Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Neymar haqida sizni hayratda qoldiruvchi 10 ta fakt

.
- Yuklab olish

Zamonaviy futbolda Messi va Ronalduning darajasiga eng yaqin futbolchi sifatida barcha Neymarni ko'rsatishiga o'rganib ham qoldik. Shunday bo'lsada, futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi sifatida Messi va Ronaldudan ilgarilab ketishga ulgurgan Neymar haqida siz bilmagan ma'lumotlar etarlicha topiladi.

Neymar kam sonli futbolchilardan biri

Neymar Libertadores va Evropa chempionlar ligasida zafar quchgan 6 nafar futbolchidan biri sanaladi. Qahramonimiz 19 yoshida “Santos” bilan Janubiy Amerikada tengsizga aylangan bo'lsa, 23 yoshida “Barselona” safida Evropani zabt etgan.

Neymar uchun EChLning qadri baland emas

Neymar terma jamoa miqiyosida ham,klub miqiyosida ham sovrinlarga boy faoliyat olib bormoqda. Qahramonizmizning sovrinlar muzeyida EChL, Kopa Amerika, La Liga, Liga 1, Ispaniya kubogi va klublar o'rtasidagi JCh oltin medallari mavjud. Shunga qaramay, braziliyalik hujumchi uchun eng qadrli medal 2016-yilda bo'lib o'tgan Olimpiada qo'lda kiritilgan. O'sha musobaqada qahramonimiz terma jamoasi bilan chempionlikni qo'lga kiritgan edi. O'sha voqeadan so'ng, Neymar o'z badaniga esdalik sifatida oltin medalning suratini chizdiradi.

Time” jurnalining muqovasida ko'rinish bergan birinchi futbolchi

Hujumchi bugungi kunda futbol afsonasi darajasiga chiqib bo'ldi. Uning maydondagi harakatlari millionlab muxlislar orttirganidan xabaringiz bor. Taniqli “Time” jurnali Neymarni ta'sir doirasi kuchli sayyoramizdagi 100 insondan biri deb rasman tan olgani so'zimizga isbot bo'la oladi. Bundan tashqari, Neymar “Time” jurnalining muqovasida ko'rinish bergan birinchi futbolchi ham sanaladi. Messi va Ronaldu davrida bunday natijaga erishish qanchalar qiyin ekanligini tasavvur qilyapsizmi?

Neymar “Vest Xem”da ?!

Neymarning “Santos”dan “Barselona”ga o'tishi qanchalar uzoq davom etgan jarayon ekanligini barchangiz yaxshi eslasangiz kerak. Aslida, Neymar borasida birinchi tasmiy taklif bilan chiqqan klub Londonning “Vest Xem” klubi sanaladi. “Marca”nashrining ma'lum qilishicha, “bolg'achilar” Neymarning dadasi bilan kelishib olishga ham ulgurgan ekan. Braziliyalik futbolchi borasida “Barselona” taklif jo'natgach, Neymar Londonga yo'l olishdan bosh tortgan ekan. Manba bergan ma'lumotga ko'ra, agar Kataloniya klubi biroz kech qolganida, Neymar o'z faoliyatini Londonda boshlagan bo'lar edi.

Neymarning oyoqlarida nuqson bor

Qizig'i shundaki, 21-asrning eng kuchli futbolchilarida sog'liq bilan muammolar kuzatilmoqda. Misol uchun,Ronalduning yuragi operatsiya qilingan bo'lsa, Messi gormon etishmovchiligidan aziyat chekkan. Neymarda esa, vaziyat yanada chigal. Qahramonimizning chap oyog'io'ng oyoqqa nisbatan 0,5 sm kaltaroq. Uning ikki oyoqda amalga oshiruvchi driblinglari shu omil bilan bog'liqdir? Yana kim biladi deysiz?!

Neymarda Messi va Ronalduda yo'q sovrin mavjud

Neymar qaysi klubda harakat qilishidan qat'iy nazar, sovrinlar uni quvib yurishda davom etmoqda. Sovrinlar orasida “Pushkash” nomidagisi ham borligi quvonarli holat. Qizig'i shundaki, bu sovrin Leoda ham,Ronalduda ham mavjud emas. Neymar bu sovringa “Santos” safida to'p tepgan chog'larida(2011) loyiq ko'rilgan.

O'spirin paytida ota bo'lgan

Neymarning erta ulg'ayishi bejiz emas. Hujumchi 19 yoshida ota bo'ladi va ma'suliyatni erta his etishni boshlaydi. Bu fakt ko'pchilik uchun yangilik bo'lsa, ajab emas. Juda yosh chog'idanoq ota bo'lish Neymarni katta zafarlar sari odimlagan bo'lsa, ajab emas. Neymar farzandining onasini himoya qilish maqsadida uning nomini bugungi kunga qadar oshkor qilmay kelmoqda.

“Real Madrid”

Neymar 14 yoshga to'lganida, otasi bilan birgalikda “Real Madrid”da ko'rikdan o'tish uchun Madridga tashrif buyuradi. Eng qizig'i shundaki, futbolchi murabbiylarda yaxshi taassurot qoldiradi va uni Madridda olib qolishni taklif qilishadi. Shunday bo'lsada, futbolchining otasi o'g'li Braziliyada mashg'ulot o'tkazishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi va “Real Madrid”ning taklifini rad etadi. Agar, “qirollik klubi” Neymar va uning oilasi uchun muoliyaviy yaxshi shartnoma taklif qilganida bormi! Bugun barchasi o'zgacha ko'rinish olishi mumkin edi.

Neymar qaysi superqahramonga muxlis?

Bugungi kunda Marvel va DC qahramonlari o'rtasidagi raqobat avjiga chiqayotgani rost. DC muxlislari o'z saflarida Neymarni ko'rishdan xursand bo'lishlari turgan gap. Braziliyalik futbolchi Betmenning ashaddiy muxlisi sanaladi.

Neymar Gollivudda suratga tushgan

Qahramonimiz allaqachon Semyuelem L. Djekson bilan birgalikda "XXX" filmida ko'rinish berishga ham ulgurdi.

 

BestMaster
5 Aprel 2020, 10:00
neymar, haqida, sizni, hayratda, qoldiruvchi, fakt,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads