Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Futbol yoki hamyon?

.
- Yuklab olish

Stadion.uz korona-tanaffus chog'ida kuchli beshlikdagi futbolchilarning maoshlari taqdiri bilan tanishtirib o'tadi.

Bugungi kunga kelib, grand klublarda futbolchilarning maoshi juda katta summaga aylanib bormoqda. Achinarlisi shundaki, koronavirus sababli klublarning daromadi keskin kamayib ketdi. Oqibatda, balans yo'qoldi va endi jamoalar o'z futbolchilariga maosh to'lashda muammolarga duch kelishmoqda. Bunday og'ir vaziyatda ayrim klublar o'z futbolchilari va personali bilan kelishgan holda moashlarini qisqartirishmoqda. Xo'sh bunday ishga kuchli beshlik jamoalaridan qaysi klublar qo'l urishga ulgurdi?

Angliya premer-ligasi

Hozircha, APL klublaridan birortasi o'z futbolchilarining maoshi qisqargani yoki muzlatilgani borasida bayonot bilan chiqmadi. Shunga qaramay, “Tottenhem”, “Norvich” va “Nyukasl” klublari o'z xodimlarinivaqtincha ta'tilga chiqarib yuborgan. Bu klublarda ayni damda kontrakt asosida ishlayotgan insonlargina maosh olishmoqda,xolos.

Klublarning bunday yo'l tutayotgani Britaniya matbuotida keskin fikrlari uyg'otmoqda. Nashrlar oddiy xizmatchilarni ishsiz qoldirish o'rniga, xaftasiga 200 ming evro maosh olayotgan futbolchilarni siquvga olish kerak deb hisoblamoqda. Hozircha APL rahbarlari bu masala borasida hech qanday qarorga kelishgani yo'q, biroq agar klublar va futbolchilar o'zaro kelishgan holda maoshlarni qisqartishiga qarshi emasligini rasman ma'lum qilib ulgurdi.

Ispaniya La Ligasi

Ispaniyada birinchilardan bo'lib “Barselona” klubi hammaga o'rnak bo'ldi. Kataloniya klubi futbolchilari o'z ixtiyorlari bilan maoshlarining naqd 70 foizidan voz kechishganini rasman e'lon qilishdi. Bundan tashqari, etakchi futbolchilar klubda xizmat qilayotgan ishchilarning maoshi borasida ham ko'mak berishni o'z bo'yniga olishga ham ulgurishdi.

“Barselona” amalga oshirgan kamxarjlik tez orada “Real Madrid”da ham ko'zga tashlanishi hech gap emas. Aslida, “Real Madrid” moliyaviy tomondan juda baquvvat klub, biroq “Barsa” va “Atletiko” vaziyatdan osongina chiqib ketishini tomosha qilish Peresga oson bo'lmasligi aniq. ASnashri bergan xabarlarga qaraganda, Florentino bir yilda “Real”ning futbolchi va basketbolchilari uchun 800 million evro maosh to'lamoqda. Tez orada korona-tanaffus sababli Peres ham o'z pozitsiyasini o'zgartirsa, ajab emas. Qiziq tomoni shundaki, Ronaldoga tegishli bo'lgan “Real Valyadolid” futbolchilari nafaqat maoshlarining qisqarishiga, balki koronavirusga test topshirishdan ham bosh tortishdi. Qolgan klublarda esa hozircha jim-jitlik hukmron.

Italiya A seriyasi

Italiya birinchilardan bo'lib o'z ichki chempionatini to'xtatgan mamlakat sanaladi. Ayni damda Italiyadagi ahvol og'irligicha qolmoqda. Hozircha maoshlar borasida umumiy qaror qabul qilinganicha yo'q, biroq ayrim klublar futbolchilar bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo'ldi.

Misol uchun Ronaldu va uning jamoadoshlari mart, aprel, may va iyunoylaridagi maoshining katta qismidan voz kechishga qaror qilishdi. Shu yo'sinda “Yuventus” 100 million evro tejab qolishga muvaffaq bo'lgani e'tiborga molik.

Germaniya Bundesligasi

Germaniyada barchasi reja asosida ketmoqda. Birinchi bo'lib Gladbaxning “Borussiya”si, keyin «Verder», «Shalke», «Union», «Volfsburg» va «Bayer» futbolchilari o'z maoshining 20 foizidan voz kechdi. Yaqindagina “Bavariya” va “Borussiya Dortmund” klublari ham o'z futbolchilarining maoshi qisqartirilganini e'lon qildi.

Germaniyada futbol katta muammoga duch kelganini barcha tushinib turibdi. “Bild”nashri bergan xabarlarga tayanadigan bo'lsak, tez orada barcha Bundesliga klublari futbolchilar maoshining keskin kamayganini e'lon qiladi.

Frantsiya Liga 1

Umumiy tarzda barcha futbolchilarning maoshini kamaytirish qarori Frantsiyada orzuligicha qolmoqda. Shunga qaramay, Liga 1 rahbarlari o'z futbolchilari bilan kelishgan holda maoshlarning qisqartirilishiga qarshilik qilmayapti. Hozircha “Amen” futbolchilari maoshining 16 foizdan voz kechgan bo'lsa, “Lion” va “Marsel” klublari futbolchilarning maoshidan 30 foizini ushlab qolishmoqda.

“PSJ”rahbarlari ham ana shunday “savobli ishga” qo'l urmoqchi edi, biroq klub futbolchilarning birortasi unamadi. To'g'rirog'i, ularning deyarli barchasi klub ruxatisiz o'z yurtlariga uchib ketishgan va bu savol havoda muallaq qolmoqda.

BestMaster
4 Aprel 2020, 07:30
futbol, yoki, hamyon?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads