Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Peres Benzemani Fergyusondan qanday tortib olganini bilasizmi?

.
- Yuklab olish

Stadion.uz Benzemani qo'lga kiritish uchun bo'lgan kurashni yodga oladi!

Karim Benzemani “Real Madrid”ga o'tishga ko'ndirish uchun klub prezidenti Florentina Peresning shaxsan o'zi Bron kvartaliga tashrif buyurdi.

Bu Lion shaxrining janubiy qismida joylashgan tuman bo'lib, asosan Frantsiyaga ko'chib kelgan afrikaliklar istiqomat qiladi. Peresni kulib turgan yuzli insonlar qarshi olishadi. Benzemaning kelajagi borasidagi muhim suhbat futbolchi katta bo'lgan Bron shahridagi uyda bo'lib o'tadi. Benzema istiqomat qilgan uy ro'pasida “Terrayon” klubi stadioni (Karimning yoshligi aynan shu jamoada o'tgan) joylashgan bo'lib, u Benzema futbol saboqlarini olgan dargoh sanaladi. Aynan shu klub akademiyasi sababli dunyo Karim Benzema singari futbolchiga ega bo'ldi.

Frantsuzning uyi nimasi bilan qiziq?

Bu honadonda o'ziga jalb qilib turuvchi hech narsa mavjud emas, biroq bu uy joylashgan kvartalda faqat millionlar o'yining ishqibozlari istiqmat qilishadi. Bu kvartal doimo shovqin-suronga boy, yigitlari qiziqqon, qizlari ham futbol o'yinlariga tashrif buyurishi bilan qolgan kvartallardan farqqiladi. Aslida Benzema katta daromadga ega bo'lishi bilanoq ota-onasi uchun yangi uy (Karim ota-onasi uchun xarid qilgan uyni qasrga qiyoslash mumkin) olib bergan bo'lsa-da, futbolchining dadasi asosiy vaqtini Bronda o'tkazishni xush ko'radi. Uning aytishicha, farzandlari katta bo'lgan uy doimo uni o'ziga jalb etib turadi. Bundan tashqari, Benzemalarning “kattasi” o'tmishning shirin xotiralari uchun ham har safar yana Bronga qaytib kelar ekan.

Peres va Benzema uchrashuvi qanday o'tgan?

2009-yilda “Real Madrid” va “Lion” jamoalari prezidentlari Florentina Peres va Jan-Mishel Ola Benzemalar oilasidamehmon bo'lishadi. Avvallari Peres bir nechta katta transferlarni amalga oshirgan bo'lsada, birorta futbolchi bilan shaxsan o'zi suhbatlashmagan edi. Bu safar “qaymoqranglilar” rahbari shaxsan o'zi ishga kirishgani tahsinga sazovor. Shu o'rinda Peresning tashrifi ham bejiz emas edi. Sababi, u Bronga kelguniga qadar, frantsiyalik yosh hujumchi Aleks Fergyusonjamoasiga o'tmoqchi va tez orada Angliyaga ko'chib ketishni rejalashtirayotgan edi. Iqtidorli, yosh, jismonan baquvvat hujumchini qo'ldan chiqarish xavfi paydo bo'lgach, vaziyatni o'nglash uchun tashrif buyurgan tajribali Peres o'z maqsadiga etishda barcha ishga tayyor edi. Hatto Bekhemning uyida mehmon bo'lmagan bo'lsada, Bronga tashrib buyurgani so'zimizga isbot bo'la oladigan fakt! Kezi kelganda Peresning so'zamollik qobiliyatini ham alohida qayd etib o'tish joiz. Aynan uning ta'sirli so'zlari yosh va tajribasiz Benzemani shu qadar ruhlantirdiki, xatto u “qizil iblislar”ga qanday qilib rad javobini berganini ham tushunmay qoldi. Peres o'sha kuni Karim va uning oilasini “Real Madrid” jamoasining boy tarixi bilan uzoq tanishtirdi. Jamoada harakat qilgan yulduzlar haqida, ularning erishgan yutuqlari haqida to'lqinlanib so'zladi. Barchasi shunday samimiy va shunday ishonarli chiqdiki, suhbat so'ngida Peres Benzema bilan shartnoma imzoladi. “Lion” prezidenti esa 36 million evrolik bo'lib oldi.

Aslida barchasi nimadan boshlangan?

Karimning o'qituvchi va ustozlarining aytishicha, qahramonimiz 13-14 yoshida iqtidorli bo'lmagan bo'lsada, doimo mehnatkashligi bilan alohida ajralib turgan. Futbolchining otasi Karimni hamisha soat tonggi 5 da uyg'otar edi. Sababi, agar Karim erta turmasa, kollejiga olib boruvchi avtobusga ulgurmay qolishi aniq edi. Futbolchining nafaqat maydonda, balki hayotda erishgan barcha yutuqlari ortida uning ota-onasi va oila a'zolarining ta'siri mavjud. Aynan ular sababli Karim sinovlarda engilmaydigan chinakam jangchi bo'lib tarbiyalangan. U o'zi bilan katta futbolga qadam qo'ygan yulduzlar singari intervyular orqali mashhur bo'lishga intilmadi. O'zini hech kimga qiyoslamadi va doimo futbolning tashqarisida emas, uning ichida bo'lishga intildi. Undan yaxshiroq start olgan hujumchilardan farqli o'laroq, manzilga, ya'ni finishga u birinchi bo'lib etib keldi. Bir necha yillar davomida o'z o'yin uslubini yaxshilab borgan hujumchi, yakunda dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri sifatda tan olindi.

BestMaster
17 Mart 2020, 17:00
peres, benzemani, fergyusondan, qanday, tortib, olganini, bilasizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads