Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ular biror marotaba ham chempion bo'lishmaganiga ishonasizmi?

.
- Yuklab olish

Qanchalar g'alati eshitilmasin, Marko Roys o'z faoliyati davomida biror marotaba Bundesligada g'olib chiqmagan. Qahramonimiz klubga Kloppning oltin davrining yakunida keldi va chempionlik ta'mini totib ko'rmadi.

Xo'sh u singari o'z faoliyati davomida biror marotaba ichki birinchilikda g'olib chiqmagan yulduzlardan yana kimlarni bilamiz?

Marek Gamshek 32 yosh.

Chempionatlardagi o'yinlari soni: 501

O'ynagan klublari: «Slovan» Bratislava, «Breshia», «Napoli», «Dalyan Ifan»

Slovakiyalik pleymeyker sobiq jamoadoshlari boshqa klublarda sovrin yutayotganini kuzata-kuzata 32 ni ham “urib qo'ydi”! Darhaqiqat, u bilan birga to'p surgan Iguain chempionlik uchun “sotqin” nomini ortirsada o'z maqsadiga erishdi. Lavezzi, Kavani singari futbolchilar xalqaro darajada yulduzlarga aylanishdi. Gamshek esa birorta chempionating oltin medallirini bo'yniga taqmay turib Xitoyga ravona bo'ldi.

Gamshek davrida “Napoli” chempionlik uchun har mavsum kurash olib bordi, biroq ular 2-o'rindan uyog'iga o'ta olishmadi.

Antuan Grizman 28 yosh.

Chempionatlardagi o'yinlari soni:386

O'yinagan jamoalari: «Real Sosedad», «Atletiko», «Barselona»

 

Antuan o'zining ilk professional mavsumida “Real Sosedad” jamoasiga “Segunda”da g'olib chiqish imkonini yaratib berdi. O'sha g'oliblikdan so'ng, amaldagi JCh g'olibi chempionatda g'olib chiqish nima ekanligini bilmay kelmoqda.

Antuanni “Atletiko” Diego Kostaning o'rniga harid qilishgan edi. Antuan “Matraschilar”ning statusi tushib ketmasligini ta'minladi, biroq chempionlikka erisha olmadi.

Shunga qaramay, unda chempionlikni his etish imkoni mavjud. Buning uchun “Barselona” bilan mavsumni yuqori notada yakunlash talab etiladi.

Daniele De Rossi 36 yosh.

Chempionatdagi o'yinlari soni: 464

O'ynagan jamoalari : “Roma”, “Boka Xuniors”.

 

Italiya futbolining tirik afsonasi Rimda Totti singari juda mashxur personajlardan biri. Deyarli butun karierasini “Roma”ga bag'ishlagan Daniele atigi 2 ta Italiya kubogini qo'lga kiritdi xolos. Rimliklar qancha urunishmasin, De Rossi davrida ikkita kumush medallardan boshqasiga ega chiqishmadi.

Shunga qaramay, De Rossi 2006-yilda Jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Shu sababli, karierasi juda alamli o'tgan deyishdan yiroqdamiz!

Fernando Torres 35 yosh.

Chempionatdagi o'yinlari soni:544

O'ynagan jamoalari: «Atletiko», «Liverpul», «Chelsi», «Milan», «Sagan Tosu»

“Elnino”ni bu ro'yxatda ko'rishni tahmin qilmagan edingiz chamamda! Ispaniya terma jamoasi safida istalgan raqiblarini bir chetga surib tashlagan hujumchi o'z faoliyati davomida birorta chempionatda g'olib chiqmaganigaishonish qiyin.

Eng qizig'I shundaki, unda ikkita Evropa chempionligi, EChL g'olibligi mavjud bo'lsada, ichki birinchilik oltin medallar mavjud emas. Qahramonimiz sharqiy Osiyoda ham o'z maqsadiga eta olmay turib butsalarini mixga ilib yubordi.

Ugo Loris 33 yosh.

Chempionatdagi o'yinlari soni 470

O'ynagan jamoalari: «Nitstsa», «Lion», «Tottenxem»

Amaldagi JCh g'olibining klublar bilan ishi yurishmagani rost. Uning iqtidoridan kelib chiqib aytishimiz mumkin-ki, Loris atigi bir bor Frantsiya kubogini boshi uzra ko'tarishga loyiq emas edi.

Eng achinarlisi shundaki, 2012-yilda “shporlar” safiga borib qo'shilgan darvozabon klublar miqiyosida birorta sovringa ega chiqmadi. Shunga qaramay, frantsuz klubi bilan shartnomani 2022-yilga qadar cho'zdirdi va hali-xamon sovrin yutishdan umidini uzgani yo'q.

BestMaster
23 Mart 2020, 23:30
biror, marotaba, chempion, bolishmaganiga, ishonasizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads