Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Karantin qoidasini buzgan «Real» hujumchisi tanqidlar ostida qoldi

«Real» hujumchisi Luka Yovich tanqid ostida qoldi.

.
- Yuklab olish

«Real» hujumchisi Luka Yovich tanqid ostida qoldi. U Madridda koronavirus munosabati bilan e'lon qilingan karantinni bekor qilib, Serbiyaga qaytib borishga qaror qildi.

«Bizda shunday salbiy misollar borki, millionlab pul topadigan ba'zi yulduz futbolchilarimiz karantinda o'tirish o'rniga mamlakatni qaytishni afzal bilishmoqda», — dedi Serbiya premer-ministri Ana Brnabich.

Brnabich va boshqa etakchilar Serbiya fuqarolariga murojaat qilib, ehtiyoj bo'lmasa mamlakatga qaytmaslikni so'rashmoqda. Shunga qaramay, Serbiyaga 45 ming odam qaytib kelgan.

«Luka ahmoqlik qildi. U Madriddaga karantinni bekor qilib, shuncha ogohlantirishlarga qaramay, u Serbiyaga qaytdi», — deya yozdi "Informer" gazetasi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Yovich o'z qallig'ining tug'ilgan kunini nishonlash maqsadida Belgrad ko'chalari bo'ylab yurgan.

Ma'lumot o'rnida. Bir hafta oldin «Real» basketbol klubi a'zosi Trey Tompkins organizmida koronavirus chiqqanidan keyin "Qirollik klubi"da karantin e'lon qilingan edi.

BestMaster
19 Mart 2020, 18:30
karantin, qoidasini, buzgan, «real», hujumchisi, tanqidlar, ostida, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads