Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«O'lmas iqtiboslar»: Krishtianu Ronaldu

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor saytimizda “o'lmas iqtiboslar” nomli loyiha qayta start oldi. Bugun sizning e'tiboringizga 5 karra “Oltin to'p” sohibi Krishtianu Ronaldu tomonidan aytilgan iqtiboslarni taqdim etamiz.

«Dunyoda hech narsa oson emas, agar aksi bo'lganda biz yig'lab tug'ilmagan bo'lardik» «Sizning muhabbatingiz meni kuchliroq qiladi. Nafratingiz esa olg'a boshlaydi» «O'g'lingiz sizga: “Dada omad” deyishi bu shunchaki fantastika» «7 yoshimda men otamga o'yimiz Maykl Jeksonnikidaqa bo'lishini xohlashimni aytganman O'shanda u menga orzular orzuligicha qolishini va bu boy insonlarning imtiyozi ekanligini aytdi. Men o'sdim va hozir orzum amalga oshdi, ammo oldimda otam yo'q» «Men hayotdan mamnun, jilmaygan va  pozitiv odamlarni yaxshi ko'raman, chunki u menga ta'sir qiladi» «Kimdirga yoqaman yana kimgadir yo'q, ammo men buni o'ylab uyqisizlikdan azob chekmayman» «Odamlar meni Messi bilan taqqoslashadi, biroq bu “Porsche” va “Ferrari”ni qiyoslash bilan bir. Biz ikkimiz har xil futbolchilarmiz. Har xil jamoalarda va termalarda o'ynaymiz. Bizni solishtirib bo'lmaydi» «Men noqulay vaziyatlarga tushib qolishdan o'rganib qolganman. Ba'zan odamlarning men  tomonimga aytilgan gaplaridan charchayman, lekin bu hayotimning bir qismi. Men doimo kurashlarga o'rganib qolganman» «Men qiyin vazifalarni yaxshi ko'radigan insonlar toifasidanman. Mening butun hayotim yangi chaqiriqlarni qidirishga qaratilgan» «Ba'zan katta qadam uchun orqaga ham yurishga to'g'ri keladi» «Ba'zi odamlar doimo hech qanday imkoniyatlari yo'qligini aytishadi, ammo siz biror narsani qilishni xohlasangiz, albatta qilasiz» «Barselona» ajoyib jamoa, lekin sayyoradan emas. Ular ham biz kabi odamlardir» «Otamning o'limini eshitgan zahotim mening ham hayotim tugadi deb o'ylaganman. Ammo men o'zimni qo'lga oldim va otamning istagini amalga oshirdim. U o'g'lini eng yaxshi bo'lishini xohlagan edi» «Meni umuman bilmasdan turib, tanqid qiladigan odamlardan xafa bo'laman» «O'z qoidalaringizni yarating, maqsadlaringizni belgilang va ularga rioya qiling. Hech kim buni siz uchun qila olmaydi» «Shunday odamlar borki, ba'zi narsalar haqida ular bilan bahslashib bo'lmaydi, chunki siz boshqacha fikrdasiz. Ularga faqatgina rahmat aytishingiz kerak holos» «Men eng yaxshi bo'lishga intilaman va hech qachon buni yashirmaganman» «Agar futbolchi bo'lmaganimda, ofitsiant sifatida ishlashim mumkin edi» «Agar siz boshqalarning fikri haqida o'ylasangiz, siz omon qolmaysiz» «Otam menga har doim agar sen yaxshilik qilsang, muhtojlarga yordam bersang, Xudo ikki barobar qilib qaytaradi derdi. Shunday ham bo'ldi. Men yordam berishga harakat qildim, Xudo esa meng ko'proq qilib qaytardi»
BestMaster
21 Mart 2020, 16:30
«olmas, iqtiboslar», krishtianu, ronaldu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads