Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bolalikdagi orzusi futbol bo'lmagan Marselo haqida

Bilasizmi, bolalikda Marselo Vieyra futbolchi bo'lishni emas, o't o'chiruvchi bo'lishni orzu qilgan ekan.

.
- Yuklab olish

Biografiyasi

Marselo Vieyra, Braziliya termasi va "Real Madrid" himoyachisining biografiyasi umuman boshqacha bo'lishi va biz u haqida umuman bilmay qolib ketishimiz ham mumkin. Yosh Marselo otasi izidan ketib, o't o'chiruvchi bo'lishni istardi. Lekin oilaning katta avlod vakillari yosh nabiralariga bunday qismat og'irlik qiladi deb hisoblashardi. Yakunda bu jihat o'z rolini o'ynadi ham. Aynan ular yillar davomida dunyoning turli burchaklaridagi millionlab muxlislar Vieyraning o'ziga xos soch turmagi va o'yinidan zavq olishlariga sababchi bo'lishgan. 

Bolaligi va yoshligi

Marselo Vieyra da Silva Junior (biz shunchaki Marselo deb o'rgangan himoyachining to'liq ismi mana shunday) 1988 yilning 12 may kuni dunyoga kelgan. O't o'chiruvchi va o'qituvchining farzandi Rio-de-Janeyroda tug'ilgan. Intervyularidan birida Vieyra yoshligida oilasining deryali puli bo'lmaganini aytgandi. SHu sababli uning yoshligi tengqurlari davrasida, ko'chalarda o'tgan.

Futbolga, "Madrid" bo'lajak himoyachisi, 9 yoshida kelgan. Dastlab Marselo uyiga yaqin bo'lgan sohil bo'yida to'p tepib yuradi, lekin keyinchalik bu shunchaki qiziqishdan kuchliroq ekanligini tushungach, jiddiy mashg'ulotlarga kirishadi.

10 yoshida buvasi uni "Fluminense" maktabiga olib boradi, ammo ularga rad javobini berishadiyu. Qolgan nomzodlar bilan solishtirganda u ajralib turmasdi va shu sababli etiborga tushmagan. 

Bolakayning orzulari chippakka chiqdi, ammo buvasi Marselo taslim bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Bir yil davomida u "Vasko da Gama" jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etadi. 2002 yyil Marselo yana "Fluminense" ko'rigiga yo'l oladi va bu safar yosh iqtidor egasini qabul qilishadi.

Nabirasi Rio-de-Janeyro yaqinida bo'ladigan mashg'ulotlarga qatnay olishi uchun buvasi – sariq rangdagi "Folksvagen Juk" o'z mashinasini sotadi. Bu mashina oiladagi eng qimmatli narsa hisoblanardi. Keyinroq Marselo o'sha mashinaning tatuirovkasini chizdiradi, axir o'sha mashina bo'lmaganda, futbolchi ham bunday muvaffaqiyatga erisha olarmidi yoki yo'q...

Faoliyatini yarim himoyada boshlagan o'yinchini "Fluminense" murabbiylari himoyaga o'tkazishadi. Marselo yangi jamoasiga endi ko'nikkanda, oilasining moddiy ahvoli yana yomonlashadi. Bu safar yordamga klub homiylari keladi. Ular shu yo'l bilan iqtidorli futbolchini o'zlarida olib qolish niyatida edilar. 

15 yoshida olgan birinchi maoshini - 100 realni, futbolchi buvasiga olib borib beradi.

Klubdagi faoliyati

2005 yili Marselo "Fluminense"ning yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga o'tkaziladi. 2 mavsum top jamoalar etiboriga tushish uchun etarli bo'ladi. 

Braziliya chempionatidayoq u iqtidorini namoyish qila boshlagan

Uzoq vaqt mini-futbolga bo'lgan qiziqish tufayli, u hujumda nostandart harakatlarni amalga oshirar, bu esa o'z navbatida Ispaniyaning "Real Madrid" va "Sevilya" hamda Rossiyaning CSKA klubi skautlarini jalb qiladi.

"Sevilya" bu transferga juda yaqin keladi. Braziliyalik deyarli shartnoma imzolagan joyida, "Real Madrid"dan taklif tushadi. "Qirollik klubi" ushbu transferga 6,5 mln € ajratadi va "Fluminense" bu kelishuvga hech qanday to'siq ko'rmadi.

Klubning rejasiga binoan iqtidorli yosh futbolchi avvaliga "Kastilya" tarkibidan joy olishi va tajriba orttirishi kerak edi. Lekin o'yinchi bilan yaqindan tanishgan "Real Madrid" bosh murabbiyi Fabio Kapello yosh yigitni asosiy tarkibda qoldirishga qaror qiladi.

Asosiy tarkibda qoldirilgan yigitcha o'z kumiri bo'lmish Roberto Karlos bilan birga shug'ullanar va yangi "fintlar", o'ziga xos harakatlarni o'rgana boshladi. Mashhur futbolchi vatandoshiga yaxshi munosabatda bo'ldi. Marselo intervyularida u juda ko'p yordam bergani va ham maydonda, ham oddiy hayotda elkadosh bo'lganini takrorlagan. Sportchilar oilalari bag'riga bora olmagan vaqtlarda hatto bayramlarni ham birga o'tkazishardi.

Marseloning "Madrid" safidagi debyut o'yini 2007 yil 7 yanvar kuni "Deportivo" qarshi bellashuvda amalga oshdi, aprel oyida esa u hatto asosiy tarkibda maydonga tushirildi.

Ajoyib debyut mavsumdan so'ng, omadsiz yil kutib turgandi. Muntazam xatolar murabbiy Marseloni zaxiraga o'tkazib qo'yishga majbur qildi. Maydonga qaxramonimiz chinakamiga Joze Mourinyu kelishib bilan qaytdi. Portugaliyalik murabbiy Vieyrani asosiy tarkib futbolchisiga aylantirdi.

2013 yil futbolchiga jiddiy jarohat pand beradi. Oyog'ining tizzaosti qismidagi jarohat Marseloni mavsumni ertaroq yakunlashiga majbur qildi. 2017 yil sentyabrida "Real Madrid" himoyachi bilan shartnomani uzaytiradi. Marselo "Madrid" bilan 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. 

 

;Marselo mahoratidan yana bir bor zavq oling.

Xushxabar ketidan, oktyabr oyida Vieyra soliqlardan qochganligi to'g'risidagi mish-mishlar paydo bo'ladi. Ispaniya hukumati (braziliyalikning ikkita fuqaroligi mavjud) futbolchi 400 ming € to'lashi zarurligini malum qiladi.

Braziliya termasi

Iqtidorli futbolchi "Real Madrid"da bo'lgani kabi, milliy termada ham Roberto Karlosning o'rnini egallaydi. Marselo chap qanot himoyachisi rolida 2006 yildan buyon o'ynab keladi. Futbolchi Braziliya termasi safidagi ilk golini birinchi uchrashuvidayoq urishga muvaffaq bo'ladi. O'sha o'yinda Braziliyaga qarshi maydonga Uels termasi tushgandi.

2008 yil Marselo Olimpiya o'yinlariga taklif qilinadi, 2010 yil u Braziliyaning Jahon chempionati uchun tarkibidan o'rin oladi, lekin asosiy tarkibga kira olmaydi. Oradan bir yil o'tib, Marselo o'rtoqlik uchrashuvida yana gol uradi. Bu safar Vieyra Meksika posbonini xafa qiladi.

2012 yil Marselo yana Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi va kumush medalga ega chiqadi. 

Navbatdagi yirik musobaqa 2014 yil bo'lib o'tadi. Musobaqa vaqtida futbolchining buvisi olamdan o'tadi. Bunga qaramay. Vieyra jamoani tashlab ketmaydi. SHunday bo'lsa ham, Marselo braziliyaliklarga katta yordam bermadi. Xorvatiya bilan uchrashuvdagi avtogol esa vaziyatni yanada chigallashtirdi.  

2017 yil JCH-2018 saralash bellashuvida himoyachi Paragvay darvozasini ishg'ol qiladi. Aytgancha, Braziliya terma jamoasida ham, "Madrid"da ham Marselo futbolkasini 12-raqam bezab turadi.

SHaxsiy hayoti

Bo'lajak turmush o'rtog'ini Marselo 15 yoshida uchratadi. Klarissa Alvesh bilan bo'lajak futbol yulduzini qizning akasi tanishtiradi. Ikki yigit mini-futbol jamoasida birga to'p tepishardi. Oradan 5 yil o'tib, suyuklisi 20 yoshga to'lgach, Marselo va Klarissa turmush qurishadi.

Vieyraning faoliyati uchun ayoli vaqtincha teatr sahnasidan ketadi. Futbolchining turmush o'rtog'i – aktrisa, bolalari kattaroq bo'lgach, yana sevimli kasbiga qaytishni orzu qiladi.

2009 yil 14 sentyabr kuni juftlik o'g'il farzandli bo'ladi – Enco. Futbolchining katta o'g'li otasining izidan ketdi. Bolakay futbolga juda qiziqadi. 2017 yili Enco "Real Madrid"ning yoshlar jamoasi (U-8) tarkibidagi debyut o'yinida xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

2015 yil, bu safar faqat 1 sentyabr kuni Marselo va Klarissa ikkinchi o'g'illi bo'lishadi va unga Liam deb ism qo'yishadi.

Bazi qiziqarli faktlar

Futbolchining bo'yi - 1,74 m, og'irligi – 80 kg.

Braziliyalik "Real Madrid" vice-kapitani hisoblanadi.

Marselo hayotidagi muhim voqealarga atab tatuirovka chizdiradi. 

Jamoadoshlari Marseloning juda quvnoq xarakterga ega ekanligini, u deyarli hech qachon tushkun kayfiyatda yurmasligini takidlashadi. U har bir jamoadoshi bilan iliq aloqalarda bo'lishga harakat qiladi. Uning eng yaqin do'stlaridan biri sifatida Krishtianu Ronalduni etirof etishadi.

Yutuqlari

2008 - Ispaniya Superkubogi

2008 - Olimpiya o'yinlrai bronza medali

2010/11 - Ispaniya Kubogi 

2012 - Ispaniya Superkubogi

2012 - Olimpiya o'yinlari kumush medali

2013 - Konfederaciyalar kubogi

2013/14 - CHempionlar Ligasi

2014 - Jahon CHempionati bronza medali 

2014 - Jahon CHempionati ramziy termasi azosi

2014 - Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi

2014 - UEFA Superkubogi 

2015/16 - CHempionlar Ligasi

2016 - Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi

2016 - UEFA Superkubogi 

2017 - CHempionlar Ligasi

2017 - Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi

2017 - UEFA Superkubogi 

2017 - Ispaniya Superkubogi

2018 - CHempionlar Ligasi

2018 - Klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi

2018 - Jahon CHempionati ramziy termasi azosi

2019/20 - Ispaniya Superkubogi

BestMaster
28 Mart 2020, 11:45
bolalikdagi, orzusi, futbol, bolmagan, marselo, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads