Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!

Afsonaviy Kasilyas haqida

Bugun Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq sardori haqida gaplashamiz.

.
- Yuklab olish

Iker Kasilyas — futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri, Ispaniya terma jamoasining sobiq sardori, jahon chempioni, 2 karra Evropa, 5 karra Ispaniya chempioni (Madridning “Real” klubi safida). “Real” bilan 2 marta Ispaniya kubogini, 4 bor Superkubogini yutgan. 3 karra CHempionlar ligasi g'olibi, klublar o'rtasidagi jahon chempioni. UEFA tasnifiga ko'ra 6 bora yil ramziy jamoasiga kiritilgan... (uning barcha sovrin va mukofotlari ro'yxatining bir qismigina taqdim qilindi)

Bolalik yillari

Iker Kasilyas 1981 yilning 20 mayida Ispaniyadagi Mostoles shaharchasida dunyoga kelgan. Onasi — Mariya del Karmen, otasi — Xose Luis, akasi — Unay Fernandes. Ikerning onasi ayollar sartaroshi, otasi esa Talim vazirligida ishlardi. Bu oilada professional tarzda futbol bilan shug'ullanganlar yo'q edi, ammo Ikerning otasi Bilbaoda tug'ilgan, u “Atletiko” jamoasining muxlisi edi.

Mostoles — Madrid yaqinidagi provinciya. Uning aksar aholisi ishchilar sinfiga mansub. Iker qo'shnilari bilan uylari yaqinidagi maydonchada to'p tepar, bazan “Bernabeu”ga “Real”ning o'yinlarini ko'rish uchun tashrif buyurar edi. Keyinchalik uning o'zi ana shu lahzalarni bolaligidagi eng yorqin xotiralar sifatida esladi.

"Real Madrid"

Iker bolaligidan darvozabonlarga mehr qo'ygan. Buyo, Kanisares va SHmeyxelning harakatlarini kuzatar, ularning muxlisi edi. Kunlarning birida uning uyi yaqinidagi maydonchada “Real Madrid” klubi maktabining “ochiq eshiklar kuni” o'tkazildi. Otasi kichikina Ikerni ham ko'rikka olib boradi. 8 yoshli golkiper murabbiylarda iliq taassurot qoldirdi, ammo u hali juda kichkina edi. 6 oy o'tgach, bolakay yana ko'rikka bor va bu safar qabul qilindi. Aynan shu lahzadan Iker Kasilyas katta futbolga kirib kelgan edi. Visente Del Boske murabbiylik qilayotgan bolalar jamoasiga borib qo'shilgan Iker 1999 yilga qadar yoshlar tarkibida o'ynadi. 

Bu muddat oralig'ida “qizil furiya”ning U-15, U-16, U-21 terma jamoalari bilan Jahon chempioni va Meridian kubogi sohibiga aylandi. Kasilyas “Real” safida Ektor Kuper boshchiligidagi “Valensiya”ga qarshi UEFA chempionlar ligasi final bahsi (3:0, 24 may 2000 yil)da o'zini ko'rsatdi. Jarohatlangan Bodo Illgnerning o'rniga “qirollik klubi” darvozasini qo'riqlagan 19 yoshli kiper o'sha paytdayoq kelajakda qayd etadigan natijalaridan barchani ogohlantirib qo'ygandi. Biroq keyin asosiy darvozabon vazifasini Sezar Sanches bajardi va Iker bir muddat zahirada qoldi.

UEFA chempionlar ligasi-2001/02 final (“Madrid” – “Bayer”, 2:1) dan keyin ajoyib jismoniy holatga kirib ulgurgan Kasilyas “qaymoqranglilar” postining asosiy posboniga aylanadi. 2002/03 yilgi mavsumda yosh darvozabon 38 o'yinda maydonga tushib, “Real”ning Ispaniya chempioniga aylanishiga munosib hissa qo'shdi. 

2014 yilda Kasilyas (Mourinyuni almashtirgan) Karlo Anchelotti boshqarayotgan “Real” bilan 3-bor CHempionlar ligasida zafar quchdi. 

Bunga qadar “Real”ni boshqargan Mourinyu va Ikerning munosabatlari yaxshi natija bermagan edi. Portugaliyalik mutaxassis 10 yil davomida “Qirollik klubi”ning birinchi posboni bo'lib kelgan Kasilyasni zahiraga o'tqazib, Antonio Adanni asosiy darvozabonga aylantiradi. Murabbiyning qarori  Madrid klubi ishqibozlarining keskin noroziligiga sabab bo'lib, matbuotda bir nechta janjallar keltirib chiqargandi. Joze esa ularga xotirjamlik bilan Adan Ikerdan kuchliroqligini aytdi. Kelishmovchilik jamoaga ko'chdi va “Real”da ichki muhit yomonlasha bordi. Mourinyu va futbolchilar alohida qutblarga ajralishgandi. Tez orada Antonio Adan asosiy darvozabon poziciyasiga nomunosibligi oydinlashgach, “benazir” Diego Lopesni asosiy postga ko'chirdi. Kasilyas esa zahira o'rindig'ida qolaverdi.

