kunda Keynning boshqa jamoaga o'tishi borasida mish-mishlar urchib ketdi. Keynda “shporlar”ni tark etish uchun asos etarli. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Muhammad Saloh – 150 mln evro
Davlat: Misr
Klub: «Liverpul»
Yoshi: 27

Salohning futbolchilik faoliyati past-balandliklar bilan to'la. “Bazel”dagi ajoyib mavsum, “Chelsi”dagi omadsizlik, “Fiorentina” va “Roma”dagi ko'tarilishni boshidan o'tkazgan futbolchi “Liverpul”da super yulduz darajasiga ko'tarildi. Quvonarlisi shundaki, mersisaydliklar 2017 yilda Saloh uchun 42 million evro to'lashgan edi. Bugungi kunda hujumchining transfer qiymati 150 million evrogacha ko'tarildi. Qaysidir ma'noda Salohning “Liverpul” g'alabalarida tutgan o'rni beqiyos. Aynan uning harakatlari sababli “qizillar” 30 yillik tanaffusdan so'ng, yana APL taxtiga chiqishga yaqin turibdi.

4.Sadio MANE – 150 mln evro
Davlat: Senegal
Klub: «Liverpul»
Yoshi: 27

“Liverpul” yana bir afrikalik futbolchi uchun 42 million evro to'ladi va bu ishidan sira afsus chekkani yo'q. «Mets», «Red Bull Zaltsburg” va «Sautgempton» singari klublarda harakat qilgach, “Liverpul” safiga borib qo'shilgan Mane bugungi kunda eng savdosi chaqqon futbolchilardan biri sanaladi. Qahramonimiz so'nggi mavsumlarda 10 tadan kam to'pkiritmayapti. Bundan tashqari, uning APLdagi g'alabasi transfer narxini yanada oshirishi mumkin.

3.NEYMAR – 160 mln evro
Davlat: Braziliya
Klub: «Pari Sen-Jermen»
Yoshi:28

U endi yosh bola emas. Fevraloyida 28 yoshni qarshi olgan braziliyalik futbolchi “Barselona”da qanchalar kuchli bo'lmasin, Messining soyasida qolib ketaverdi. Oqibatda, PSJga yo'l olgan futbolchi “oltin to'p”ga ega chiqishi kutilgan edi. Afsuski, barchasi kutilganidek ko'rinish olmadi. Neymarning transfer qiymati ham so'nggi oylarda pasayib bormoqda. Yaqindagina 180 million evroga baholangan futbolchining transfer qiymati endilikda 160 millionga tushib ketdi. Braziliyalik futbolchi qanchalar yaxshi o'yin ko'rsatmasin, baribir muxlislar undan ko'prog'ini talab qilishadi. Agar Neymar PSJ bilan Chempionlar ligasida zafar quchmasa, uning Parijga yo'l olishi faoliyatidagi eng katta xatoga aylanishi turgan gap.

2.Rahim STERLING – 160 mln evro
Davlat: Angliya
Klub: «Manchester Siti»
Yoshi: 25

Kelib chiqishi yamaykalik bo'lgan hujumchi so'nggi 3 mavsum davomida juda yuqori tempda futbol o'ynamoqda. Ayniqsa, “Siti” Gvardiola qo'l ostiga o'tgach, Sterling umuman yangi darajaga ko'tarildi. Ko'plab nashrlar ayni damda Rahimni dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri sifatida e'tirof etishni boshladi. “Real Madrid” jamoasi tomonidan bo'layotgan qiziqish ham bejiz emas.

1.Kilian MBAPPE – 200 mln evro
Davlat: Frantsiya
Klub: «Pari Sen-Jermen»
Yoshi: 21

O'zining 21 yoshida nafaqat JCh g'olibi, balki dunyoning eng qimmat futbolchisi sanaluvchi Mbappega qoyil qolmaslikning iloji yo'q. Uning “Monako”dagi o'yinlarini ko'plabmutaxassislar shunchaki omadli mavsumga yo'ygan edi, biroq Killian Neymarning oldida ham o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q. Ayni damda Mbappe Messi va Ronaldudan so'ng, 1-raqamli futbolchi bo'lishga da'vogar bo'lib turibdi. Quvonarlisi shundaki, hujumchi yildan yilga o'z rekordlarini yangilab o'sishda davom etmoqda. Agar undagi progress ijobiy tomonga davom etsa, tez orada uning transfer qiymati ham 200 milliondan oshib ketishi aniq.

BestMaster
7 Aprel 2020, 01:30
messi!, leodan, ozib, ketgan, futbolchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Chuqur  
Zor gap yo
7 Aprel 2020, 08:27
 Chuqur  
Realga Sallox ham yetadi
7 Aprel 2020, 08:30
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads