Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ayni damda sayyoramizning eng kuchli o'ng qanot himoyachisi kim?

.
- Yuklab olish

Stadion.uz bugungi kunda o'ng qanot himoyasidagi eng chaqqon, tezkor va himoyalanishda benazir futbolchilar top-10ligi bilan tanishtirib o'tadi.

Jovanni Di Lorentso («Napoli»; Italiya)

Ushbu ro'yxatni Toma Mene yoki Mario Fernandes ochib berishi mumkin edi, biroq ularning bugungi kundagi o'yin amaliyoti etarli darajada emas. Jovanni esa, ulardan farqli o'laroq, “Empoli” klubidan “Napoli”ga o'tgach o'z qirralarini namoyish etishni boshladi. Bejiz u bilan Van Bissaka darajasidagi futbolchisi bor “Manchester Yunayted” qiziqmayapti!

Serxi Roberto («Barselona»; Ispaniya)

Serxi ko'rinmas qahramonlar sirasiga kiruvchi futbolchi sanaladi. U kabi futbolchilarning maydonda borligi ko'zga tashlanmasligi mumkin, biroq usiz “Barselona” juda qiyin ahvolga tushib qoladi. Uning PSJ darvozasiga kiritgan goli tarixga aylanib bo'ldi. Bir qarashda, Robertoning o'yin uslubi yo'qdek ko'rinadi, biroq aslida u shu qadar universal futbolchiki, siz uning aslida qaysi pozitsiya uchun yaratilganini ham sezmay qolasiz. Dani Alvesh jamoani tark etganidan keyin “ko'k-anorranglilar” o'ng qanotga Aleish Vidal, Nelson Semedu kabi himoyachilarni olib keldi, ammo ular ma'suliyatli va mehnatkash Serxini zaxiraga o'tkazib qo'ya olishmadi.

Kiran Tripper («Atletiko»; Angliya)

O'tgan yozda ingliz futbolchisi,kutilmaganda,Ispaniya klubi safiga o'tib ketdi. Qahramonimiz Madridga va Simeonening o'yin uslubiga tezda moslashib ketdi. U nafaqat hujumda, balki himoyada ham o'zini ko'rsatishni boshladi. Simeone uchun bu omil juda muhim ekanligini inobatga olsak, Kiran “Atletiko” safida uzoq muddatga qolishi aniq.

Kayl Uoker («Manchester Siti»; Angliya)

Bugungi kunda Angliya terma jamoasida o'ng qanot himoyachilari bilan hech qanday muammo yo'q. “Manchester Siti” futbolchisi bugungi kuchli o'nlikda faqat 7-pog'ona bilan cheklanishga majbur. Qahramonimiz 5 mavsumdan beri yuqori saviyada harakat qilmoqda. Kayl kerakli pallada so'nggi himoyachiga va hatto jamoasi uchun darvozabonga ham aylanishi mumkin.

Benjamen Pavar («Bavariya»; Frantsiya)

Bu nuqtada Kimmix ham paydo bo'lishi mumkin edi, biroq bugungi kunda u markaziy yarim himoyadan joy olmoqda. Bugungi kunda JCh g'olibi – Pavar “Bavariya” uchun almashtirib bo'lmas futbolchiga aylanib bo'ldi. Agar “Bavariya” Chempionlar ligasida g'alaba qozonsa, Pavar ro'yxatda yanada oldinlashi turgan gap.

Rikardu Pereyra («Lester»; Portugaliya)

Bundan ikki yil avval “Lester” hech kimga tanish bo'lmagan qanot himoyachisi uchun 22 million evro sarflaganida, barcha hayron qolgan edi. Bugungi kunga kelib Rikardoning transfer qiymati 65 million evroga teng! Rodjers qo'l ostida portugaliyalik futbolchi chinakamiga kashf etildi. 26 yoshli Pereyra bilan APLning barcha grand jamoalari qiziqib qolgani bejiz emas.

Aaron Van-Bissaka («Manchester Yunayted»; Angliya)

Qahramonimiz o'zining top-klubdagi birinchi mavsumi bo'lishiga qaramay, barchaning e'tiborini o'ziga qarata oldi. “Qizil iblislar”ning asosiy tarkibidan muqim o'rin olgan 22 yoshli himoyachi APLning yakakurashlarda g'olib chiqish borasida mutlaq etakchisi sanaladi. “Opta” nashri ma'lum qilishicha, Aaron bugungi kunda Evropaning birga-bir vaziyatlardagi kurashlarning 84,6 foizida g'olib chiqmoqda. Bu butun Evropadagi eng yaxshi ko'rsatkich degani!

Ashraf Hakimiy («Borussiya Dortmund», «Real Madrid»; Marokash)

Hakimiykatta futbolda shunchalar ko'p yutuqlarga erishdiki, uning endi 21 yoshga to'lganiga ishonish qiyin. Qahramonimiz Bundesligaga ko'chib o'tgach, 10ta gol va 17 ta assistqayd etishga muvaffaq bo'ldi. Uning transfer qiymati esa, 5 milliondan 60 million evroga qadar ko'tarildi. U o'z davrining eng kuchli qanot himoyachisi sanaladi. Buni amalda isbotlash uchun “Real Madrid”da uning pozitsiyasida harakat qilayotgan yigitni zahiraga o'rindig'iga o'tkazib qo'yishi kerak. Afsuski, bu oson ish emas…

Dani Karvaxal («Real»; Ispaniya)

Dani bir qarashda Hakimiysingari yorqin futbol namoyish etmas, biroq u o'zining stabilligi, jismoniy imkoniyatlari va ishonchli o'yini bilan shiddatli Hakimiyga “qirollik klubi”da o'rin qoldirmadi. Qahramonimiz 7 mavsumdan beri o'z pozitsiyasida hokimlik qilmoqda. Bu orada qahramonimiz 4 bor Chempionlar ligasida zafar quchishga ham ulgurdi. Shunga qaramay, Karvaxal tempni tushirib yubormayapti. Bugungi kunda uning hisobida naqd 45 ta assist mavjud.

Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»; Angliya)

Agar qanot himoyachilarning sermahsulligi borasida so'z ketsa, bu ampluada hech kim Trentga bas kela olmaydi. “Liverpul” uchun 125 ta o'yinda maydonga tushgan o'ng qanot himoyachisi 34 ta assistni amalga oshiribgina qolmay, 6 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Pressingda, hujumda, qarshi hujumda, jamoaviy himoyada “Liverpul” uchun katta naf keltirayotgan Aleksander-Arnoldning ajoyib birinchi pasni amalga oshirishini ham e'tirof etish joiz. “Barselona”ni “Enfild”da “ushlab olgan” Trend ayni damda sayyoramizning eng kuchli o'ng qanot himoyachisi bo'lib turibdi. U har jabhada bugungi ro'yxatimizdagi futbolchilardan bir qadam oldinda.

 

BestMaster
5 Aprel 2020, 08:00
damda, sayyoramizning, kuchli, qanot, himoyachisi, kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 dashoguzreali  
Carwajal Hakimi
5 Aprel 2020, 15:14
 u7777u  
Карвахал хакими Арнольд
5 Aprel 2020, 20:51
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads