Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Katta sardor»

23 mart. 1962 yili tavallud topgan va  o'tgan asrning eng iste'dodli markaziy himoyachilaridan biri bo'lgan Fernando Yerro haqida gapirish vaqti etdi.

.
- Yuklab olish

23 mart. 1962 yili tavallud topgan va  o'tgan asrning eng iste'dodli markaziy himoyachilaridan biri bo'lgan Fernando Yerro haqida gapirish vaqti etdi.

Bugungi kunda “Real” muxlislari Serxio Ramosning o'yinidan xotirjam bo'lishadi. U bor, bemalol himoyani o'ylamasak ham bo'laveradi, deydilar. Hatto hujumchilarning ishi yurishmasa, borib gol ham urib keladi, deyishlari turgan gap. O'tmish “Real”ida Ramosning ustozi – Yerro edi.

15 yil Qirollik klubida faoliyat olib borgan ajoyib himoyachi besh marta Ispaniya chempioni bo'ldi, uch marta EChL g'olibiga aylandi. Ispaniya terma jamoasida ham eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar o'nligida. To'purarlar bahsida to'rtinchi o'rinda. 29 goli bilan.

Yerro 1991/92 yilgi mavsumda 21 gol urib, faqat Manoloni o'zidan o'tkazib yuborgan. Markaziy himoyachi – ikkinchi o'rinda! Zo'r, a?! Ishonchli o'yinlari bilan Fernando 2001 yili sardorlik bog'ichini oldi va “Real” safida 601 o'yin o'tkazib, klub afsonasiga aylandi.

Himoyachi 35 yoshida jamoani tark etdi va Qatarning “Ar Rayyon” klubiga yo'l oldi. Yangi klubida Qatar amiri kubogini engib oldi. Ikkinchi mavsumni Evropada davom ettirdi – “Bolton”ga kelib, 2005 yilgacha o'ynadi va futbol bilan xayrlashdi.

2007 yildan boshlab Ispaniya Futbol Federatsiyada sport direktori bo'lib faoliyat yuritdi. Federatsiyada ishlayotgan payti terma jamoa Evropa chempioni (2008) va jahon chempioni (2010) bo'ldi. 2011 yili “Malaga”da sport direktori, 2014 yili “Real”da Karlo Anchelotti assisenti vazifasida ish boshladi.  2016 yili “Ovedo” murabbiyi, 2018 yili Ispaniya terma jamoasi bilan mundialdagi ishtiroki...

Hozirda yana “Real”ga qaytgan. Sport direktori vazifasiga.
Ko'ryapsizmi, futbolchiligi bilan murabbiyligi o'ta farq qiladigan inson. To'p tepganda bir klubda 15 yil, maydondan tashqarida shuncha joy...

Yerro yaqinda intervyu berdi va jurnalistning: “Real” nima uchun afsonalarini yaxshi kuzatib qo'ymaydi?” degan savoliga chiroyli javob bergan: “Murabbiyligida yaxshi kutib olish uchun!”

Xayrulla Hamidov

BestMaster
23 Mart 2020, 07:30
xayrulla, hamidov, maqolasi, «katta, sardor»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads