Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya va "Real Madrid" sardori Serxio Ramos 34 yoshda!

"Qirollik klubi" sardori bugun 34 yoshni qarshi oldi.

.
- Yuklab olish

1986 yilning 30 mart kuni Sevilya provinciyasining Kamas shahrida bo'lajak futbol yulduzi Serxio Ramos dunyoga keladi.

Ispaniya terma jamoasi sardori faoliyati davomida faqatgina ikkita jamoa "Sevil" va "Real Madrid" sharafini himoya qilgan.

Faoliyati davomida u 714 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 115 ta (!) gol urgan. Haqiqiy jangchi bo'lib etishgan markaziy himoyachi 243 bor sariq, 26 marta qizil kartochkaga "loyiq ko'rilgan".

Markaziy himoyachi "Madrid"da 4-raqam ostida to'p tepishi hech kimga sir emas. Biroq bu raqam nafaqat uning futbolkasida, balki sovrinlari statistikasida ham ko'p uchraydi.   

Ramos 4 martadan La Liga g'olibi va Ispaniya Superkubogi sohibi, 2 marta Ispaniya Kubogi egasi hisoblanadi. 

4 marta ECHLda g'olib bo'lgan Serxio 3 marta UEFA Superkubogini boshi uzra baland ko'targan. 

Yana o'sha 4 raqami futbolchi nechchi bor Klublar o'rtasida Jahon chempionati g'olibi ekanligini ko'rsatib turibdi. 

SHuningdek, har bir futbolchining eng oliy orzusi mamlakat milliy terma jamoasi safida Jahon CHempionatida ishtirok etib, unda zafar quchish. Bunday natijaga Ramos hozircha 1 bor erishgan. Uning o'zi Qatardagi mundialda ham Ispaniya sharafini himoya qilish niyatida, lekin qolganini vaqt ko'rsatadi.

BestMaster
30 Mart 2020, 19:15
ispaniya, real, madrid, sardori, serxio, ramos, yoshda!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads