Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real Madrid"ning navbatdagi afsonasi klubni tark etadimi?

Vaqt hech kimni ayamaydi.

.
- Yuklab olish

Yaqindagina, 2005 yil yozida "Real Madrid"ga 19 yoshli iqtidor sohibi Serxio Ramos ko'chib o'tgandi. Hozir esa u "Qirollik klubi" afsonasi, sardori va faxriy futbolchisi.

Bir haftadan keyin Serxio Ramos futbolchi uchun sezilarli raqamlar - 34 yoshni qarshilaydi! Klubda esa Peresning yoshi katta futbolchilar uchun bir temir qonuni mavjud. Ular klub afsonalari bo'lsa ham qonun o'zgarmaydi. Futbolchi 32 yoshdan oshishi bilan uning shartnomasi yakunlangach, hamkorlikni FAQAT 1 yilga uzaytirishni taklif qiladi! Bu muddat ichida futbolchi qanchalik yaxshi ishtirok etmasin, yangi taklif yana o'sha 1 yil muddatga mo'ljallangan bo'ladi. Va hatto futbolchining ismi Serxio Ramos bo'lib, u klubning chinakam sardori, afsonalaridan biri bo'lsa ham - 1 yil. Muhokamaga o'rin yo'q! 

Hozirgacha istisno bo'lmagan. Aynan shu qoida tufayli tajribali, ajoyib himoyachi Pepe jamoani tark etgan. Hozirda u "Portu"da to'p tepmoqda.

Serxio Ramos - bu Ramos. Qatorasiga UEFA CHempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqqan tarixiy "Real Madrid"ning sardori u. Futbolchi o'sha yuqori saviyasini ham klubda, ham Ispaniya terma jamoasida ko'rsatishni davom ettirmoqda. Kamdane-kam omadsiz o'yinlarni inobatga olmasak, u zamonamizning eng kuchli himoyachilaridan biridir va ketma-ket o'ziga hos rekordlarni yangilamoqda. Kim biladi deysiz, balki aynan u uchun istisno tariqasida annalarni chetlab o'tishi mumkindir. 

Ustiga-ustak "Santyago Bernabeu"ning "vip-lojasida" ham hamma Ramosni yaxshi ko'radi, qadrlaydi va hamkorlikni davom ettirishni istaydi. Klubdagilar va millionlab muxlislar Ramosning "Real Madrid" safida faoliyatini yakunlashini xohlashadi. Ko'ramiz, bularning barchasi Peresning fikri va uning qonuni o'zgarishiga etarli bo'ladimi yoki yo'q.

Hozirda Serxio Ramosning "Madrid" bilan shartnomasi yana 1 yildan ko'proq muddat amal qiladi. Yangi kelishuv futbolchini butunlay klubga bog'lab qo'yadi, lekin hozircha rahbariyat o'sha gapda turibdi - shartnoma yana bir yilga uzaytiriladi va 2022 yilning 30 iyungacha amal qiladi.  

Himoyachining yana bir maqsadi o'zi uchun 5-JCHda, yani 2022 yil Qatarda bo'lishi rejalashtirilshgan mundialda ishtirok etish. "Real" sardorining jismoniy holatiga etibor qaratsak, bu real narsadek tuyulmoqda. 

Serxio Ramosning 2022 yil Jahon CHempionatida ishtirok etish niyati, uni oldindagi mavsumlar ("Madrid" safidagi 16, 17 va 18-mavsum)da ham yuqori darajada qola olishi lozim! 

Hozirgi kunda klub sardori va prezidenti munosabatlarini ideal deb bo'lmaydi, lekin jamoani avvalroq tark etgan afsonalar Raul va Kasilyasda - Ramos va Peres o'rtasidagidek munosabat bo'lmaganligi aniq. 

Bugun Ramos klubning asosiy yulduzlaridan biri, sardori va jamoa ichidagi chinakam sardor. Buni bosh murabbiy Zinedin Zidan ham qadrlaydi, hamda bu fakt shartnoma borasidagi muzokaralarda muhim rol o'ynashi turgan gap. 

Hozircha tomonlar shartnoma muddatini uzaytirish borasida kelisha olishmadi, har ikki tomon o'zining fikrini maqullashda davom etmoqda. Lekin tomonlar aniq bir to'xtamga shu yilning oxiriga qadar kelishsa ajab emas. 

Umid qilamizki, so'nggi 20 yilda "Qirollik klubi"ning hech bo'lmasa bitta afsonasi "Santyago Bernabeu" olqishlari ostida professional faoliyatidagi oxirgi o'yinini o'tkazadi.

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi 

BestMaster
22 Mart 2020, 21:00
madridning, navbatdagi, afsonasi, klubni, tark, etadimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads