Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl qaerga ketishi kerak? Garet uchun to'rtta tanlov

.
- Yuklab olish

Stadion.uz “Real Madrid”ga keraksiz figuraga aylangan Garet Beylning kelajakdagi jamoasi kim bo'lishi borasida fikr almashadi.

Angliya premer-ligasi

2013-yilda “Santyago Bernabeu”ga ko'chib o'tgan futbolchi Primera, Ispaniya Kubogi, Chempionlar ligasi, Evropa superkubogi, klublar o'rtasidagi JCh va boshqa musobaqalarda g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. Faoliyati davomida katta musobaqalarda harakat qilib o'rganib qolgan futbolchi qayta qurishni boshidan o'tkazayotgan Joze Mourinoning “Tottenhem”iga borib qo'shiladimi?

Qahramonimiz “Uayt Xart Leyn”da to'p surgan chog'lari 146ta uchrashuvda 42ta gol kiritishni uddalagan va jamoani chinakam superyulduz maqomida tark etgan edi. Endilikda uning jonajon klubiga qaytish borasidagi tahminlarga agenti – Jonatan Barnet quyidagicha izoh berdi: “O'ylashimcha, u “Tottenhem”ga o'tmaydi. Uning shartnomasi yakuniga etganida oila a'zolari bilan o'tirib suhbatlashib olamiz. Tan olish lozim, Garet Madridda baxtli. Boz ustiga, Beylni uncha-buncha klub moliyaviy tomonidan qoniqtira olmaydi. Shunga qaramay, barchasi pulga taqilmagan. Uning farzandlari Madridda katta bo'ldi. Shunga qaramay, agar Xarri Keyn jamoani tark etsa, “Tottenhem” Beylni jamoaga taklif qilishi mumkin. Agar “shporlar” o'z sardori va etkakchisini yo'qotishsagina, Beylni tarkibga qo'shib olishi mumkin”.

Italiya Aseriyasi

“RealMadrid” uchunkelasiyilningyanvaroyidaqiyinkunlarboshlanadi. Sababi, aynan o'sha kundan Buyuk Britaniya Evropa ittifoqi a'zoligidan chiqishi kuchga kiradi. Ana shunda Beyl Evropa ittifoqidan chiqqan futbolchilar qatoridan joy oladi. Bu esa, uning jamoadagi o'rnini yanada zaiflashtirishi turgan gap.

Breksitga qaramay uelslik futbolchilarni jamoaga taklif etayotganlar ham yo'q emas. Misol uchun Aaron Remzining “Yuventus”ga o'tgani ko'rsatishimiz mumkin. Uning “Yuventus” o'tishi borasida gap-so'zlar yo'q, biroq barcha yulduzlarni o'z bag'riga sig'dirayotgan “Inter” klubini ham alohida qayd etib o'tish joiz. Beyl Madridda o'zining 7-mavsumini o'tkazayotganini inobatga olsak, uning imkoniyatlarini ham past baholashga hech kimning haqqi yo'q. 249 ta uchrashuvda 105 ta gol kiritgan futbolchi hozir ham katta naf keltirishga qodir. Ayniqsa, A seriya jamoasi uchun.

O'z vaqitda Beyl “San-Siro” stadionida “Inter”ga qarshi ko'rsatgan qahramonligi ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak.

“ElCherenguito” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Inter” uctopi Antonio Konte Beylning transferi borasida klubning ijrochi direktorlari Bepa Marotto va Per Auselio bilan suhbatlashgan. Bugungi kunga kelib, Beyl uchun asosiy da'vogar bo'lgan “Manchester Yunayted”ning bor e'tiborini Jeydon Sanchoga qaratganini inobatga olsak, “Inter” bilan raqobat qiladigan jamoaning o'zi yo'qligini darrov payqaysiz.

MLS


Beyl Madridga butun boshli oila a'zolari bilan ko'chib borgani sababli, unda ispan tilini o'rganishga hojat bo'lmadi. Balki til o'rganishni futbolchining o'zi istamagandir. Bunisi bizga qorong'u. Agar u yozda MLS jamoalaridan biriga o'tsa, unda til bilan hech qanday muammo bo'lmasligi aniq.

2019/20-yilgi mavsumning katta qismini jarohati sababli o'tkazib yuborgan futbolchi MLSga o'tishi haqidagi mish-mishlar ko'payib bormoqda. Barchasi o'z-o'zidan tushunarli. Kuchsizroq chempionat. Katta maosh va katta e'tibor. Yangidan yangi reklama shartnomalari va boshqa ko'plab bonuslar Garetni MLSda kutib turibdi.

Ispaniyaning “ElDesmarique” nashri bergan xabarlarga ishonadigan bo'lsak, yanvar oyidayoq "Inter Mayami" va "Los-Anjeles Gelaksi" jamoalari hujumchi bilan jiddiy qiziqib qolgan. Agar FlorentinoPeres Beylning transferiga rozi bo'lsa, MLS jamoalaridan kamida 5 tasi Beylni o'ziga chorlashi aniq.

Xitoy Superligasi

Avvalroq Zayniddin Zidan Beylning Xitoyga ketishiga rozi bo'lgan, uelslik o'yinchi hatto shaxsiy shartnoma borasida ham kelishuvga erishgan edi. Transferning so'nggi bosqichida Peres katta sahnaga chiqqan va barchasi barbod bo'lganidan xabaringiz bor.

Haftasida 350 ming funt va turli bonuslarni bugungi kunda Beylga Xitoy klublaridan boshqa jamoalar taklif eta olmasligi kundek ravshan. Shunga qaramay, Beyl uchun bu ortga qadam ekanligini ham aytib o'tish joiz. O'z vaqtida dunyoning eng qimmat futbolchisi sanalgan Beyl Xitoy chempionatiga o'tsa, norasmiy tarzda butsalarini mixga ildi,deb hisoblayvering!

BestMaster
25 Mart 2020, 11:00
qaerga, ketishi, kerak?, garet, uchun, tortta, tanlov,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads