Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Maktabni 2014 yil tamomlagan Serxio Ramos haqida...

U qadar ko'p va muhim gollarni urgan himoyachini ayta olasizmi?

.
- Yuklab olish

Bugun davrimizning eng kuchli himoyachilaridan biri, kimlar uchundir anti-qaxramonga aylangan, ammo nima bo'lsa ham jamoasi uchun borini beradigan haqiqiy jangchi Serxio Ramosning hayoti va faoliyatiga to'xtalamiz.   

Biografiyasi

Ispaniya terma jamoasi va "Real Madrid" sardori Serxio Ramosa himoyachi bo'lishiga qaramay, o'z davrining eng mashhur va buyuk futbolchilari qatoridan joy ola bildi. 

Futbolchi ikki bor Evropa chempioni va bir marta Jahon chempioni, to'rtta karra Evropa CHempionlar Ligasi g'olibi va yana ko'plab musobaqalar bosh sovriniga sazovor bo'lgan. 

Serxio Ramos Garsiya 1986 yil 30 martda Ispaniyaning janubi-sharqiy hududida Sevilya shahri provinciyasi bo'lmmish Kamasda dunyoga keladi. Bo'lajak futbol yulduzining otasi menedjer bo'lib ishlar, onasi esa oddiy, ammo fayzli uyning oddiy bekasi edi. Aynan u turmush o'rtog'i ishdaligi sabab bolalar tarbiyasini to'liq bo'yniga olgandi. Serxiodan tashqari oilada uning akasi Rene va opasi Miriyam bor edi. Kim biladi, kim yo'q, lekin himoyachining chap qo'lida ota-onasining iniciallari (I.F.SH larining dastlabki harflari) va akasi bilan opasi ismining dastlabki harflari aks etgan tatuirovka bor. 

Bolaligi va yoshligi

Oila boshlig'i, yani Serxioning otasi, yoshligida mahalliy jamoaning asosiy jamoasining muhim futbolchilaridan hisoblangan, ammo tizzasidan olgan jarohati bois, xobbisini asosiy kasbga aylantirishdan bosh tortgan. 

Kichik o'g'li futbolga qiziqa boshlaganida u moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, 12 yoshli Serxioni "Alevin" futbol klubiga olib boradi.Keyinchalik ham otasi Serxio Ramosning bugungi darajasiga etib kelishida o'ta muhim rol o'ynaydi. U kerak vaqtda o'g'lini tergab, kerak vaqtda ruhlantira olganini qaxramonimiz o'z hayoti haqidagi kitobida ham alohida takidlab o'tgan. O'sha vaqtlardan boshlab, 12 yoshdan endigina oshgan bolakay o'zini futbolga bag'ishlaydi.

Sportchining biografiyasini o'rganar ekansiz, qiziq bir jihatga etiboringiz tushishi aniq. Qaxramonimiz 2004 yil "Sevilya" bilan shartnoma imzolagach, bo'lajak Jahon va Evropa chempioni vaqt etishmovchiligi tufayli maktabni tashlab ketishga majbur bo'ladi. Bu erda ham otasi futbolchini qo'llaydi va mustaqil qaror chiqarishi zarurligini, bu qaror uning keyingi hayotini belgilab berishini uqtiradi. Katta o'g'lida bo'lmagan jihat, Serxio Ramos futbol desa borini berishini otasi ham sezib ulgurgandi, shu sababli futbol uchun maktabni tashlashiga ham qarshilik qilmaydi. Aksincha, uning har bir qarorini qo'llab-quvvatlab keladi.

Serxio 2014 yil (!) biologiya va ekologiya fanlari bo'yicha imtihonlarni ham topshirgach, maktabni tamomlaganlik haqidagi diplomni oladi.

Professional futbol

2004 yilda "Sevilya"ning asosiy tarkibidan joy ola bilgan Serxio jamoaning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo'ldi. 2004–2005 yillar mavsumida Garsiya o'ttiz bitta o'yinda maydonga tushdi va UEFA Kubogi yarim finaliga qadar etib bordi. Ramosning xalqaro maydondagi debyuti ham omadli chiqdi. 2005 yil iqtidorli futbolchini Ispaniya yoshlar termasiga taklif qilishadi.

SHundan so'ng 2005 yilda Evropa futboli "akulalari" himoyachi uchun kurashga kirishdilar. "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Real Madrid" va "Yuventus". Transfer oynasi yopilishiga sanoqli soatlar qolganida Ramos "Real Madrid"ga 27 mln evro evaziga o'tadi.

Yangi klubdagi ilk golini Serxio shu yilning dekabr oyida urishga muvaffaq bo'ladi. ECHL doirasida Greciyaning "Olimpiakos" klubi darvozaboni Ramosning zarbasi oldida ojiz qoladi. Bu gol ispanlarga yordam bermadi, yakunda "Qirollik klubi" 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. 2005–2006 yillar yakuni bo'yicha Serxio Ispaniyaning eng yaxshi himoyachisi deb etirof etildi. 2011 yil u klub bilan shartnomasini uzaytirdi va maoshi €4,5 mlnga ko'tarildi.

Keyingi mavsumda Ramos 51 uchrashuvda ishtirok etdi va muhim gollarga mualliflik qildi. Jamoa ECHL finaliga qadar etib borishida Ramosning xizmatlari muhim rol o'ynagan. Finalda raqib hamshaharlar "Atletiko" futbolchilari bo'ldiyu O'sha o'yinni butun dunyo juda yaxshi eslaydi. O'yinning 93-daqiqasida "matraschilar"ning bazi muxlislari chempionlikni nishonlay boshlagan bir pallada Ramos raqib jarima maydoniga keladi va boshi bilan zarba berib, barchani shoshmaslikka chaqiradi. Ekstra-taymlarda nimalar bo'lib ketganini esa ortiqcha izohlashning keragi yo'q chamamda. 2015 yil klub Serxio bilan kelishuvni 2020 yilga qadar uzaytiradi. Aynan shu yili Iker Kasilyas ko'zda yosh bilan "Real"ni tark etadi va sardorlik bog'ichi endi Ramosga topshiriladi. 

2016 yil aynan Serxio Garsiyaning goli "Real Madrid"ni "El klasiko"dagi mag'lubiyatdan qutqarib qoldi (1:1). "Kep" kerakli vaqtda jamoani ortidan ergashtira olishini bir necha bor isbotlagan: CHempionlar Ligasi yarim finalida (2013–2014 yillar) ikkita gol, Klublar o'rtasida jahon chempionati finalida gol (2014 yil), CHempionlar Ligasi (2015–2016 yillar) finalida urilgan gol, Evropa Superkubogi bellashuvida (2016 yil) urilgan gollar va x.k.z.

2017 yil avgust oyida "Barselona" forvardi Lionel Messi Ispaniya Superkubogi uchun bahsda provakaciya tufayli "Real" himoyachisini haqorat qiladi. 

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa Messi jarima zarbasini amalga oshirish niyatida turgan bir pallada, "qaymoqranglilar" sardori to'pni argentinalikka olib kelib bergisi kelmaydi va uni raqib boshi tepasidan o'tkazib otib yuboradi. Messi bunga javoban Ramos nomiga "iliq" so'zlar yo'llaydi.Takidlash lozim, Ramos ayniqsa "ko'k-anorranglilar" bilan o'yinlarda janjallar markazida bo'lib qolaveradi. 2012 yil Karles Puyolga nisbatan hurmatsizlik uchun hakam Serxioga qizil kartochka ko'rsatadi.

SHaxsiy hayoti

Ispaniya terma jamoasi sardori shaxsiy hayoti borasida doimo turli mish-mishlar, xabarlar tarqalib kelgan. Faktlar bilan isbotlangan holatlar haqida gapiradigan bo'lsak, "Real" vakili o'z vaqtida "Miss Ispaniya–2006" Elizabet Reys bilan, top-model Karolina Martines va aktrisa Blanko Romero bilan uchrashib yurgan.

SHunga qaramay, Ramos OAV vakillari bilan suhbatlarida bir necha bor artistlar va manekenchilar unga faqat tashqi tomondan yoqishi, lekin shou-biznes olamiga aloqador qiz bilan jiddiy munosabatlarni rejalashtirmayotganini takidlagan. 2010 yil Serxio Ramosning "o'ziga xos ro'yxatidan" ispan TVsi yorqin vakilasi, "La Sexta" va "Marca" telekanallari teleboshlovchisi Lara Alvares joy egallaydi.

Ular ilk bor "Alma Foundation" nomli hayriya tadbirida uchrashib qoladilar. Tashabbus Alvaresdan chiqadi va u futbolchidan klub ramzi tushirilgan futbolkasini sovg'a qilishni so'raydi. Bir qarashda katta tezlikda yaqinlashib borayotgan munosabatlarda barchasi oson va ajoyib bo'lgan deb bo'lmaydi.

Andalusiya annalari tasirida tarbiya topgan sportchi jurnallar bosh sahifasida tez-tez ko'rinish beradigan Laradan barchasini yig'ishtirib, turmush o'rtog'ini sabr bilan uyda kutadigan ayolga aylanishni talab qiladi.

Tabiiyki, oyimchaga voqealarning bunday rivoji yoqmaydi. U Ramos uchun o'zgarishi kerak bo'lishini o'ylab ham ko'rmagandi, Serxio esa o'z ayoli allaqanday fotosessiyalarda ishtirok etib yurishiga hech qanaqasiga ko'nmasdi. 2012 yil iyul oyida ular o'zaro tiltopisha olmasliklarini tushunib etishadi va batamom ayrilishadi.

Ko'p o'tmay OAV vakillari nishonida hamkasbi Pilar Rubio paydo bo'ladi. Keyinroq himoyachi ilk uchrashuvdayoq "yuragi jiz etganini" tan oladi. Ramos va Rubio munosabatlarini ortiqcha yashirib yurishmadi va 2012 yil sentyabr oylaridan boshlab ijtimoiy tarmoqlarga o'zaro suratlarini joylashtira boshlashdi.

2013 yil noyabr oyiga kelib esa juftlik yana bir necha oylardan so'ng ota-ona bo'lishlarini malum qilishdi. 2014 yil Rubio o'g'il farzand dunyoga keltiradi. Bolakayga kichik Serxio Ramos Rubio deb ism qo'yishadi. Oradan bir yarim yil o'tib (2015 yil 15 noyabr kuni) Ramos ikkinchi bor ota bo'ladi – bolakayga Marko deb ism qo'yishadi. Serxioning o'g'liga ism tanlashiga "Madrid" yarim himoyachisi Marko Asensioga aloqasi bor yo'qligi nomalum. Eslatib o'tamiz, Marko 2014 yil dekabr oyida "Qirollik klubi" bilan shartnoma imzolaydi, lekin jamoaga 2015 yil yozda kelib qo'shiladi.   

2018 yil 25 mart kuni uchinchi "mushketer" Alexandro dunyoga keladi. Va uch nafar o'g'illi bo'lganidan keyingina Serxio Ramos va Rubio turmushlarini qonuniylashtirib qo'yishga imkon topishadi. 2019 yil 18 iyun kuni Serxio, Marko va Alexandro ota-onalirining rasmiy to'ylarida ishtirok etadilar. 

Ko'plab sovrinlar sohibi hamon futbol uchun, jamoasi uchun borini berib harakat qiladi. Lekin shu bilan birgalikda Ramos muxlislari haqida ham unutib qo'ymaydi: 183 sm bo'y va 75 kg og'irlikka ega futbolchi mashg'ulotlari, oliaviy dam olishi aks etgan foto-video materiallarni muntazam ravishda "Tvitter" va "Instagram"ga yuklab boradi.

Yutuqlari

2004–2005 – "Don Balon" yilning eng yaxshi yosh futbolchisi ("Sevilya" safida)

2006–2007 – Ispaniya chempioni ("Real Madrid" safida)

2007–2008 – Ispaniya chempioni ("Real Madrid" safida)

2008 – Evropa chempioni (Ispaniya termasi safida)

2008 – Ispaniya Superkubogi g'olibi ("Real Madrid" safida)

2008 – UEFA ramziy termasiga kiritilgan

2010 – Jahon CHempioni (Ispaniya termasi safida)

2010 - Jahon CHempionati ramziy termasidan joy olgan

2010–2011 – Ispaniya Kubogi sohibi ("Real Madrid" safida)

2012 – Evropa chempioni (Ispaniya termasi safida)

2012 – UEFA ramziy termasiga kiritilgan 

2012 – Ispaniya chempionati eng yaxshi himoyachisi

2013–2014 – Ispaniya Kubogi sohibi ("Real Madrid" safida)

2013 – Ispaniya chempionati eng yaxshi himoyachisi

2013 – UEFA ramziy termasiga kiritilgan

2014 – Klublar o'rtasida Jahon chempionati g'olibi ("Real Madrid" safida)

2014 – Ispaniya chempionati eng yaxshi himoyachisi

2014 – UEFA ramziy termasiga kiritilgan

2015–2016 – UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi ("Real Madrid" safida)

2015 – Ispaniya chempionati eng yaxshi himoyachisi 

2015– UEFA ramziy termasiga kiritilgan

2016–2017 – Ispaniya chempioni ("Real Madrid" safida)

2016 – Klublar o'rtasida Jahon chempionati g'olibi ("Real Madrid" safida)

2016 – UEFA ramziy termasiga kiritilgan   

2016–2017 – UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi

2016 – UEFA Evropa CHempionlar Ligasi final uchrashuvi eng yaxshi futbolchisi

2016–2017 - UEFA CHempionlar Ligasi eng yaxshi himoyachisi

2017 – UEFA Superkubogi sohibi ("Real Madrid" safida)

2018 – Klublar o'rtasida Jahon chempionati g'olibi ("Real Madrid" safida)

2018 – UEFA ramziy termasiga kiritilgan

2017-2018 – UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi ("Real Madrid" safida)

2019-2020 – Ispaniya Superkubogi g'olibi ("Real Madrid" safida)

BestMaster
25 Mart 2020, 15:15
maktabni, 2014, tamomlagan, serxio, ramos, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads