Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"dan yozda kimlar ketadi-yu, kimlar keladi

.
- Yuklab olish

Stadion.uz “Real Madrid” ko'z tikkan futbolchilar va yozda klubdan ketishi kerak bo'lganlar bilan tanishtirib o'tadi.

Jamoada kim ortiqcha?

Aslida, jamoaga yangi futbolchini jalb etishdan avval keraksiz futbolchilarni sotib yuborish talab etiladi. Bu futbolning yozilmagani qonuni ekanligini hech kimga sir emas.  Boz ustiga. Koronavirus mash-mashalaridan so'ng, grand jamoalar byujetdagi pullarni qayta-qayta sanashga tushib ketdi.

Yulduzlarni bir tom ostida yig'ish qanchalar qimmatga tushishini inobatga olsak, endilikda “Real Madrid” ham transfer oynasida faol bo'lishdan boshqa chorasi yo'q.  Endilikda “Real” “golfchi” Beyl, abadiy zahira futbolchisi Mariano Diaz, keraksiz Hames Rodriges va Lukas Vaskeslarni sotishdan boshqa chorasi yo'q.

AS nashri bergan xabarlarga qaraganda “qirollik klubi” yozda Luka Modrich, Marselo, Nacho, Brahim Diazlarni ham sotuvga qo'yishi kutilmoqda. Mana buni endi katta mashtabdagi qayta qurush desak, adashmagan bo'lamiz. Shunindek, Luka Yovichni ham bu ro'yxatga qo'shsak, kelasi mavsumda “Real Madrid”ning ko'rinishi butkul o'zgarib ketishi aniq.

Ijaradan qaytadiganlarning kelajagi qanday?

Madrid klubining ijaradagi futbolchilari ko'zni qamashtiradi. Edegor, Xakimi, Odriosola, Regilon, Sebalos, Kubo, Lunin  va boshqalar. Hakimi va Edeogorlar allaqachon Madridga qaytish niyatida ekanligini rasman e'lon qilib bo'ldi. Regilon esa, o'yin amaliyoti taqdim etilsagina yana “Real” libosini kiymoqchi bo'lsa, Sebalos “Arsenal”da qolmoqchi emas.
Agar “qaymoqranglilar” yozda Modrichni sotib yuborsa, katta ehtimol bilan jamoaning yarim himoyasidan Martin Edegor muhim o'rin egallaydi.

“Real Madrid” yozda kimlarga ko'z tikmoqda?

Bugungi kunda “qaymoqranglilar” nishonida turgan uchta futbolchi nomi ma'lum bo'lib ulgurdi. Unga ko'ra, kelasi mavsumda “qaymoqranglilar” Sadio Mane, Erling Xoland va Eduardo Kamavinga turibdi.

Sadio Mane

Senegallik futbolchining nimalarga qodir ekanlgini alohida to'xtalib o'tirish shart emas. U “Liverpul” jamoasida qo'lidan nima kelishini barchaga isbotlab qo'ydi. Nima bo'lgan taqdirda ham, Sadio “Real Madrid”ga kutilganidek effekt bermasligi mumkin. Sababi, u juda kamtarin futbolchi. Boz ustiga, mediaodam ham emas. U Ronaldu yoki Beyl singari ijtimoiy tarmoqlar yulduz ham emas. To'gri, qaysidir ma'noda Mane klubning o'yinini yaxshilashi mumkin, biroq “Real Madrid” uchun bu kamlik qiladi. Qolaversa, APLdan kelgan vingerlardan biri qanday ahvolga tushib qolganini barcha ko'rdi. Shuningdek, Vinisius va Rodrigo singari yosh iqtidorlar bor jamoaga Mane shart emas. Shunchaki, bor futbolchilarga imkoniyat yaratib berishning o'zi kifoya.

Erling Xoland

Bundan bir necha yillar ilgari Florentina Peres Robert Levandoskini harid qilmay katta xatoga yo'l qo'ygan edi. Agar o'shanda “Real Madrid” polyakni jamoaga olib kelganida, ichki birinchilikda “Barselona”ni ortiqcha qiyinchiliksiz dog'da qoldirgan bo'lar edi. Bugungi kunda Peresda aybini yuvish imkoni mavjud. Buning uchun “Borussia Dortmund”  safidagi Erling Xolandni Madridga olib kelish kerak. Bugungi kunda Benzema qanchalar yaxshi formada bo'lmasin, “Real Madrid”ga oldingi chiziqdagi “qotil” hujumchi kerak. Benzemaning maydondagi harakatlari Ronaldu singari “killer” futbolchi bilan yaxshi foyda bergan. Endilikda, Xoland Ronalduning o'rnini bosa olsa, Xoland Madrid uchun katta g'alabalarni olib kelishga qodir futbolchi. Bundan tashqari, agar Edegor asosiy tarkibga qaytarilsa, Xoland va Martin juftligi yangi “Real Madrid”ning tezda oyoqqa turib olishiga ko'mak beradi.

Eduardo Kamavinga («Renn»)

“Real Madrid” o'z uslubida yosh va iqtidorli futbolchilarni izlashda davom etmoqda. 17 yoshli Kamavinganing Madrid nishonida turgani normal holat. Fransiyalik futbolchi kelajakda Kazimironing o'rnini ortiqcha muammosiz to'ldirishi mumkin. Uning tahminiy transfer qiymati 80 million evroga baholanmoqda. AS nashri bergan xabarlarga qaraganda, bu transferni shaxsan Zayniddin Zidanning o'zi tashkillashtirmoqda.

Futbolchining o'zi ham Madridga ko'chib o'tishga qarshi emas. Eduardo “Real Madrid” libosini kiyish uchun turli klublarda ijarada harakat qilishga ham tayyor. Bu transfer “Real Madrid” uchun kelajakda katta naf keltirishi turgan gap.

BestMaster
30 Mart 2020, 22:30
realdan, yozda, kimlar, ketadi-yu, kimlar, keladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Lukas  
Men Xoxlagan ishlar Bolmoqda. Faqat Yovichni Ijaraga Berish Kerak.
31 Mart 2020, 16:27
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads