Bir necha kun oldin “Real”ning sobiq prezidenti Lorenso Sans koronavirusdan vafot etgandi. Uning o'g'li Pako ham ushbu virusni yuqtirib olgani malum bo'ldi. Kichik Sans ayni damda Madriddagi shifoxonalardan biriga joylashtirilgan.
Malumot uchun, 47 yoshli Pako avvalroq “Granada” klubida prezident bo'lgan.