Jamoa Karlo Anchelotti boshqaruviga o'tgach, sardorning formasini tiklab asosiy tarkibga qaytishi oson bo'lmadi. U 2013/14 yilgi mavsumni kubok va ECHL o'yinlarida maydonga tushish bilan o'tkazdi. 2014/15 yilgi chempionat Iker uchun “Real”dagi so'nggisi bo'ldi.

2014 yilnig iyulida Iker Kasilyasga “Arsenal”dan taklif tushgandi. Darvozabon taklifni quyidagi fikri bilan rad etgan:

Arsenal”ga o'tishDunyoda “Real”dan yaxshiroq klub yo'q.

2015 yilning yozida “Qirollik klubi”ni tark etar chog'ida esa:

Real”da mening vaqtim yakunlangani tushunib etdim. 2015 yilning yanvar-fevral oylari edi. Jamoadagi ichki muhit yaxshi emas, nima qilishim kerakligi haqida o'ylardim. Oxir-oqibat, ketishim kerakligini tushundim. 2014 yilda ECHLda g'olib bo'lgach, jamoadan ketish to'g'risida o'ylagandim. Ehtimol, o'sha payt ketganim maqul edi”.

Ispaniya terma jamoasi

Iker Kasilyasning milliy terma jamoa miqyosidagi ilk xalqaro turniri “Evro-2000”ga to'g'ri keldi. Mazkur musobaqada zahira darvozaboni vazifasini o'tagan Kasilyas Santyago Kanisares jarohatlangach, Yaponiya va Koreya maydonlarida o'tgan JCH davomida “qizil furiya” postini qo'riqlagandi. Musobaqaning nimchorak finalida Irlandiyaga qarshi penaltilar seriyasida 2 zarbani bartaraf qilgan posbon ispanlarni keyingi bosqichga olib chiqqani bilan yodda qolgan.

Kasilyas “Evro-2004”da 8 ta o'yinda maydonga tushdi. 2008 yilgi qita chempionatiga esa Ispaniya terma jamoasining sardori sifatida tashrif buyurib, g'olib bo'ldi. 2010 yilgi JCH va 2012 yilgi Evropa birinchiligida ham bu hol qaytarildi. Malumot uchun, FIFA uni 2010 yilgi mundialning eng yaxshi darvozaboni deb topgandi.

“Evro-2016”da De Xeaning soyasida qolib ketgan Kasilyas musobaqa yakunida o'zining “Tvitter”dagi sahifasiga “Rembo: Birinchi qon 2” filmidan parchani joylashtirdi. Unda Rembo armiyada qolish taklifini rad qilgandi. Iker videolavhani quyidagicha izohladi:

“Doim odamlarning sevgisini his qilishdan faxlanaman”.

SHu tariqa u terma jamoadan ketdi. Muxlislar unga bo'lgan minnaddorchiliklarini “Tvitter”da “Rahmat, Kasilyas” xeshtegi orqali ifodaladilar. 

Bilasiz, tanqidchilar doim topiladi. “Espanol” darvozaboni Diego Lopes o'sha yilning oktyabr oyida bergan intervyusi bilan tanishing:

“Kasilyas terma jamoaga chaqirilmaganidan hayron bo'lmayman. Jamoada yuqori raqobat bor, shunday ekan, barcha uchun adolatli raqobat muhiti yaratilishi kerak”.

“Portu”

2015 yilning iyulida “Portu”ga o'tgach, Ikerning faoliyatida turg'un davr boshlandi. Ammo o'tgan mavsum yakunida uning hayotida ro'y bergan ko'ngilsizliklardan xabaringiz bor.

Dastlab, o'zi yurak hurujiga uchradi, keyin rafiqasi Sara Karbonerada saraton aniqlandi. Juftlik bu qiyin kunlarni qanday engib o'tganidan sizni xabardor qilgandik. Quyida Iker va Sara o'rtasidagi muhabbat tarixi haqidagi maqola bilan tanishishingiz mumkin. 

Iker va Sara o'rtasidagi muhabbat: Qizni o'tkazib yuborilgan golda ayblashgan, JCHda xatto qirol ularga qarsak chaldi 

Iker Kasilyas hozirgi kunda

Kasilyas faoliyatini joriy yilning 18 fevral kuni rasman yakunladi. Yaqin kunlarda Ispaniya Futbol Federaciyasi prezidenti lavozimida ko'rib qolsak, ajab emas.

Iker Kasilyas faoliyatini yakunladi. U prezident bo'ladi

Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

BestMaster
25 Mart 2020, 04:00
afsonaviy, kasilyas, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017