Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Oddiy iqtidor»

Bugun 28 mart. Ivan Elgera degan himoyachini eslay olasizmi?

.
- Yuklab olish

Bugun 28 mart. Ivan Elgera degan himoyachini eslay olasizmi? Agar eslay olgan bo'lsangiz, kattaroq avlodsiz. Yosh avlod bu nomni bilmasa kerak.

1975 yilning 28 mart kuni tug'ilgan Ivan “Real” tarkibida sakkiz yil faoliyat olib borgan, asosiy tarkibning ajoyib vakili edi.

Peres “galaktikos” tuzishidan sal avval faoliyatini qirollik klubida yakunlagan. “Real”da kam futbolchilar butsani mixga ila oladilar. Boshqa klublarga ketishga majbur bo'lishadi.

Elgera Madrid superklubiga kelishidan avval “Roma”da bir yil o'ynagan, so'ng “Espanol”ga kelgan, kataloniyaliklar safida o'ynagan mavsumi unga Ispaniya poytaxtiga charter reys taqdim etgan.

Elgera xotirjam o'ynar edi. Fernando Yerroning ajoyib juftligi, kerak bo'lsa, tayanch zonasini ham munosib himoya qiladigan universal edi. Bir kuni uni hujumda sinab ko'rishganda, juda xavfli o'ynab yuborgani hammani ajablantirgan. Ammo o'sha lahzalarda “Real”da aynan orqa chiziqda muammolar bor edi. Va qolib ketdi o'z ampluasida.

Ivan Elgera qanday o'ynagan bo'lsa, hozirgi maqolani ham shunday yozdik. Oddiy. Xotirjam. Ortiqcha bezaklarsiz.

Xayrulla Hamidov.

BestMaster
28 Mart 2020, 07:30
xayrulla, hamidov, maqolasi, «oddiy, iqtidor»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads