Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid»da to'p surish «hammaga» emas!

O'tgan mavsumda «qirollik klubi» jamoani kuchaytirish maqsadida transferlar uchun 303 million evro sarf etdi. Afsuski, jamoaning barcha transferi ham nishonga borib tegmadi. Bugun «qaymoqranglilar»ning mavsum oldi transfer kompaniyasi qanday naf bergani haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

.
- Yuklab olish

O'tgan mavsumda «qirollik klubi» jamoani kuchaytirish maqsadida transferlar uchun 303 million evro sarf etdi. Afsuski, jamoaning barcha transferi ham nishonga borib tegmadi. Bugun «qaymoqranglilar»ning mavsum oldi transfer kompaniyasi qanday naf bergani haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Ferlan Mendi –nishonga tekkanyagona o'q

Frantsiyalik chap qanot himoyachisi 2019-yilda sotib oliganlar orasida asosiy tarkibga kirishni uddalagan yagona futbolchi bo'lib turibdi. Katta ehtimol bilan shunday bo'lib qolsa ham kerak. «Lion»dan 48 million evroga sotib olingan himoyachi jamoaga kelishi bilan Marseloni «kurashga» chorladi. Qahramonimizning ishonchli o'yini sababli Marselo chetga chiqishdan boshqa chora topa olgani yo'q. To'g'ri, braziliyalik futbolchi Ferlandan ko'proq o'yin o'tkazdi,biroq Zidan jamoasi o'z formasini tiklagan chog'ida Ferlan Marseloni asosiy tarkibdan chiqarib yubordi. Barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuv o'tkazgan.

Eden Azar – 100 millionlik yumshoq o'yinchoq

Eden «Real»ga o'tishni juda va juda orzu qilgan edi...Orzusi ro'yobga chiqqach, o'zi ustida ishlashdan to'xtadi-qo'ydi. Ta'tilni buvisinikida o'tkazgandek «qirollik klubi» tarkibiga qo'shilgan futbolchi sport formasi sababli tanqid qilingan edi. Keyin jarohatlar boshlanib ketdi. Yangi Ronaldu bo'lishi tahmin qilingan belgiyalik yangi jamoasi safida atigi 15 ta uchrashuv o'tkazdi va bor yo'g'i bir bor darvozani ishg'ol qildi. Buni futbolchining o'zi ham so'nggi intervyusida tan oldi: «Mening Madriddagi birinchi mavsumim juda yoqimsiz tus oldi, biroq vaziyatni keskinlashtirishga shoshilmang! Bu shunchaki adaptatsiya mavsumi bo'ldi xolos. Mening harakatlarimga ikkinchi mavsumga qarab baho bering. Mening endigi vazifam kelasi mavsumga ko'tarinki kayfiyatda va sport formada etib kelish. «Real» yaxshi jamoa. Men yangi insonlar bilan tanishib oldim. Oldinda bizni 4 yil kutib turibdi. Umid qilamanki, shartnomadagi qolgan mavsumlarni yuqori saviyada o'tkazaman».

Luka Yovich – Benzemaning omadsiz «dublyori»

Eden Azarniku jarohatlar pastga tortib qoldi. Luka Yovichni-chi? Vaholanki, serbiyalik futbolchiga Zidan o'zini ko'rsatish uchun etarlicha imkoniyat yaratib berdi. «Ayntraxt» safida bir mavsumda 27 ta gol kiritgan Yovich haqli ravishda «Real Madrid»ga (60 million evro evaziga) keldi. Markaziy hujumchi bo'lishiga qaramay, Yovich Madrid jamoasi safida atigi 770 daqiqa harakat qildi. O'ylashimcha, qo'shimcha qilishga ham hojat yo'q!

Eder Militao – Ramos va Varanning kichkina ukasi

«Real Madrid» tez orada katta sahnadan tushib ketishi kutilgan Serxio Ramosning o'rnini bosishi ko'zda tutilgan Eder Militaoga alohida to'xtalib o'tish lozim. Militaoga Zidan etarlicha o'yin amaliyotini taqdim etdi. Klub «Portu»ga himoyachi uchun 50 million evro to'labberganiga qaramay, Eder kerakli pallada Varan va Ramosga raqobat hosil qila olmadi. Ochig'ini aytganda, uning mahorati«Real Madrid» darajasida emasligini darrov sezilib qoldi. «Real Madrid» mag'lub bo'lgan 6 ta uchrashuvning 4 tasida Eder Militao tarkibda edi. Achinarlisi shundaki, himoyachi mavsum davomida bir necha bor qo'pol xato qilishga ham ulgurdi. 50 million evro himoyachi uchun yarashmaydigan holat. Shunday emasmi?

Rodrigo – faqat raqobatda g'olib chiqish uchun sotib olingan futbolchi

Rodrigo jamoa qiyin pallada qolganida yordam berishga harakat qildi. To'g'ri, u «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi, biroq keyinchalik asosiy tarkibdagi o'rnini Vinisiusga boy berishni boshladi. Yakunda, yana bir braziliyalik iqtidor egasi zaxiradan joy oldi qo'ydi. Aslida, Vinisiusdek yosh iqtidor egasi bor jamoaga Rodrigoning transferi nima uchun kerak edi? Uning transferi kelajakni o'ylagan holda amalga oshirilgan shekilli?

Xames Rodriges – Ortga nega qaytganini o'zi ham bilmaydigan futbolchi

Aslida Xamesning Zidan bilan munosabatlari ko'ngildagidek emas edi. Aynan shu vaj yuzasidan kolumbiyalik futbolchi Myunxenda ikki yil qolib ketdi. «Bavariya» uni sotib olmagach, Xames barchasini qayta ishga tushirish maqsadida ortga qaytdi. Xamesning Myunxendagi omadli mavsumlaridan so'ng, yaxshigina pulga sotib yuborish o'rniga «Real Madrid» uni zaxiraga o'tkazish uchun ortga qaytardi. Kichik jarohatlar va omadsiz uchrashuvlardan so'ng, Xames ham taqdirga tan berdi shekilli, asosiy tarkibga kirish uchun harakat ham qilmay qo'ydi. Katta ehtimol bilan u ham jamoani erkin agent sifatida tark etadigan ko'rinadi. Xames «qirollik klubi» uchun chinakam boshqotirmaga aylanib bo'ldi.

Alfonso Areola – vaziyat qurboni

O'tgan mavsumda «Real Madrid» darvoza chizig'ida Navas va Kurtua dahshatli raqobatni hosil qildi. Bir qozonda ikkita qo'chqorning kallasi qaynamagani uchun Madrid klubi belgiyalik darvozabonni olib qolishga qaror qildi. Navas Parijga ketgach, “PSJ”Areolani bir mavsumga ijara asosida Madridga jo'natdi. Afsuski, Areolaga imkon berilguniga qadar, Tibo o'zining sport formasini tiklab oldi. Endi «Real Madrid»ga kuchli ikkinchi darvozabonning deyarli keragi yo'q desak, adashmagan bo'lamiz.

Ya . U

BestMaster
28 Mart 2020, 03:30
«real, madrid»da, surish, «hammaga», emas!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Азарга вақт керак
28 Mart 2020, 15:26
 u7777u  
Радриго булажак юлдузи реалди
28 Mart 2020, 15:27
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads