Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» ham maoshlarni qisqartirishi mumkin

«Real» klubi ham futbolchilarning maoshlarini qisqartirish masalasini ko'rib chiqishni boshladi.

.
- Yuklab olish

«Real» klubi ham futbolchilarning maoshlarini qisqartirish masalasini ko'rib chiqishni boshladi. Bu haqda "El Pais" nashri klubga yaqin manbalarga asoslanib xabar tarqatdi. Qisqartirish "Qirollik klubi"ning futbol va basketbol jamoalariga tegishli bo'ladi.

Karantinning ilk kunlarida «Real» prezidenti Florentino Peres jamoa sardori Serxio Ramos bilan gaplashib, maoshlar qisqartirilmasligini ma'lum qilgan edi. Bu paytda rahbariyat La liga va Chempionlar ligasi mavsum davom ettirilishiga ishonayotgan edi.

Bundan tashqari, pandemiyaning ilk kunlarida «Real»ning moliyaviy ahvoli «Barselona»nikiga nisbatan ancha mustahkam edi. Moliyaviy hisobotga ko'ra, 2019 yil yakunida madridliklar hisob-raqamida 156 million evro qoldiq bor edi. «Real»ning sof qarzi 27 mln evroni tashkil qildi. «Barselona» esa 217 million evro miqdorida qarzga ega.

"Qaymoqranglilar" ushbu mavsumda uchrashuvlarni o'tkazishdan 161,3 mln evro, teletranslyatsiyalarni sotishdan 179,8 mln evro daromad olishni rejalashtirgan edi. Tabiiyki, jamoa zarar ko'radi.

«Real» hali maoshlarni qisqartirish sxemasini ishlab chiqqani yo'q. Tartib ishlab chiqilgandan keyin rahbariyat o'yinchilar bilan bu borada muzokara olib boradi. Shuningdek, "Qirollik klubi" La liganing barcha klublari o'yinchilar maoshini qisqartirishini istamoqda.

BestMaster
31 Mart 2020, 12:00
«real», maoshlarni, qisqartirishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Lukas  
Togri
31 Mart 2020, 16:21
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads