Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eng katta daromad olayotgan futbolchilar beshligi bilan tanishing

.
- Yuklab olish

Stadion.uz futbol chempionatlari tanaffusga chiqqan bir pallada, futboldagi boshqa omillar haqida fikr almashadi.

Yaqindagina taniqli France Football nashri dunyoning eng katta daromad olayotgan futbolchilar beshligi bilan tanishtib o'tdi.

Lionel Messi

Bu ro'yxatda hech qanday yangilik yo'q. Tasavvur qilganingizdek, eng katta daromad Argentina va “Barselona” jamoasi sardori Lionel Messiga tegishli. Qahramonimiz bugungi kunda nafaqat futbolda, balki butun dunyo sportidagi eng katta daromad oladigan sportchi sanaladi. Qizig'i shundaki, Leo o'z daromadining katta qismini “Barselona” jamoasidan oladi. Bugungi kunga kelib Kataloniya klubi argentinalik futbolchiga haftasiga 7 million evro maosh to'lamoqda.

Bu yiliga 84 million evro degani. Qahramonimiz shuningdek mualliflik huquqi va turli reklama kompaniyalaridan yiliga 46 million evro daromad oladi. “FranceFootbal” nashri ma'lum qilishicha, Messi yiliga 130 million evro daromad oladi, biroq bu summaning 25 foizini soliq sifatida davlat hisobiga o'tkazib beradi.

Krishtiyanu Ronaldu

 

Portugaliyalik futbolchi ham Leo bilan har jabhada raqobat qilishda davom etmoqda. Uning yillik daromadi 113 million evroni tashkil etadi.

Qahramonimizning “Yuventus”dagi yillik maoshi 70 million evroga teng. Qizig'i shundaki, bu raqamlar Ronalduning “Real Madrid”dagi maoshidan 10 million evro ko'proq. Krish daromadining qolgan qismini o'z nomidagi brend va turli reklama kompaniyalaridan oladi.

Neymar

Brazliyalik hujumchi Neymar bu borada asosiy raqobatchilaridan orqada bo'lishi mumkin, biroq uning reklama olamidagi imkoniyatlari ularnikidan yaxshiroq. “FranceFootball” nashri ma'lum qilishicha, Neymar suratga tushgan reklama roliklari mahsulot egalariga juda katta daromad keltirsada, kompaniyalar Neymarning janjalkashligi va ma'suliyatsizligi sababli, u bilan ishlashdan bosh tortishmoqda. Shunga qaramay, Neymar Junior yiliga 91,5 million evro ishlab topmoqda.

Kelajakda Neymar yillik daromad borasida Ronaldu va Messini quvib o'tishi hech gap emas. U raqobatchilaridan yoshroq va unda yuqori saviyada to'p surish uchun ko'proq imkoniyat bor.

Agar braziliyalik futbolchi jismoniy tayyorgarligi borasida ishlashdan to'xtab qolmasa, ko'p o'tmay bu ro'yxatning birinchi o'rniga ko'tarilib olishi aniq.

Antuan Grizman

Frantsiyalik futbolchi “Barselona”ga o'tgach, reklama kompaniyalaridan takliflarga “ko'milib” qolishi kutilgan edi, biroq barchasi mutaxassislar kutganidek bo'lib chiqmadi.

Bugungi kunda qahramonimiz bir nechta kichik rekalma agentliklari bilan hamkorlik qilmoqda, biroq Antuanhech bo'lmasa Neymarga yaqinlashishga hozircha qodir emas. Uning mediaodam emas ekanligi shu erda biroz pand berib qo'ymoqda. Solishtirish uchun aytadigan bo'lsak, xatto Joze Mourinoning reklamadan oladigan daromadi Antuannikidan ko'proq.

Bugungi kunda Grizman uchun “Barselona” yiliga 47,5 million evro maosh to'lamoqda. Aynan shu omil sababli Grizman dunyoning eng katta daromad oluvchi futbolchilar beshligidan o'rin olmoqda.

 

Garet Beyl

Qanchalar g'alati eshitilmasin, Beyl bugungi kunda “qirollik klubi”da eng katta maosh oluvchi futbolchi sanaladi. U yiliga Madridda 40 million evro ishlab topmqoda.

Jamoa sardori Serhio Ramos ham bu borada uelslik futbolchiga yaqin kela olmasligini inobatga olsak, Beylning agenti amalga oshirgan ishga qoyil qolmaslikning iloji yo'q.

O'z davrining eng katta transferi sifatida “Real”ga ko'chib o'tgan futbolchi so'nggi yillarda maydonda o'zini ko'rsata olmayotgan bo'lishi mumkin, biroq daromad borasida kuchli beshlikdan pastga tushib ketgani yo'q. Uning o'yiniga sira mos kelmaydigan maoshi sababli boshqa klubga transfer qilinishida ko'plab muammolar kelib chiqmoda.

“Marca” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Real Madrid” Beylnin katta maoshi tufayli kelasi mavsumda tekinga qo'yib yuborishga ham tayyor bo'lib turibdi.

“FranceFootbal” nashri e'lon qilgan ro'yxat olingan ma'lumotlarga asoslangan xolda tuzilgan. Bu ro'yxat aslida umuman o'zgacha ko'rinish olishi ham mumkin.

BestMaster
1 Aprel 2020, 15:30
katta, daromad, olayotgan, futbolchilar, beshligi, bilan, tanishing,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads