Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Dunyodagi eng qimmat retro futbolka qaysi klubniki va u necha pul turishini bilasizmi?

.
- Yuklab olish

Stadion.uz futbol olamidagi eng qimmat retro liboslar bilan tanishtirib o'tadi.

 

Bugungi kunda retro futbol liboslarini jamg'arish keng urfga kirmoqda. Darhaqiqat, nostalgiyani yodga soluvchi futbolkalarni topish oson emas. Yulduzlar dastxati tushirilgani haqidaku gapirmasa ham bo'ladi. Bugungi reytingimiz oddiy va o'z davrida klub dokonlarida sotilgan liboslardan tuzilgan. Ushbu 10 ta futbolkaga ega chiqish oson emas. Buning uchun sabr va mo'maygina pul talab etiladi.

 

10-9-o'rin. “Yuventus” – 1997/98 – 340 evro

 

Zidan, Del Pero, Desham, Indzagi, Konte va boshqa ko'plab yulduzlar harakat qilgan libosni “Yuventus” muxlislari hali-hamon ardoqlab kelishmoqda.

10-9-o'rin “Borussiya Dortmund” – 1996/97 – 340 evro

 

Bu libosning nima uchun qimmat ekanligini darrov anglagan bo'lsangiz, ajab emas. Aynan shu futbolkalarda Dortmund klubi o'z tarixida birinchi va hozirga qadar so'nggisi bo'lib turgan EChL sovrinini qo'lga kiritishgan edi.

 

7-8-o'rin. “Liverpul” 1989/90 – 400 evro

 

Bu libosni Kenni Dalglish uni kiygani uchun emas, aynan shu libosda “Liverpul” o'zining so'nggi chempionligini qo'lga kiritgani bois muxlislar o'rtasida juda mashxur. Bu futbolka klub muxlislariga o'z klubining engilmas davridan qadrdon esdalik sifatida qadrli.

 

7-8-o'rin. “Chelsi” 1986/87- 400 evro

E'tibor qaratgan bo'lsangiz, ushbu libosda hech qanday alohida belgi yo'q. Boz ustiga, “aristokratlar” bu futbolkalar bilan sovrin ham yutishmagan. Shunchaki klub bu futbolkalarni «Chelsea Collection» brendi ostida ishlab chiqargan. Bu fakt esa, muxlislar orasida bugungi kunlarimizga qadar qadrlanadi!

5-6-o'rin. “Inter” 1997/98 – 425 evro

 

Bu libosda Ronaldo, Zanetti, Samarano, Jorkayaeff singari super yulduzlar harakat qilishgan. Bundan tashqari, aynan shu futbolkalarda “Inter” UEFA kubogi finalida “Lattsio”ni mag'lub etgancha chempionlikka erishgan.

 

5-6-o'rin “Arsenal” 1991/93 – 425 evro

 

Bu futbolkaning antiqaligi shundaki, “kononirlar” APL tashkil etilishidan oldin ham, keyin ham mehmondagi uchrashuvlarda shu liboslardan foydalanagan. “Arsenal” muxlislari, noodatiy rangdagi futbolkaga “ikki davrni ko'rgan qariya” deb nom ham berishgan!

4-o'rin. “Milan” 1999/00  – 450 evro

 

Zamonaviy va hozirgacha urfda bo'lgan futbolkada Andrey Shevchenko o'zining Milandagi birinchi mavsumida foydalangan!

3-o'rin. “Manchester Yunayted” 1986/88 – 510 evro

 

Bu futbolka “Manchester Yunayted”ga ikki mavsum davomida hizmat qilishi ko'zda tutilganiga qaramay, “qizil iblislar” atigi bir bor (“Sautgempton”ga qarshi uchrashuvda) undan foydalanishgan xolos.

2-o'rin. “Napoli” 1990/91 – 570 evro

 

“MARC” brendi ostida ishlab chiqarilgan futbolkalarda Maradona “Napoli”dagi o'zining so'nggi mavsumida to'p surgan.

 

1-o'rin. “Barselona” 1991-92 – 680 evro

 

1982-1992-yillar oralig'ida “Barselona” uchun “Meyba” brendi futbolkalarni etkazib berish bilan shug'ullangan. Aslida, bu kompaniya hech qachon chiroyli dizayni bilan qolganlardan ajralib turmagan. Shunchaki, aynan yorqin ranglardagi futbolkalarda “Barsa” o'z tarixida birinchi bor chempionlar kubogida zafar quchgan. Ushbu tarixiy voqeyadan so'ng, kataloniyada bu futbolkaning mavqeyi juda ko'tarilib ketdi. Bugungi kunda ham uni qo'lga kirtish oson emas!

Ya . U

BestMaster
4 Aprel 2020, 04:00
dunyodagi, qimmat, retro, futbolka, qaysi, klubniki, necha, turishini, bilasizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads