Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bilasizmi? Karim Benzema – jahon futbolining tirik afsonasi!

Bugun franciyalik futbol yulduzi haqida gaplashmiz.

.
- Yuklab olish

Karim Mostafa Benzema (1987 yilning 19 dekabrida) Franciyaning Lion shahrida tug'ilgan. U “Lion”da tarbiya topib, 17 yoshida asosiy jamoa tarkibiga safarbar qilingan. Faoliyatining avvalida uni David Trezegega o'xshatishdi, ammo biroz muddatdan so'ng Zinedin Zidan bilan taqqoslana boshladi.

“Lion”dagi ajoyib o'yinlari (148 o'yin – 66 gol, 28 asist) 2009 yilda “Santyagu Bernabeu” eshiklarini ochgandi. O'shanda Madrid superklubi 22 yoshli forvardning transferi uchun 35 mln evro sarfladi. “Real”da o'ynay boshlagach, hujumchining bo'lajak Ronaldo Luis Nazariu bo'lishi taxmin qilingandi. Albatta, Benzema bu ishonchni oqladi. Keling, uning  “qaymoqranglilar” safidagi statistikasiga nazar solamiz:

(hozircha) 501 o'yin, 241 gol, 133 samarali uzatma.

Ammo uning faoliyatida yuzaga kelgan bir muddatlik pasayish, vaziyatlardan surunkali ravishda foydalana olmasligi natijasida Madrid klubining ashaddiy muxlislari ham uni jamoada ko'rishni istamay qolgan paytlar bo'ldi. Ammo murabbiylar shtabi hamon Benzemaga ishonch bildirishda davom etmoqda. Uning gollaridan ko'ra jamoaviy o'yinda amalaga oshiradigan say harakatlari futbol mutaxassislari uchun qadrliroqdir. Aks holda, Arsen Venger, Fabio Kapello, Karlo Anchelotti va Zinedin Zidan singari futbol akademiklari Benzemani jahonning eng kuchli markaziy hujumchisi sifatida etirof etmas edi. 

Qo'shimcha qilmoqchiman: davrlar o'tishi bilan uning barcha omadsiz harakatlari unutiladi. Ehtimo, Serxio Ramos eslanmay qolishi mumkin, ammo Karim Benzema emas.

Tasavvur qiling: 2050 yil. “Real” muxlisi o'z jamoasi tarixi  bilan maqtanmoqchi. O'shanda Ramos, Yerro, Figo, Ronaldo Nazariu yoki Devid Bekxemni tilga olmasligi mumkin. Lekin tarifi keltirilganlar orasida Karim Benzema bo'ladi. U yaqin  o'tmish futbolining afsonasi sifatida, “qirollik klubi” tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri va eng yaxshi asistent sifatida eslanadi.

Benzema Ronaldudan o'zib ketdi

ECHL to'purarlari reytingida egallab turgan o'rni ro'kach qilinib, u SHevchenko, Di Stefano, Drogba, Pushkash-u Del Perolardan kuchliroq ekani ilova qilinsa kerak. 

To'g'rida, statistika shundan darak beradi. Bu malumotlar esa to'qima emas. 

Balki, yillar o'tib siz ham “SHeva boshqacha edi”, “Ronaldinoni sog'indim”, “Badjoga o'xshashi boshqa tug'ilmaydi” deganlaridek, “Karim Benzemaning maydondagi harakatlarini ko'rib aqldan ozarding”, “uni qarshisida eng zo'r himoyachilarning ham oyog'i qaltirardi” dersiz.

Avvallari ko'pchilik orasida bir fikr aylanib yurardi: “Benzema Ronaldu bilan yaxshi tandem hosil qilgani uchun sotilmadi”. Yo'q, aslida, aksincha bo'lgan. Benzema Krishtinuning sotib yuborilishiga yo'l qo'ymagan ekan.

Yuqorida etiboringizga havola qilingan hazil aralash bitiklarni to'g'ri qabul qilasiz degan umiddamiz. Siz ham franciyalik forvard haqida o'z fikrlaringizni bildiring.

Darvoqe, futbol mavsumi boshlangach, uning o'yinlaridan maksimal ravishda zavq olishga urining. Axir, u ham tez orada (o'tmish yulduzlari kabi) faoliyatini yakunlaydi.

Faxriddin Ro'ziev

BestMaster
6 Aprel 2020, 14:30
bilasizmi?, karim, benzema, jahon, futbolining, tirik, afsonasi!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads